• Vegetatsion usul
  • Lizimetrik usul
  • Agrokimyo fanini o‘rganish va tekshirish




    Download 0.89 Mb.
    bet4/67
    Sana29.04.2023
    Hajmi0.89 Mb.
    #54953
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
    Bog'liq
    Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017
    13, muhandislik, 1 Мавзу, TALIM FAOLIYATI O’RASIDA JISMONIY MASHQ DAQIQASI YOKI HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISHNI REJALASHTIRISH TEHNALOGIYALARI, BMI titul, 1. Sanoq sistemasi haqida tushuncha Pozitsion va nopozitsion san-fayllar.org, 3-4 2020 KENGURU, Korroziya test , 1-2-лаборатория иши, II. XV-XVII asrlar adabiyot-fayllar.org, 27, Topshiriq 5, Aniq fanlar ochiq dars, faxriyyorliq
    Agrokimyo fanini o‘rganish va tekshirish
    usullari
    Agrokimyoviy tekshirishlarda qo‘llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga bo‘linadi: biologik va laboratoriya usullari. Bu usullar deyarli birgalikda qo‘llanilib, bir-birini to‘ldiradi.
    1) biologik usullar: dala tajribalari, vegetatsion va lizimetrik usullardan ibort bo‘ladi.
    Dala tajribasi usuli - ta’sir qiluvchi sharoitlar yoki ekinlarning parvarish qilish usullarini ekinlar hosiliga ta’sirini aniqlash maqsadida tabiiy sharoitda, ya’ni dalaning o‘zida maxsus ajratilgan maydonlarda olib boriladi. Dala tajribasi turli tuproq-iqlim sharoitlarida agrotexnika va boshqa omillarga bog‘liq holda qo‘llaniladigan o‘g‘itlarning samaradorligini o‘rganishning asosiy usulidir.
    Vegetatsion usul - alohida omillardan har birini o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, moddalar almashinuvi, oziqlanishi va hosiliga ta’sirini tekshirib ko‘rishga imkon beradi. Vegetatsion tajribalarda o‘simliklar shishadan yasalgan maxsus uychalarda, suvli, qumli va tuproqli muhitlarda sim to‘r ostida o‘stiriladi. Vegetatsion tajribalarda o‘simliklarning oziqlanish sharoitlarini va ma’lum darajada tashqi muhit sharoitlari - nam rejimi, yorug‘lik, harorat va shu kabi omillarni ham qat’iy tekshirish ham boshqarib turish mumkin bo‘ladi. Olib boriladigan tadqiqotlarning maqsadiga qarab, vegetatsion tajribalar mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishi yoki dala tajribasiga qo‘shimcha ravishda o‘tkazilishi mumkin.
    Lizimetrik usul - tabiiy sharoitda maxsus qurilmalar - lizimetrlar yordamida tuproq qatlamlarida suvning harakati va sizib o‘tishini o‘rganishga yordam beradi. Agrokimyoviy tadqiqotlarda lizimetrik usul o‘g‘itlar bilan qilinadigan tajribalarda suv rejimini, mineral tuzlarning va ekinga solinadigan o‘g‘itlarning tuproqdan yuvilib ketishi darajasini o‘rganishda, shuningdek tuproqdagi oziq moddalar balansini, ularning tuproqqa tushishi bilan o‘simliklar tomonidan olib chiqib ketilishi va yo‘qoladigan miqdorlarini taqqoslab ko‘rishda qo‘llaniladi.

    Download 0.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agrokimyo fanini o‘rganish va tekshirish

    Download 0.89 Mb.