qurilish qorishmalarining maqsad va vazifalari




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/69
Sana19.12.2023
Hajmi3,47 Mb.
#124269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

qurilish qorishmalarining maqsad va vazifalari 
Reja: 
1. Kirish. 
2. Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalarni qo’llash. 
3. Qurilish qorishmalarining maqsad va vazifalari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: quruq usul, gispkarton, knauf, quruq qorishmalar, 
gipsli bog‘lovchilar, sementli bog‘lovchilar. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori uzluksiz ta’lim tizimini 
rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini Yuqori 
malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik 
jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi 
ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir. 
Bugungi kunda mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini 
oshirish hamda aholi hayot darajasini va farovonligini barqaror o‘sishiga imkon 
beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab quvvatlash va 
rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va 
innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart sharoitlarni yaratishga 
alohida e’tibor berilmoqda. Respublikani innovatsion va ilmiy texnik
rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil 
etilganligi, uning huzurida Innovatsion rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini 
qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi
muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi.
Respublikamiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, keng ko‘lamda qurilish 
industriyasini rivojlantirish va aholini turmush faoliyatini yaxshilash maqsadida
joylarda ko‘plab ko‘p qavatli uy-joylar maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan qator Qarorlar chiqarildi. Xususan, 2019 yil 23-may kuni 



«Qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi PQ 4335 sonli
Qarori ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilindi.
Bog‘lovchi moddalar qurilishda etakchi o‘rinni egallaydi. Qurilish 
texnikasining rivoji yanada yaxshiroq bog‘lovchi moddalarni izlab topishni talab 
etib keldi. Yangi, nisbatan ancha takomillashgan bog‘lovchi moddalarning paydo 
bo‘lishi esa, o‘z navbatida, qurilish texnikasining taraqqiyotiga yordam berdi. 
Chunonchi, gidrotexnika inshootlarini qurish zaruriyati suvga chidamli 
bog‘lovchilarni izlab topishni talab etsa, yuksak mexanik xossalarga ega bo‘lgan 
bog‘lovchi 
modda 
– 
portlandsementning 
ixtiro 
etilishi 
temir-beton 
konstruksiyalarning tez rivojlanishini ta’minladi. Zavodlarda tayyorlangan beton 
va temir-beton elementlardan keng foydalangan holda avj oldirilayotgan industrial 
qurilish portlandsementning yangi – «tez qotuvchi» turini ishlab chiqarish 
zaruriyatini tug‘dirdi. 
Bog‘lovchilar texnologiyasi bilan qurilish texnikasi o‘rtasidagi ana shunday 
o‘zaro bog‘liqlik hozirgi sharoitda yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. SHu 
munosabat bilan shuni aytib o‘tish o‘rinliki, texnologik qurilishda bog‘lovchi 
moddalarga qanday talablar qo‘yilishini, binokor esa bog‘lovchi moddalarning 
barcha turlari, xossalari va ishlatish shart-sharoitlarini yaxshi bilgani taqdirdagina 
fan va texnikaning bog‘lovchi moddalar texnologiyasi sohasidagi yutuqlaridan 
ratsional foydalanish mumkin bo‘ladi. 
Hozirgi bog‘lovchi moddalar turi nihoyatda xilma-xildir. Biroq qaysidir 
bog‘lovchi moddalar birinchi marta ishlatilgan va ularni ishlatish vaqtida hozirgi 
zamon texnologiyasiga asos solingan edi. Ilk bor ishlatilgan bog‘lovchilar qanday 
moddalar bo‘lganini bilib olish uchun arxeologik va tarixiy xarakterdagi 
materiallardan 
tashqari 
mineral 
bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish 
texnologiyasining o‘zi bilan ham yaxshi tanish bo‘lish kerak. 
Hozirgi vaqtda respublikamizda mavjud korxonalar texnologiyalarini 
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy 
etish borasida keng ko‘lamli ishlar bajarildi va jadal sur’atlarda davom 
etdirilmoqda.



Jumladan bularga misol qilib, Toshkent viloyatida “PentUz” qo‘shma 
korxonasi tomonidan yumshoq tomyopqich materiallari, Buxoro viloyatida 
dunyoga mashhur “Knauf” firmasi texnologiyasi bo‘yicha quvvati yiliga 
20 mln. m
2
bo‘lgan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan holda to‘liq 
avtomatlashtirildi. Gipskarton buyumlari va quruq qurilish qorishmalari ishlab 
chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati yiliga 1 
mln. tonna sement ishlab chiqarish imkonini beradigan “Rahnamo-Nur” 
O‘zbekiston–Amerika qo‘shma korxonasini qurish, Navoiy viloyatida quvvati 12 
mln. m

bo‘lgan oyna ishlab chiqarishni tashkil qilish, Toshkent shahridagi 
“Italceramica” kompaniyasi bilan hamkorlikda keramogranit mahsulotini ishlab 
chiqarishni tashkil qilish loyihasini amalga oshirish kabilarni misol qilib keltirish 
mumkin. Bu ishlarni amalga oshirishda “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik 
kompaniyasining rolini alohida e’tirof etish zarur. Mamlakatimiz qurilish 
ob’ektlarini, respublikamiz qurilish bozorini mahalliy xom ashyolardan ishlab 
chiqarilgan Yuqori sifatli, zamonaviy qurilish materiallari bilan ta’minlash, eksport 
hajmini oshirishga xizmat qilishda ushbu kompaniyaning alohida o‘rni bor. 
Qurilish qorishmalarining maqsad va vazifalari. 
Quruq qurilish qorishmalari – bu kо‘p komponentlardan tashkil topgan 
bо‘lib, ularning tarkiblarida mineral bog‘lovchi va tо‘ldirgichdan tashqari, mineral 
bog‘lovchining qotishi va mustahkamligini boshqarish va qorishma qotgandan 
keyingi zarur fizik-mexanik xossalarga erishishini ta’minlash maqsadida kimyoviy 
qо‘shimchalar kompleksi mavjuddir. 
Hozirgi vaqtda qurilish ishlarini quruq qurilish qorishmalarisiz tasavvur etib 
bо‘lmaydi, chunki ular zavod sharoitida qorishmaning turi va foydalaniladigan 
joyiga qarab, barcha komponentlarning nisbati aniq о‘lchab tayyorlanadi. Quruq 
qurilish qorishmalarining asosi sifatida ohak, yoki gips, yoki sementdan 
foydalaniladi. 
Qurilish 
qorishmalariga 
zarur 
xossalarni 
berish 
uchun 
qо‘shimchalardan foydalaniladi. Polimer qо‘shimchalar yopishish qobiliyatini 
oshiradi. Quruq qurilish qorishmalari yordamida Yuqori ishlov berish 
mumkinligini ta’kidlash zarur. Bundan tashqari ular quyidagilarni imkonini beradi: 



- vaqt va joyni iqtisod etish, ya’ni hamma komponentlarni xarid qilish, 
saqlash va murakkab bо‘lgan tarkiblarni aralashtirib tayyorlashdan voz kechiladi; 
- har qanday murakkablikdagi tarkiblarga buyurtma berish imkonining 
mavjudligi, chunki quruq qurilish qorishmalari zamonaviy uskunalar yordamida 
tayyorlanadi; 
- nobudgarchilikning yо‘qligi, ya’ni hoxlagan vaqtda zarur miqdordagi 
qorishmani tayyorlash mumkin; 
- transport xarajatlarining iqtisodi, ya’ni quruq qurilish qorishmalaridan 
foydalanish qurilish maydoniga doim tayyor qorishmani tashib keltirishdan voz 
kechish imkonini beradi; 
- Yuqori sifat kafolatining mavjudligi, ya’ni tarkib komponentlarini aniq 
о‘lchash hisobiga qorishma retseptining aniqligi (quruq qurilish qorishmalarining 
sifatini qurulish maydonida komponentlarni о‘lchab tayyorlangan qorishmalarning 
sifati bilan solishtirib bо‘lmaydi). 
Zamonaviy quruq qurilish qorishmalarining nomenklaturasi juda kengdir. 
Qurilish materiallari bozori hozirgi vaqtda suvoq, shpaklyovka, zatirka, yelim, 
gruntovka va boshqalarning xilma-xil turlarini taklif etmoqda.
Hozirgi vaqtda respublikamizda 40 yaqin kichik va о‘rta biznes tadbirkorlari 
tomonidan quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarilmoqda. О‘zbekiston quruq 
qurilish qorishmalari bozorida о‘zimizning mahalliy quruq qurilish qorishmalarini 
ishlab chiqaruvchilarimizdan KNAUF, «Alimix Prodution», OOO "REAL 
BUILDING MATERIALS" (Qorasaroy qurilish materiallari) kompaniyalari, OOO 
Eleron Elit Servis, SP BAUPLAST, «Rademus-servis» xususiy kompaniyasi, 
VENTUM, OOO "New Live Buildis", «RAHNAMO» kompaniyasi, MEGAMIX 
kompaniyasi, OOO «ZEIGER IMPEX», OOO "RAZATA", OOO "BI Vermiulit 
Group" va boshqalar yetakchilik qilmoqda (1-rasm). 
Eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan zavod-avtomatlarda Yuqori 
sifatli, dunyo standartlari talablariga javob bEyeradigan suvoq qorishmalari, 
shpaklEyevkalar, gruntovkalar, quyma pollar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. 


10 
 
1-rasm. Respublikamizda ishlab chiqariladigan quruq qurilish qorishmalaridan namunalar. 
GOST 31189-2003 da quruq qurilish qorishmalarining klassifikatsiyasi 
belgilab qо‘yilgan. Unga kо‘ra quruq qurilish qorishmalari asosiy vazifasi, 
foydalanilayotgan bog‘lovchisining turi va tо‘ldiruvchisining eng yirik о‘lchamiga 
qarab sinflarga bо‘linadi. 
Asosiy vazifasiga kо‘ra ular: 

tekislovchi; 

pardozlovchi; 

pol uchun; 

ta’mirlash uchun; 

himoyalovchi; 

terish uchun; 

montaj uchun; 

dekorativ; 

gidroizolyatsiya uchun; 

issiqlik izolyatsiyasi uchun; 

gruntlash uchun kabi asosiy turlarga bо‘linadi. 
Foydalanilayotgan bog‘lovchisining turiga qarab quruq qurilish qorishmalari: 


11 

sementli; 

gipsli; 

ohakli; 

polimerli; 

murakkab turlarga bо‘linadi. 
Quruq qurilish qorishmalari avtomatlashtirilgan zavodlarda yoki ishlab 
chiqarish bazalarining maxsus uzellarida markazlashtirilgan holda ishlab 
chiqariladi. Hozirgi vaqtda turli maxsuldorlikka ega Yuqori avtomatlashtirilgan 
quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqaruvchi moduli zavodlar yaratilgan va 
muvafaqqiyatlik bilan foydalanilmoqda. 
Zavodning maxsuldorligi avvalo aralashtirgichning xajmi, qadoqlovchi 
mashinalarning soni, materiallarni saqlash siloslarining soni va xajmi bilan 
aniqlanadi. 
Xorijda quruq qurilish qorishmalari zavodlari vertikal sxema bо‘yicha 
loyihalashtiriladi. 
Umumiy kо‘rinishda quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishning 
texnologik jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalardan iborat (2 - rasm): 
Bog‘lovchi moddalar (sement, ohak, gips) siloslarda saqlanadi. Qum shtabel 
tipidagi ombordan (1) yerosti galereyasi bо‘ylab tasmali konveyerlar tizimi (2) va 
ta’minlagich (3) orqali quritish barabaniga (4) uzatiladi. Kvars qumini quritish 
aylanuvchi quritish barabanida 550-600
0
S haroratda quritiladi. Quritilgandan sо‘ng 
qumning qoldiq namligi 0,1-0,2 % dan kо‘p bо‘lmasligi kerak. Qum quritilganidan 
sо‘ng vibro elaklarda (5) elanib, zarur fraksiyalarga ajratiladi. Odatda qum 
quyidagi fraksiyalarga ajratiladi: 0,15-0,5; 0,5-1,2; 1,2-3 mm. 


12 

Download 3,47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



qurilish qorishmalarining maqsad va vazifalari

Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish