|
Elimli quruq qorishmalariBog'liq 4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar Elimli quruq qorishmalari
Elimli quruq qorishmalarni bog‘lovchi turiga ko‘ra gipsli va sementli bo‘lish
mumkin. KNAUF-Perlfiks montaj gipsli elim (14-rasm) juda xaridorbop u devorlar
oblitsovkasini o‘rnatishda gipskarton listlarni issiklik va tovush izolyasion
materiallarni sendvich panellari avvaldan mos gruntovkalar bilan qayta ishlangan
ixtiyoriy devor yuzalariga elimlash uchun ishlatiladi. YUza noteksligi 20 mm dan
oshmasligi kerak.
Quruq elimli qorishmaning 1m
2
ga o‘rtacha sarfi 5kg ga teng.
KNAUF-perlfiks 30kg li qoplarda joylashtiriladi. Saqlash muddati 6 oy.
Montaj qorishmaning ish davomiyligi
30 daqiqa.
Sementli elim aralashmalarga KNAUF-Fleks (4.5-rasm) va KNAUF-
Flizenlar (6.6-rasm) kiradi,ular ichki va tashqi ishlarda, keramik va mozaikali
plitkalarni elimlash uchun mo‘ljallangan. KNAUF-Fleks elim beton asoslarga
nisbatan Yuqori adgeziyaga (
1MPa).
YUkori elastiklikka ega. Uni natural toshning qalinligi 15 mm gacha bo‘lgan
plitkalarini yopishtirish uchun ishlatish mumkin, bunda toshning orqa tomoni
avvaldan “betonkontakt” gruntovka bilan qayta ishlanadi. Bu elimlar 5 va 25kg li
qoplarga joylashtiriladi, quruq xonada saqlash muddati 1oy.
14-rasm.KNAUF-Perfiks gipsli montaj elimi.
Bunga qarshi marmar plitkalar, hamda shaffof va yarim shaffof plita
materiallarini KNAUF-mramor (15v-rasm) elimi bilan yopishtirish kerak (15-
rasm). Bu oq sement asosidagi quruq aralashma. Elim tez quruvchan-6 soatdan
keyin qotadi. U qori adgeziyaga ega. Eski plitkani, isitgichli pollarni tashqi-
72
terrasalarni yopishtirish uchun ishlatish mumkin. Buning uchun elimga KNAUF-
kleber-o‘ng bedon elast elastik qo‘shimcha qo‘shiladi. Kuchli yuklanishli pollar
uchun elimlashning “aralash usuli”ni, yani ham polga, ham plitkaga elim surtishni
qo‘llash mumkin. Elim tuz qotganligi sababli, uning yaroqliligini kuzatish zarur.
- Agarda elim yuzasida kuriyotgan plenka (qo‘l bilan ushlab quriladi) hosil
bo‘lsa, elimni olib tashlab, yangisini surkash zarur.
15-rasm. KNAUF sementli elim aralashmalari:
A-Flizen ; b-Fleks; v-marmar.
KNAUF-Flizen (15a-rasm) va fleks (15b-rasm) elimlari qorishmaning uzoq
muddatli yaroqliliga ega (5 soatgacha) qorishma yaroqliliga suv temperaturasi ham
tasir ko‘rsatadi. Temperatura qancha Yuqori bo‘lsa, elim yaroqliligigi shuncha
kam bo‘ladi. Plitkalarni +5 dan +25 s gacha bo‘lgan temperaturada yopishtirish
mumkin. Yopishtirilayotgan plitkaga quyosh nurlarning tushishi maqsadga
muvofiq emas. “issiq” pollarni yoqish ham mumkin emas.
|
| |