Buyumlarni uzlukli (siklli) ishlovchi agregatlarda qotirish




Download 0,62 Mb.
bet13/17
Sana19.02.2024
Hajmi0,62 Mb.
#158564
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2023 BETON Kurs ishi

3.2. Buyumlarni uzlukli (siklli) ishlovchi agregatlarda qotirish

Beton va temir-beton buyumlarni issiqlik bilan qotirish uchun uzlukli ishlaydigan chuqurlik bug‘lash kameralari keng qo‘llaniladi (asosan agregat-potok usuli uchun). Uning asosiy qurilmalariga devorlari, pol, ochiladigan qopqoq va isitish sistemalari kiradi. CHuqurlik bug‘lash kameralari bir xil bo‘lmaydi, uning gabarit o‘lchamlari va soni korxonaning berilgan unumdorligi asosida buyumning turiga qarab aniqlanadi. Kameraning o‘lchamlarini aniqlashda uning chuqurligi 3,0 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Aks xolda uning balandligi bo‘yicha issiqliq miqdorining tarqalishida farq bo‘lishi mumkin. SHuni nazarda tutish kerakki chuqurlik bug‘ kameralarida buyumlar bir-biriga ustma-ust 4...6 qavat qilib o‘rnatiladi. Bug‘ bir tekis tarqalishi uchun qoliplar orasiga 5...7 sm qalinlikda yog‘och pona qo‘yiladi. SHunday qilib, kameraning umumiy balandligi qoliplar balandligi, eng ustki qolip bilan qopqoq orasidagi 10 sm va eng pastki qolip bilan pol orasidagi 10 sm hamda qoliplar orasidagi tirgak balandliklari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.


Kameraning uzunligi va eni buyumning qolip bilan birgalikdagi uzunligi va eni hamda qolip chetlaridan kamera devorlarigacha bo‘lgan 35÷50 sm masofalar yig‘indisi orqali aniqlanadi. Odatda kameraning o‘lchamlari buyumlarning hajmi 18÷20 m3 sig‘imlik bo‘lishga mo‘ljallab hisoblanadi. Katta o‘lchamlik buyumlar uchun kamera hajmidan foydalanish koeffitsienti o‘rtacha 0,3÷0,4 ga teng bo‘ladi.
Kameraning o‘lchamlarini va hajmini bilgan xolda uning yillik unumdorligini aniqlash mumkin. Unumdorlik asosida sex uchun kerakli kameralar sonini topish mumkin. Xisob bo‘yicha aniqlangan kameralar sonini 1÷2 taga oshirish mumkin, chunki sexning unumdorligi o‘zgarishi yoki kameralarni tamirlash uchun to‘xtatilishi mumkin. Kameraning ish sikli davomiyligi alohida jarayonlarga sarf qilingan vaqtlar yig‘indisi orqali aniqlanadi (kamera qopqog‘ini ochish, buyumlarni kameradan chiqarish va kameraga kiritish, qopqoqni yopish, issiqlik bilan qotirish). Sexda ish uch smenada bajarilganda kameradan to‘liq foydalaniladi. Ish ikki smenalik bo‘lganda, uchunchi smenada kamera ishlatilmay qoladi va uning sutkadagi aylanishi pasayadi. Bunday holda kameraning sutka davomidagi aylanishi maxsus siklogramma (kameraning sutka davomidagi aylanish siklogrammasi 3.1, 3.2 rasmlar) orqali aniqlanadi.
Kameraning o‘rtacha aylanish vaqti Tk (soat), uch smena va 6 kunlik ish xaftasi uchun quyidagicha hisoblanadi: kamerani bitta qo‘yish postidan yuklaganda
Tk =tu+1,715··ts m / 60 (3.1)
ikkita qo‘yish postidan yuklanganda
Tk =tu+1,143··t s m / 60 (3.2)
bu erda tu-issiqlik bilan qotirish vaqti, soat; ts-qo‘yish sikli davomiyligi, min; m-kameraga ustma-ust joylashadigan qoliplar soni.
Kameraning o‘rtacha aylanish vaqti Tk ikki va uch smena va 5 kunlik ish xaftasi uchun siklogrammadan (3.1 rasm, a, b) foydalanib aniqlanadi. Buning uchun kamerani yuklash vaqti hisoblanadi: bitta postdan yuklaganda tk= ts·m, ikkita postdan yuklaganda tk= ts ·m ∕ 2. Bunda topilgan vaqt qiymati absissa o‘qida belgilanib, unga perpendikulyar o‘tkazilganda va uning S (tk) chiziq bilan kesishgan nuqtasiga mos keluvchi Tk miqdori topiladi.
Agregat-potok usuli uchun talab qilinadigan chuqurlik bug‘lash kameralari soni quyidagicha hisoblanadi.
Nk= (3.3)
Kameraning asosiy o‘lchamlari quyidagicha aniqlanadi:
uzunligi lk=n·l+(n+1) ·l1 (3.4)
bu erda n- kamera uzunligi bo‘yicha joylashadigan qoliplar soni; l- qolip uzunligi, m; l1- qolip bilan kamera devorlari orasidagi masofa,
l1=0,4÷0,5 m (uzun tomoni bo‘yicha).
eni bk=n1·b+(n1+1)·b1 (3.5)
bu erda n1- kamera eni bo‘yicha joylashadigan buyumlar soni; b-qolip eni, m; b1-qolip bilan kamera devorlari orasidagi masofa b1=0,35÷0,4 m (eni bo‘yicha). balandligi (chuqurligi)
hk=n2·( h+h1)+h2+h3 (3.6)
bu erda n2-kamera balandligi bo‘yicha joylashgan qoliplar soni; h-qolip qalinligi; m, h1-qoliplar orasidagi tirqish; h1=0,05÷0,07 m; h2-kamera poli satxidan qolip tagigacha bo‘lgan masofa (balandlik) h2=0,1÷0,15 m; h3-kameradagi eng ustki qolip ustidan kamera qopqog‘i tagigacha bo‘lgan masofa (balandlik) h3=0,1÷0,15 m.
Kamerani qoliplar bilan to‘ldirish koeffitsienti (buyumlar uchun esa K0 qiymati 3.1 jad. berilgan) quyidagicha hisoblanadi.
K0=Vf∕Vk (3.7)
Kamerani yuklash koeffitsienti
Kyu=Vb∕Vk (3.8)
bu erda Vf-kameraga o‘rnatiladigan qoliplar hajmi, m3; Vb-kameradagi buyumlar hajmi, m3; Vk-kamera hajmi, m3.

Bazi buyumlar uchun K0 koeffitsientning o‘rtacha miqdori.


Jadval 3.1.

Buyumlarning xili



Kamera uchun K0 qiymati

Maxsuslash-tirilgan

Universal-lashtirilgan

G‘ovakli, g‘ovaksiz va qovurg‘ali plitalar
Rigellar
Zinapoya va uning plita-lari
Ustunlar

0,36

0,27
0,25


0,34


0,24

0,05
0,06


0,12


Kameraning 1m3 foydali hajmidan yil davomida chiqariladigan mahsulotlar miqdori, m3∕ m3


Sr =Kayl·Kyu·S (3.9)
bu erda Kayl·-kameraning sutka davomidagi aylanishlar soni. S-yillik fond ish vaqti;
Kayl·=23 ∕ Tk (3.10)
Bitta agregat-potok liniyasi uchun talab qilinadigan qoliplar soni quyidagicha aniqlanadi:
nk= (3.11)
bu erda V-sutka davomidagi ish soatlari; Tayl-qolipning o‘rtacha aylanish vaqti, soat; ∑Ts -qoliplarni tayyorlash, armaturalash va betonlash sikllarining davom etish vaqti, min:
Tayl=Tk+(ts+∑tf) ∕ 60 (3.12)
bu erda (ts+∑tf)/60 hamma jarayonlarni bajarish uchun ketgan vaqt (buyumni qolipdan bo‘shatib, yangitdan buyumni qo‘yish uchun); ts-quyish sikli (betonlash postida), min; ∑tf-qoliplarning boshqa postlarga kelish vaqti, min.
YUqoridagilardan foydalanib kameraning asosiy o‘lchamlarini aniqlaymiz. Plitaning o‘lchamlari 6x3x0,3 m. Qolip o‘lchamlari esa 6,4x3,4x0,45 m. Qo‘yish siklini bitta post uchun ts=12 min qabul qilamiz (jad 2,5, § 2.4 asosida). Balandlik bo‘yicha besh qator buyum qo‘yiladigan bir seksiyalik kamera tanlaymiz.
Kameraning uzunligi (3.4) asosan lk=6,4·1+(1+1)·0,4=7,2m, eni (3.5) asosan bk=3,4·1+(1+1)·0,35=4,1m, va uning balandligi (chuqurligi) (3.6) asosan hk=5·(0.45+0.07)+0.15+0.1=2.85 m.
Kameraning o‘rtacha aylanish vaqtini hisoblaymiz: issiqliq bilan qotirish siklining davomiyligi (vaqti) jad. 1, (ilova 2) asosan tu=11 soat (buyumning qalinligi va beton sinfi asosida). Quyish sikli ts=12 min, yoki 12:60=0.2 soat. Kameradagi qoliplar soni balandligi bo‘yicha m=5 ta. U holda kamerani bitta quyish postidan yuklanganda (3.1) asosan (uch smenalik va olti kunlik ish xaftasi uchun):
Tk =11+1,715·12·5/60=12,72 soat
Ikkita quyish postidan yuklanganda (3.2) asosan
Tk =11+1,143·12·5/60=12,14 soat
Besh kunlik ish haftasi uchun, ikki smenada ish bajarilganda: kamerani yuklash vaqti tk=12·5=60 min (bitta postdan yuklanganda). Siklogramma asosida (3.1. a-rasm) Tk=17,8 s teng bo‘ladi. YUklash vaqti tk=12·5/2=30 min bo‘lganda (ikkita postdan yuklanganda) Tk=16,8 s teng bo‘ladi. Uch smenada ish bajarilganda, tk=60 min bo‘lganda siklogramma asosida (3.1.b-rasm) Tk =13,6 s, tk=60 min bo‘lganda Tk =13,0 s teng bo‘ladi. Plitani issiqliq bilan qotirish rejimi grafigi (3.3-rasmda ) ko‘rsatilgan.
Talab qilinadigan kameralar sonini (3.3) asosida hisoblaymiz: V=16 soat bo‘lganda (ikki smenali, 5 kunlik ish haftasi uchun) va bitta quyish postidan yuklanganda
Nk=16·17,8∕24·0,2·5≈12 dona
Ikkita quyish postidan yuklanganda
Nk=16·16,8∕24·0,2·5≈11 dona
Bitta liniya uchun talab qilinadigan qoliplar sonini aniqlaymiz. Qolipning o‘rtacha aylanish vaqti (3.12) asosan:
Tayl=17,8+
bu erda Tayl=17,8s-kameraning o‘rtacha aylanish vaqti; ts=12 min–beton quyish sikli; ∑tf=52,5 min qolipning boshqa postga kelishi va boshqa jarayonlar uchun ketgan vaqt (jad.2.5 §2.4 asosida). U holda qoliplar soni (3.10) asosan nk=1,05·2,5·16·18,88∕38=20 dona.
Bu erda V=16 soat–sutka davomidagi ish soatlari; Tayl=18,88s-qolipning o‘rtacha aylanish vaqti; ∑Ts=9+5+10+2+12=38 min qolipni tozalash, moylash bortlarini mahkamlash armaturalash, titratma moydonchaga o‘rnatish va betonlash uchun ketgan vaqtlar yig‘indisi.
Kamerani qoliplar bilan to‘ldirish va uni yuklash koeffitsientlarini aniqlaymiz:
kameradagi buyumlar hajmi Vb=l·v·hk·m=(6·3·0,30)x5=27,0m3
kameradagi qoliplar hajmi Vf=(6,4·3,40·0,45)x5=27,0m3
kameraning hajmi Vk=lk·bk·hk=7,2·4,1·2,85=84m3
U xolda (3.7) va (3.8) asosan K0=48,9/84=0,58 va Kyu=27,0/84=0,32. Kameraning 1m3 foydali hajmidan yil davomida chiqariladigan mahsulot miqdorini m3/m3 (3.9) asosan hisoblaymiz (jad. 3.2 qarang).
Sr=1,57·0,32·247=124 m3
bu erda Kayl=23∕Tk=23/17,8=1,57 marta, S=247-yil davomidagi ish kunlari.

Xar-xil buyumlar uchun kameraning 1m3 hajmidan bir yilda chiqariladigan mahsulotlar miqdori


Jadval. 3.2.

Buyumlarning xili



Kameraning 1m3 hajmidan chiqariladigan mahsulotlar, m3/yil

Orayopma va tom yopma plitalari
Engil betonlik bir qatlamli tashqi devor panellari
Xuddi shunday uch qatlamli
Rigellar va ustunlar
Zinapoya va uning plitalari
Balkalar, ora devorlar va bloklar

130...180
90...140

120...160


80...120
70...90
60...80

Agregat-potok usuli uchun uzlukli ishlaydigan tunnel shaklidagi bug‘ kamerasi ham qo‘llaniladi. Bunday kameralar ancha kamroq qo‘llanilib, asosan kichik o‘lchamli buyumlarni issiqliq bilan qotirish uchun moslashtiriladi. Kameraning uzunligi o‘rtacha 15...25 m atrofida bo‘lib, eni bo‘yicha bir qator, uzunligi bo‘yicha esa bir necha buyum ketma-ket joylashtiriladi. Kamera relslik yo‘l bilan jixozlantiriladi. Uning balandligi quyidagicha aniqlanadi.
hk=n(h+h1+h2+h3+h4) (3.13)
bu erda n-kamera balandligi bo‘yicha joylashgan qoliplar soni; h1-qoliplar orasidagi tirqish, h1=10...15 sm, h2-relsning balandligi, h2=15÷18 sm; h3-qolip vagonchasining balandligi; h4-kamera shipidan buyumning ustigacha bo‘lgan tirqish (balandlik), h4=10÷15 sm, h- buyumning qolip bilan birgalikdagi balandligi. Kameraning balandligi o‘rtacha 2 m orasida bo‘lsa maqsadga muvofiqdir. Uning uzunligi va eni, kameralar soni, o‘rtacha aylanish vaqti va boshqa ko‘rsatgichlari yuqorida ko‘rib chiqilgan chuqurlik–bug‘lash kamerasi kabi aniqlanadi.

Download 0,62 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buyumlarni uzlukli (siklli) ishlovchi agregatlarda qotirish

Download 0,62 Mb.