Suvoq uchun to‘r armaturali konstruksiyalarni tayyorlash




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/69
Sana19.12.2023
Hajmi3,47 Mb.
#124269
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Suvoq uchun to‘r armaturali konstruksiyalarni tayyorlash 
To‘r armaturali konstruksiyalar osma shiftlar, yupqa temir–beton parda 
devorlar, karnizlar, sokollar va boshqa konstruksion elementlarni qurishda keng 
ishlatiladi. To‘r armaturali konstruksiyalar turli shakllarda, og‘irligi jihatidan engil 
bo‘ladi va ularga material kam sarflanadi. Bunday armaturlar yasash uchun turli 
diametrli armatura po‘lati va kataklarining o‘lchami 10x10 mm bo‘lgan to‘r 
ishlatiladi. Bunday katakdan suvoq qorishmasi kam o‘tadi va bu bilan suvoq 
qatlamining tez hosil bo‘lishiga erishiladi.


52 
To‘r armatura po‘latidan qilingan karkasga tortiladi. Karkaslar ko‘tarilib 
turuvchi va tutib turuvchi bo‘ladi. Ko‘tarib turuvchi karkas hosil qilinadigan 
konstruksiyaning profili va shakli beriladi. Agar karkasga aniq shakl berilmasa 
suvoq qatlami qalinlashib ketadi (2.5-rasm).
2.5-rasm. To‘r armaturali konstruksiyalarni suvoqqa tayyorlash: 
a) to‘siqlar, b) shift, 1-ko‘tarib turuvchi karkas, 2-tutib turuvchi karkas, 3-
to‘r. 
Ko‘tarib turuvchi sinchning uchlari devor va shiftlarga puxta mahkamlanadi, 
buning uchun elektr parma yoki shlyambur bilan kerakli chuqurlik va diametrda 
teshik qilinib unga karkasning uchlari metal ponalar bilan mahkamlanadi. Agar to‘r 
armaturalari konstruksiyalar oldindan mo‘ljallangan bo‘lsa devor va shiftlarga 
armatura simlarining uchi kiritilib qo‘yilib keyinchalik ularga ko‘tarib turuvchi 
karkas mahkamlanadi.
Bunday konstruksiyalardan osma shift qurilganda ko‘tarib turuvchi 
karkasning uchlari ilmoq shaklida egilib unga tutib turuvchi karkasning uchi 
kiritiladi va ularni yumshoq sim bog‘lab qo‘yiladi. Karkas tebranib turmasligi 
uchun tutib turuvchi armaturaning uchlarini devorga mahkamlab qo‘yish zarur.
Armaturadan karkas yasab bo‘lib to‘r polotnolarga bo‘lib qirqiladi va bu 
polotnolar karkasga mahkamlanadi. Avval polotnoning bir uchi sim bilan mahkam 
bog‘lanadi. Keyin to‘rni tarang qilib ikkinchi uchi bog‘lanadi. SHundan so‘ng to‘r 
va karkas oralari mahkamlanadi. Bunday mahkamlangan tugunlar bir biridan 100-
150 mm masofada shaxmat tartibida joylashtiriladi. Plotnolar ketma- ket 


53 
mahkamlanadi. Tebranib turadigan to‘rga qorishma chaplash qiyin chunki salgina 
tebranishga ham qorishma ko‘chib tushadi.

Download 3,47 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suvoq uchun to‘r armaturali konstruksiyalarni tayyorlash

Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish