Suvoqni qo‘lda chaplash va suvoq turlari




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/69
Sana19.12.2023
Hajmi3,47 Mb.
#124269
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

 Suvoqni qo‘lda chaplash va suvoq turlari 
Suvoq ishlarida quyidagi ishlar bajariladi: yuza rejalanadi, marka va 
nishonlar o‘rnatiladi, qorishma chaplanadi hamda tekislanadi, suvoq ishqalanadi, 
rax va zaglushinalar suvaladi, deraza taxtasi tirqishlariga qorishma quyilib, 
tekislanadi.
YUzalarni nishonalar o‘rnatib rejalashga suvoq ishlariga sarflanadigan 
umumiy vaqtning o‘rtacha 15 foizi; mashina bilan sepma va qorasuvoq qorishmasi 
chaplashga 10 foizi; rax va zaglushinalarni pardozlashga 10 foizi; luzglarni pardoz 
suvoq qilib, ishqalash va pardozlashga 30 foizi; qorasuvoqni tekislab luzgni 
pardozlashga 20 foizli; tayyor karniz va rozetkalarni o‘rnatishga 15 foizi ketadi. 
Agar xona karniz chiqarmasdan pardoz suvoq qilinadigan bo‘lsa, u holda luzglarni 
ishqalashga suvoq ishlarini bajarish uchun sarflanadigan umumiy mehnat sarfining 
o‘rtacha 35 foizini sarflash zarur.
Suvoq qatlamini qalin chaplash ish unumini juda pasaytirib yuboradi. 
Masalan, yagona va me’yoriy baholarga muvofiq suvoq qatlamining 10 mm ga 
ortishi baho va normaning 15% ortishiga olib keladi. Bu esa suvoq qatlamining har 
bir santimetri uchun ish unumini 15% pasaytirib yuborishini ko‘rsatadi. SHuning 
uchun konstruksiyalar montajining aniqligi va bino konstruksion elementlarning 
suvoq qilinadigan yuzalarining yaxshi sifatliligi juda katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri 
o‘rnatilgan konstruksiyalar va to‘g‘ri hosil qilingan yuzalar qalin suvoq qatlami 
talab qilmaydi, shu tufayli ish unumi ortadi, material tejaladi va ish narxi pasayadi.
Odatdagi suvoq bajarilish aniqligi va pardozlanish sifatiga qarab oddiy 
suvoq (sokol bilan), sifatli suvoq (rejacho‘p bilan), Yuqori sifatli (nishonlar 
bo‘yicha) suvoqqa bo‘linadi. Manzarali suvoq ham, Yuqori sifatli suvoq bajarilgan 
aniqlikda bajariladi. 


54 

Download 3,47 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suvoqni qo‘lda chaplash va suvoq turlari

Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish