6.4. Statik sinovlar uslubiyati
Naturaviy sinovlar uslubiyati masalasida sinovlarni o'tkazish ishchi sxemasini tanlash muhim ahamiyatga ega. Ishchi sxemasi deganda sinash jarayonida qo'llaniladigan statik hisoblash sxemasi tushuniladi. Sinalayotgan konstruksiya uchun naturaviy sinovlar sxemasini tanlash deganda yuklarni joylashtirish tushuniladi. Shuni aytib o'tish joizki, ba'zi tadqiqotlar sinovlarning ishchi sxemasi loyihada qo'llanilgan hisoblash modeliga aniq mos kelishi kerak, deb xato fikr yuritadilar. Biroq sinash jarayonida qo'yilgan yuklar konstruksiyada hisobiy yuklar uyg'otadigan ko'chishlar va ichki kuchlarni vujudga keltirsa, shuning o'zi kifoya.
Ishchi sxemada ustuvorlikni ta'minlovchi qo'shimcha tadbirlarga alohida e’tibor bermoq lozim. Chunki sinash jarayonida ustuvorlikning buzilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Masalan, ustuvorlikni yo'qotish hollari qurib bitkazilmagan inshootlarda torn yopma plitalari hali o'rnatilmagan fermalarda yuz berishi mumkin. Siqiluvchan elementlarning gorizontal yo'nalishdagi ustivorligi qo'shimcha uskunalar yordamida ta'minlanadi. Agar sinovlar jarayonida yoyiq kuchlar fermaning yuqori poyas tugunlariga yig'iq kuch ko’rinishida qo'yilsa, u holda siqiluvchan ustun va hovonlarda ustuvorlik buzilishi mumkin. Bunday hollarda sterjenlar qo'shimcha uskunalar bilan muhofazalanadi.
Zavodlarda va qurilish maydonlarida qabul qilish sinovlarini o'tkazishda yuklar konstruksiyalarga maxsus uskunalar yordamida qo'yiladi.
19-rasm. Konstruksiyalarning sharnirli tayanch sxemasi
Konstruksiya elementlarini sinashda ularning tayanchlarini sharnirli qo'zg'aluvchan qilib olish tavsiya etiladi. 19-rasmda balka (5) ning sharnirli tayanishiga doir texnik yechimlardan biri berilgan. Sharnirli tayanchning katogi (yumaloq sterjeni) (4) yaxlit po'latdan yoki diametri 100 mm gacha bo'lgan, ichi beton bilan to'ldirilgan trubadan ishlanishi mumkin. Po'lat taxtakachlar (2) ning qalinligi 20-40 mm. Qo'zg'almas tayanchda katok (1) taxtakachga payvandlanadi. Payvandlangan armatura sterjenlari (3) cheklagich vazifasini o'taydi.
Eksperimentni boshlashdan ilgari sinovda qo'llanadigan yukning miqdori va qo'yilish joyi aniqlanadi. Sinovlar oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarga hamda konstruksiyaning tuzilishiga qarab sinov yuklarining qiymati quyidagi miqdorlarda bo'lishi mumkin:
- yuk ko'taruvchi elementning hisoblash modelini oydinlashtirish sinovida-me'yoriy yukning bir qismi;
- yoriqbardoshlikka hisoblashda — muvaqqat yukning to'liq qiymati;
-noyob konstruksiyalarni qabul qilish sinovlarida — hisobiy muvaqqat yukning o'zi;
- bosim ostida ishlaydigan idish (sosud) larni qabul qilish sinovlarida — hisobiy yukdan biroz ortiqroq;
- bino tiklanayotgan davrda o'tkaziladigan sinovlarda — me'yoriy muvaqqat yuklar bilan binoning yetishmayotgan qismlarining og'irliklari yig'indisi;
21-rasm. Ko'p oraliqli uzluksiz balka sinoviga doir sxemalar.
3-misol. Stropil fermasini sinash.
Takrorlash uchun savollar:
Naturaviy sinashlar nimalardan iborat?
Sinov yo’li bilan ob’yektning qanday xususiyatlari aniqlanadi?
Sinash ishlari vazifalariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
Inshoot konstruksiyasidagi kuchlanishlarni aniqlash nimalarga asoslangan?
Beton sirtiga tushayotgan kuchlanishlarni kompensatsion usulda aniqlash qanday olib boriladi?
Sinov natijalari bo’yicha konstruksiyalarning hisob sxemasini oydinlashtirish qanday olib boriladi?
Konstruksiya elementlarini sinashning sharnirli tayanish sxemasini tushuntirib bering.
Sinov natijalarining qiymati qanday miqdorlarda bo’lishi mumkin?
Ko’p oraliqli uzluksiz balka sinoviga doir sxemalarni tushuntirib bering.
10. Stropil fermalarni sinashda yuklarning qo’yilish tartibi qanday?
1- ilova
Qadimiy o’lchov birliklari
№
|
Birlik nomlari
|
SI tizimidagi qiymati
|
Uzunlik birliklari
|
1
|
arpa doni = 6 ot yog`i
|
3,472 mm = 3,472*10-3
|
2
|
barmoq = 6 arpa doni
|
20,832 mm = 20,832*10-3
|
3
|
chaqirim = 1200 qadam =1200 yol kari =1800 kari
|
900 m = 0,9 km
|
4
|
shar = 4000 qadam
|
3000 m = 3 km
|
5
|
qadam=1 yo`l kari= 1,5kari
|
74,9952 mm = 0,75 m
|
6
|
hari = 6 tuxum
|
499,968 mm = 0,5 m
|
7
|
qarich
|
19-22,5 sm
|
8
|
quloch
|
166-170 sm
|
9
|
yog`och (yig`och) = 12000 qadam
|
9000 m = 9 km
|
10
|
Ot yoli
|
0,5789 mm=0,5786*10-3
|
11
|
tosh= 8000 qadam
|
6000 m = 6 km
|
Massa birliklari
|
12
|
arpa doni
|
0,04095 g
|
13
|
misqol = 100 arpa doni
|
4,095 g
|
14
|
qadoq = 100 misqol
|
409,5 g
|
15
|
pud = 4000 misqol
|
16,38 kg
|
16
|
botmon = 10 pud
|
163,80 kg
|
17
|
Qumli tosh = 250 misqol
|
1,02375 kg
|
18
|
Oltin tosh = 500 misqol
|
2,0475 kg
|
19
|
Kichkina botmon = 8 pud
|
131,04 kg
|
20
|
Katta botmon = 16 pud
|
262,08 kg
|
Hajm birliklari
|
21
|
Ashir
|
6 l
|
22
|
Birshola = 8,5 л
|
8,5 l
|
23
|
Tomchi = 1 таноб = 3600 газ
|
0,05 ml
|
24
|
Payola 4 л
|
0,4 l
|
25
|
Osham
|
15-20 sm3
|
26
|
Sanoch-65
|
30 l
|
27
|
Sarjin
|
1 m3
|
2-Ilova
Ko`paytirgichlarning old qo’shimchalari
-
Ko`paytiruvchi
|
Old qoshimcha
|
Belgilanishi
|
«1» dan katta ko`paytirgichlar
|
1018
|
Eksa
|
E
|
1015
|
Peta
|
P
|
1012
|
Tepa
|
T
|
109
|
Giga
|
G
|
106
|
Mega
|
M
|
103
|
Kilo
|
k
|
102
|
Gekta
|
g
|
101
|
Deka
|
da
|
«1» dan kichik ko`paytirgichlar
|
10-1
|
detsi
|
d
|
10-2
|
santi
|
s
|
10-3
|
milli
|
m
|
10-6
|
mikro
|
µ
|
10-9
|
nano
|
n
|
10-12
|
piko
|
p
|
10-15
|
femto
|
f
|
10-18
|
atto
|
a
|
Maxsus o`lchov birliklari
1. Bir dengiz mili - 1852 m
2. Bir karat - 2x10-4
3. Bir troya unsiyasi - 28,34952 g
4. Bir metrik tonna - 907,2 kg
5. Bir barrel - 158,987 litr
6. Bir gallon - 3,785 litr
7. Bir uzel - 0,514 m/s
8. Bir fut - 304,8 mm
9. Bir funt - 409,5 g
10. Bir dyum - 25,4 mm
3- ilova
Mahsulotlarni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning YEAN kodi
Davlat kodi
|
Davlat nomi
|
Davlat kodi
|
Davlat nomi
|
Davlat kodi
|
Davlat nomi
|
90-91
|
Avstriya
|
520
|
Gretsiya
|
560
|
Portugaliya
|
485
|
Armaniston
|
486
|
Gruziya
|
460-469
|
Rossiya
|
476
|
Azarbayjon
|
84
|
Ispaniya
|
470
|
Qirg’iziston
|
00-13
|
AQSH va Kanada
|
80-83
|
Italiya
|
487
|
Qozog’iston
|
481
|
Belorussiya
|
880
|
Janubiy Koreya
|
888
|
Singapur
|
380
|
Bolgariya
|
529
|
Kipr
|
383
|
Sloveniya
|
50
|
Buyuk Britaniya
|
475
|
Latviya
|
73
|
Shvetsiya
|
859
|
Chexiya
|
477
|
Livan
|
76
|
Shvetsariya
|
57
|
Daniya
|
690-693
|
Xitoy
|
471
|
Tayvan
|
474
|
Estoniya
|
385
|
Xorvatiya
|
869
|
Turkiya
|
64
|
Finlyandiya
|
750
|
Meksika
|
482
|
Ukraina
|
30-37
|
Fransiya
|
484
|
Moldova
|
599
|
Vengriya
|
400-440
|
Germaniya
|
87
|
Niderlandiya
|
45-49
|
Yaponiya
|
489
|
Gonkong
|
590
|
Polsha
|
478
|
O`zbekiston
|
|