• 8-Mavzu: Shpaklevka aralashmalari. Gips bog‘lovchi asosida shpaklevka
  • Qurilish materiallari va konstruksiyalari




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/69
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #124269
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
    Bog'liq
    4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

     Qorishma haydagichlar 
    Qorishma haydagichlar yoki siqilgan havo bilan ishlaydigan apparatlar 
    qorishmani kompressordan keladigan havo yordamida bino qavatlariga uzatish 
    yoki uni suvaladigan yuzalarga chaplash uchun xizmat qiladi.
    11-rasm. Qorishma haydagich. 1-silindr, 2-bolt, 3-stoyka, 4-richag, 5-
    qorishma quyish voronkasi,6-klapan, 7 va 15 – tirsak, 8-monometr, 9-shtutser, 10, 
    11, 14- tiqinli jo‘mraklar, 12-troynik, 13-havo trubasi, 16-purkash kamerasi, 17-
    uch tarmoqli jo‘mrak. 
    Silindrga (1) qorishma to‘lishi bilan yuklash voronkasidagi (5) teshik richag 
    (4) yordamida klapan (6) bilan bekiladi. Ayni vaqtda jo‘mrak (14) ham bekilib, 
    siqilgan havoning havo kamerasiga kelishi to‘xtaydi. SHundan keyin jo‘mrak (11) 
    ochilib, silindrga siqilgan havo beriladi, siqilgan havo qorishmani bosib, uni 
    silindrdan siqib chiqaradi.
    Siqib chiqarilgan qorishma, (3) tarmoqli jo‘mrak (17) orqali tirsak (15) 
    bo‘ylab qorishma shlangiga o‘tadi. Qorishmaning surilishini engillatish uchun 
    havo yo‘li kamerasiga (16) havo o‘tkazgich (13) dan ochiladigan jo‘mrak (14) 
    orqali siqilgan havo yuboriladi.
    Birinchi silindr ishlab turgan vaqtda ikkinchi silindrga qorishma to‘ladi. 
    Birinchi silindrdagi barcha qorishmani uch tarmoqli jo‘mrak (17) siqib chiqargach, 
    u uzib qo‘yiladi va ikkinchi silindr ishga tushadi. Qorishma shlangiga qorishma 
    shunday usulda borib turadi. Bu haydagich yordamida ohakli, aralash va sement 
    qorishmalari uzatiladi va suvaladigan yuzalarga chaplanadi. Qorishmani gorizontal 


    68 
    yo‘nalishda uzatish masofasi 50 metr, vertikal yo‘nalishda uzatish balandligi 20 
    metrga teng.
    Yuzalar ushbu qorishma haydagich bilan suvalayotganda, qorishma nasosi 
    bilan suvashdagiga nisbatan ancha ko‘p isrof bo‘ladi.
    8-Mavzu: Shpaklevka aralashmalari. Gips bog‘lovchi asosida shpaklevka 

    Download 3,47 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish