• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 3-Mavzu: Quruq qurilish qorishmalari tayyorlash uchun materiallar Reja
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Qurilish materiallari va konstruksiyalari




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/69
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #124269
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
    Bog'liq
    4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

     
    Nazorat savollar: 
    1. Pardozlash ishlariga nimalar kiradi? 
    2. Quruq qurilish qorishmalarining turlarini aytib bering. 
    3. Xom ashyosiga ko‘ra quruq qorishmalar qanday turlarga bo‘linadi? 
    4. Quruq qorishmalar uchun bog‘lovchi sifatida nimalar ishlatiladi? 
    5. Qurilish qorishma deb nimaga aytiladi? 
    6. Qо‘llanilishiga kо‘ra qorishmalar nechta turga bо‘linadi? 
    7. Betonning qanday turlarini bilasiz? 
    8. Qorishma tarkibida tо‘ldiruvchilar necha foizni tashkil etadi?


    25 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir beton ishlab chiqarish 
    texnologiyasi. Darslik, О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Toshkent, 2011.
    2. Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. О‘quv 
    qо‘llanma. I va II qism. T., О‘qituvchi, 2012. 
    3. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma, 
    Toshkent-2013 yil.
    3-Mavzu: Quruq qurilish qorishmalari tayyorlash uchun materiallar 
    Reja: 
    1. Bog‘lovchi moddalar va ularning turlari. 
    2. Noorganik va organik bog‘lovchi moddalar.
    3. Portlandsement ishlab chiqarish usullari.
    4. Ishlab chiqarish texnologiyasi.
    Tayanch so‘z va iboralar: maxsus bog‘lovchi, organik bog‘lovchi, 
    noorganik bog‘lovchi, mineral kukun, qurilish gipsi, shlakli gips, Yuqori chidamli 
    gips. 
    Bog‘lovchi moddalar deb, qayta ishlovning ma’lum bosqichida yopishqoq – 
    plastik xususiyatga egabo‘lib, sochiluvchan massalar (mineral kukunlar, mayda va 
    yirik donli materiallar – qum, shag‘al, toshlar va x.k.)ni bir-biriga bog‘lab, sekin-
    asta qattiq holatga o‘tuvchi materiallarga aytiladi. 
    Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
    Noorganik 
    (mineral) 
    bog‘lovchi moddalar (gips, qurilish ohagi
    portlandsement va boshqalar); 
    Organik bog‘lovchi moddalar (bitum, degot, polimer bog‘lovchilar). 
    Shtukaturka qorishmalarini olish uchun noorganik bog‘lovchi moddalar 
    ishlatiladi: portlandsement va shlakoportlandsement, ularning markasi qorishma 
    markasidan 3 – 4 marta ko‘proqdir.


    26 
    Havosimon ohak ohaksimon xamir yoki kukun holida ishlatilishi mumkin
    kamdan-kam hollarda maydalangan so‘ndirilmagan ohak ishlatiladi. Bundan 
    tashqari, gipsli bog‘lovchili qorishmalar ham ishlatiladi. Ular mexanik chidamliligi 
    bo‘yicha sementli qorishmalarga yaqinlashadi. 
    Portlandsement va uning turlari markasi 25 va undan Yuqori bo‘lgan
    qorishma uchun tavsiya qilinadi. Ohakli va uning asosidagi aralash bog‘lovchilar 
    markasi 10 va undan Yuqori markali qorishmalar uchun ishlatiladi. Qorishma 
    markasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sementlar 60% dan ko‘p namlikda ishlatishga 
    mo‘ljallangan qorishmalar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi. 

    Download 3,47 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish