75
KIRISH
Magistrlar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini
amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv
qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish,
tarqatma
materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar
bilimini oshirish, masalalar echish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmali
qurollar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlardan
foydalanish va boshqalar
tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari yordamida
mustaqil o‘zlashtirish;
mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;
fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy
adabiyotlarga annotatsiya
yozish va boshqalar.
Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o‘qitishning
interfaol
usullarini qo‘llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Magstirlarning mustaqil
ta’limini
tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga
oshiriladi. Magstir olgan
nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga
navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishi
uchun mustaqil ravishda
tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Fanni o’tishda foydalaniladigan texnik vositalar:
“Pardozlash ishlarida quruq qurulish qorishmalari” fanini o’tishda quyidagi texnik
vositalardan foydalaniladi:
-
Kompyuter
-
Ko’rgazmali qurol
-
Proektor
-
Slaydlar
-
Elektron darslik
-
Tarqatma material