80
Kichik guruhlar uchun topshiriqlar:
1-guruh uchun topshiriq
To‘ldiruvchi donalarining yirikligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.
2-guruh uchun topshiriq
Qo‘llanilgan
bog‘lovchiga ko‘ra, quruq qurilish qorishmalari
quyidagilarga bo‘linadi.
3-guruh uchun topshiriq
Asosiy qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar quyidagi turlarga bo‘linadi.
Nazorat savollar:
1. Fanning maqsad va vazifasi.
2. Fanni ishlab chiqarishdagi o‘rni.
2-AMALIY MASHG’ULOT: PARDOZLASH ISHLARIDA
SUVOQCHILIK ISHLARI
Pardozlash materiallari juda xilma-xil va turlari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan,
suvoq ishlari, ayniqsa, g‘ishtin binolar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Suvoq-binoga pardoz berishning eng ko‘p tarqalgan turi. YUzaga chaplangan
suvoq qorishmasi qotgach, qattiq qatlam–suvoq hosil qiladi. Suvoq binoning
issig‘ini saqlash,
ovoz izolyasiyasini yaxshilash, binoni to‘la yoki qisman
yonmaydigan qilish va uning yog‘och qismlarini chirishdan saqlash uchun zarur.
Suvalgan xonalarni saranjom-sarishta saqlash osonlashadi, chunki bu xonalarni
oqlash yoki gulqog‘oz yopishtirish mumkin.
Isitish asboblari va ochiq quvurlarni
montaj qilishdan oldin, g‘isht
devorlarda bu asboblar uchun qoldirilgan o‘yiq joylar suvaladi.
Ichki suvoq va boshqa pardozlash ishlari ko‘p qavatli binolarda Yuqori
qavatlardan boshlab bajarilishi kerak, lekin ishlarni tezlashtirish maqsadida ularni
tom yopilguniga qadar binoning pastki qavatlaridan boshlab bajarilishiga ruxsat
etiladi, lekin bunda pardozlanayotgan xonalarning ustida
kamida ikkita qavatning
orayopmasi montaj qilingan bo‘lishi shart.
81
YOg‘ochdan yo‘nib qurilgan uylar to‘la cho‘kkanidan keyin, kamida bir
yildan keyin suvaladi. Standart detallardan qurilgan va bikr asosga o‘rnatilgan
sinchli hamda shchitli yog‘och uylarni bino yig‘ib bo‘linib, tomi yopilganidan
keyin suvashga ruxsat beriladi.
Gips qoplamalar bilan qoplashga ho‘l suvoq qilingan davrdagidek ruxsat
beriladi, lekin bunda havoning namligi ish sharoitida 60%
dan oshib ketmasligi
shart.
YUzalarni keramik plitalar bilan koshinlash suvash bilan birga yoki bir oz
keyinroq bajariladi.
Ichki pardozlash ishlari, shu jumladan suvoq,
toza pol yotqizishdan oldin
bajarilishi lozim, lekin ulardan oldin pardevorlar, deraza va eshik kesakilari, devor
ichiga qurilidigan mebel o‘rnatilgan bo‘lishi, ichki suv o‘tkazgich quvurlar,
kanalizatsiya va isitish sistemalari montaj qilingan va zarur bo‘lsa, yashirin elektr
simlari uchun trubkalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Agar yuzalar quruq suvoq qoplamalari bilan koshinlanadigan bo‘lsa,
Yuqoridagi ishlardan tashqari, parket va linoleum yotqiziladigan asosni tayyorlash
ishlari tugallangan bo‘lishi, shuningdek isitish asboblari va boshqa asboblar
turadigan
ayrim
joylar
suvalgan
bo‘lishi
lozim.
Koshinlanadigan
konstruksiyalarda qilinadigan kanal hamda teshiklar va ularga turli qurilmalar
oldindan o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Suvoqdan so‘ng, uni quritgach linoleum yoki
parket yotqiziladigan pol
asosini tayyorlashga kirishiladi. Bunda avval asos qorishma, loy hamda changdan
tozalanadi, so‘ng boshqa nuqsonlar bartaraf qilinadi va pol asosi gruntovkalanadi
(2.1-rasm). Ovoz o‘tkazmasligini yaxshilash uchun polga yog‘och tolali plitalar
ikki qavat qilib elimlanadi. Elimlash grutovkalangan polga bitum mastikalar bilan
bajariladi.