• 4-Mavzu: Maydalash jarayonida aktiv mineral qo‘shimchalar Reja
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/69
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #124269
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
    Bog'liq
    4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir beton ishlab chiqarish 
    texnologiyasi. Darslik, О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Toshkent, 2011.
    2. Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. О‘quv 
    qо‘llanma. I va II qism. T., О‘qituvchi, 2012. 
    3. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma, 
    Toshkent-2013 yil.
    4-Mavzu: Maydalash jarayonida aktiv mineral qo‘shimchalar 
    Reja: 
    1. Aktiv mineral qo‘shimchalar. Ularning turlari. Tarkibi.
    2. Aktiv mineral qo‘shimchalarni qo‘llash.
    3. Sulfat - spirtli barda, modifitsiyalangan texnik lignosulfonatning ishlatish 
    sohalari.
    Tayanch so‘z va iboralar: vulqonsimon tog‘ jinslari, cho‘kma tog‘ jinslari, 
    glinitlar, semyankalar, (kuydirilgan tuproqlar), kremnezyom –chiqindilari (oq saja) 
    nordon kullar, donador domna shlaklari, belit shlami 
    I guruh. Maydalash jarayonida faol mineral qo‘shimchalar qo‘shilgan 
    sementlar. 
    Faol mineral qo‘shimchalar (FMQ) tabiiy yoki sun’iy modda bo‘lib, ular 
    maydalangan holda: 

    mustaqil qotmaydi; 

    havoli ohak bilan aralashganda, unga qotish hususiyatini beradi; 

    portlandsement bilan aralashganda, sement toshning oddiy va 
    minerallashgan suvlardagi chidamliligini oshiradi. 
    FMQ ga tabiiy va sun’iy materiallar kiradi: 


    34 

    tabiiy: vulqonsimon (kul, trassa, tuflar) va cho‘kma (diatomit, 
    trepel, opokalar) tog‘ jinslari; 

    sun’iy: glinitlar, semyankalar, (kuydirilgan tuproqlar), 
    kremnezyom –chiqindilari (oq saja) nordon kullar, donador domna shlaklari, 
    belit shlami (alyuminiy, soda ishlab chiqarish chiqindilari). 
    Portlandsementga faol mineral qo‘shimchalar qo‘shilganda, sement 
    toshining suvga chidamliligi va korroziyaga chidamliligi oshadi. Faol mineral 
    qo‘shimchali sementlarning turlari: 

    faol mineral qo‘shimchali portlandsement: PS D5 – 5%dan 
    oshmagan qo‘shimchali, PS D20 – 20%dan oshmagan qo‘shimchali. 
    Ko‘pgina qurilish qorishmalari va quruq qurilish qorishmalarni tayyorlash 
    uchun qo‘llaniladi. 
    - putssolan portlandsement (PPS) – 20 dan Yuqori va 40% gacha 
    qo‘shimchali. Er osti va suv ostidagi konstruksiyalar betoni uchun, beton panellar 
    va yirik bloklar montaji uchun mo‘ljallangan qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi; 
    - shlakoportlandsement (SHPS) – 20dan Yuqori va 80% gacha shlak 
    qo‘shimchali. SHPS ulkan beton va temir beton konstruksiyalarini tayyorlash 
    uchun, hamda qurilish qorishmalarini tayyorlash uchun ishlatiladi. 

    Download 3,47 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish