|
BUYUMLARNI ISSIQLIK BILAN
|
bet | 12/17 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #158564 |
Bog'liq 2023 BETON Kurs ishi3. BUYUMLARNI ISSIQLIK BILAN
QOTIRISH JARAYONI
3.1. Umumiy tushunchalar
Beton va temirbeton buyumlarning qotish jarayonini tezlatish maqsadida issiqliq bilan qotirish usuli qo‘llaniladi. Buyumlarni isitish asosan quyidagi usullarda amalga oshiriladi: meyoriy muxit bosimida va 1000 S gacha issiq bug‘ bilan; 0,9÷1,3 MPa bosimida va 175÷1910S issiqlikda avtoklavlarda bug‘ bilan; elektr toki yordamida isitish va boshqa usullarda [1,2]. Bunda asosan uzlukli va uzluksiz (tinimsiz) ishlaydigan agregatlar qo‘llaniladi.
Uzlukli (siklli) ishlaydigan agregatlarga chuqurlik bug‘ kamerasi (asosan agregat-potok usuli uchun), kassetali ustanovkalar va issiqliq qoliplpri (asosan stend usuli uchun) kiradi. Bazi xollarda agregat potok va konveyr usullari uchun siklli ishlaydigan bir tomoni berk tunnel shaklidagi bug‘ kameralari ham qo‘llaniladi.
Uzluksiz (tinimsiz) ishlaydigan agregatlarga tirqishli, ko‘pyarusli tunnel shaklidagi kameralar, tik bug‘ kameralari, shuningdek bir va ikki yarusli kameralar kiradi.
CHuqurlik va tirqishli bug‘ kameralarining tuzilishi 26-31 rasmlarda (ilova-3) ko‘rsatilgan.
Korxonalarda buyumlarni issiqliq bilan qotirish jarayoni 2,5 soatdan 24 soatgacha davom etdiriladi. Ko‘p xollarda uning davom etish vaqti asosan 8÷14 soatga tengdir. Temirbeton buyumlarni issiqliq bilan qotirish betonning talab qilinadigan mustaxkamligiga erishguncha davom etdiriladi. YAni betonning mustahkamligi uning 28 kunlik mustaxkamligiga yaqin bo‘lishi kerak (betonning loyihaviy mustahkamligiga).
Bug‘lash sikli 4 etapga bo‘linadi: oldindan ushlab turish (buyum qoliplanib va zichlashtirilib bo‘lingach kameraga o‘rnatilib, issiqliq ko‘tariladigan paytgacha bo‘lgan vaqt), bu sikl 1÷2 soatdan 4÷6 soatgacha davom etadi; kamera issiqligini ko‘tarish o‘rtacha 2÷5 soat davom etadi (bunda issiqlikni ko‘tarish tezligi vaqt bo‘yicha siklli bajariladi); talab qilingan issiqlikda ushlab turish o‘rtacha 4...8 soat davom etadi (bu asosan betonning kerakli mustaxkamlikga erishishiga, S / S nisbatga bog‘liq bo‘ladi); sovutish–yani kameraning issiqligini tushirish, o‘rtacha 1...4 s davom etadi (bunda buyum loyixada ko‘rsatilgan miqdorigacha sovutiladi).
Konstruksion issiqlik o‘tkazmovchi engil betonlardan yasalgan buyumlarni issiqlik bilan qotirish vaqtida, qo‘shimcha talab sifatida buyumning kerakli namlikga erishishi etiborga olinadi. Buning uchun kameralarda xar-xil isitgichlar (infraqizil nurlatgichlar, gaz garelkalari va boshqalar) qo‘llanilib kamera issiqligi 125...150 S gacha ko‘tariladi. Bug‘siz bunday usulda qotirish betonning namligini ancha pasaytiriladi (bug‘ bilan qotirishga nisbatan 2 marotabagacha). Engil betonlarning issiqlik bilan qotirish vaqti og‘ir betonlarga nisbatan ancha kamdir.
|
| |