77
1-AMALIY MASHG‘ULOT: PARDOZLASH ISHLARIDA QURUQ
QURILISH QORISHMALARI VA KLASSIFIKATSIYASI
Bog‘lovchi, mayda to‘ldiruvchi, suv va qo‘shimchalarning ratsional miqdorda
olingan qorishmaning qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materiallari qurilish
qorishmalari deyiladi. Qotguncha bu qorishmalarqorishma deyiladi.
Qo‘llanilishiga ko‘ra qurilish qorishmalari quyidagilarga bo‘linadi:
Terma – g‘ishtli, butovoy toshli va boshqa elementli tosh konstruksiyalarni
terish uchun;
Bezakli (shtukaturka) – elementlarni ichki va tashqi tayyor yig‘ma
konstruksiya va detalli bino va inshootlar montajda yirik elementlar (panellar,
bloklar va x. k.) orasidagi choklarni to‘ldirish uchun;
Maxsus – gidroizolyasion, akustik, tamponyajli va boshqalar.
Qurilish qorishmalarini qo‘llashning
asosiy afzalligi shundaki, uni g‘adir –
budir asosga – g‘isht, g‘adir – budir betonga yupqa qatlam qilib, maxsus mexanik
qayta ishlovsiz qo‘llash mumkin.
Quriq qurilish qorishmalari QMQ 31189 – 2003 bo‘yicha klassifikachiyalanadi:
asosiy qo‘llanilishi, ishlatilgan bog‘lovchisi, to‘ldiruvchilar yirikligiga ko‘ra.
Asosiy qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
–
tekislovchi (surtish usuliga ko‘ra, shtukaturka va shpaklevka turlariga
bo‘linadi);
–
yuzaki (elimli va chokli);
–
polga (suritish usuliga ko‘ra tekislovchi va etakchi;
uskuna
texnologiyasiga ko‘ra, zichlovchi, o‘z – o‘zidan zichlovchi va suritma);
–
ta’mirbop (yuzaki va il’eksion);
–
himoyalovchi (ingibir, sanir, biotsid, olovga chidamli, korroziya –
himoyali sovuqqa chidamli, radiatsion - himoyali);
–
terma;
–
montajli;
–
bezakli;
–
gidroizolyasion (yuzaki va ichki (in’eksion, kopillyar));
78
–
issiqlik – izolyasion;
–
gruntovkali;
Qo‘llanilgan bog‘lovchiga ko‘ra, quruq qurilish qorishmalari quyidagilarga
bo‘linadi;
-
sementli;
- ohiklik;
- gipsli;
- polimer;
- murakkab.
To‘ldiruvchi donalarining yirikligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
– beton;
– qorishma;
– dispers.
1.2. Quruq qurilish qorishmalarini tayyorlash uchun materiallar
Qayta ishlovning ma’lum bosqichida yopishqoq – plastik xususiyatga ega,
hamda sochiluvchan massalar (mineral kukunlar, mayda va yirik donli materiallar
– qum, shag‘al, toshlarva x. k.) ni bir – biriga bog‘lash xususiga ega va sekin – asta
qattiq xolatga o‘tuvchi materiallar – bog‘lovchi moddalar deyiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Noorganik
(mineral)
bog‘lovchi moddalar (gips,
qurilish oxagi,
portlandsement va boshqalar);
Organik bog‘lovchi moddalar (bitum, degot, polimer bog‘lovchilar).
SHtukaturka qorishmalarini olish uchun noorganik bog‘lovchi moddalar
ishlatiladi: portlandsement va shlakoportlandsement,
ularning markasi qorishma
markasidan 3 – 4 marta ko‘proqdir. Havosimon ohak.
Ohaksimon xamir yoki kukun tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Bundan
tashqari, gipsli bog‘lovchili qorishmalar ham ishlatiladi. Ular mexanik chidamliligi
bo‘yicha sementli qorishmalarga yaqinlashadi.
Portlandsement va uning turlari 25 va undan Yuqori markali qorishma uchun
tavsiya qilinadi. Uning asosidagi ohakli va aralash bog‘lovchilar 10 va undan
79
Yuqori markali qorishmalar uchun ishlatiladi. Qorishma markasiga bog‘liq
bo‘lmagan holda sementlar 60% dan ko‘p namlikda ishlatishga mo‘ljallangan
qorishmalar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi.
Gips: tarkibi, xususiyati, qo‘llanilishi. Gipsli bog‘lovchi moddalar.
Gipsli
bog‘lovchilar QMQ 125 – 79 talablariga mos ravishda tayyorlanishi kerak.
Gipsli bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xom – ashyo bu tog‘
jinslaridir, tarkibida mineral gips mavjud bo‘lishi kerak.
Gips – bu mineral tog‘ jinsi bo‘lib,ikkilamchi kalsiy sulfiydir: CaSO
4
•2H
2
O.