Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari




Download 0,82 Mb.
bet16/121
Sana30.01.2024
Hajmi0,82 Mb.
#148537
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

4. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari
Auditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni va N 90-«Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti(AFMS)da ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish
b) moliyaviy hisobotni tuzish;
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;
g) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
e) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish;
j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin.
Ushbu keltirilgan professional xizmatlar ro’yxati kengaytirilishi va to’ldirilishi mumkin, ammo hozirgi ko’rinishda ham auditorlik tashkilotlari tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarning qanchalik xilma-xil ekanligini ko’rsatmoqda.
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • halollik va haqqoniylik;


  • professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik;


  • professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish;


  • o’z professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum bo’lgan axborotlarni maxfiy (sir) tutish printsipiga rioya qilish va hokazo.


Mijoz-korxona rahbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar ko’rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o’rnatishi va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma’lum qilishi mumkin.


Ta’kidlash, joizki odatda buyurtmachi auditorlik tashkilotiga murojat qilganida bitta emas, balki bir necha xizmatni olishni hohlaydi. Shuning uchun ayrim xizmat turlarini alohida ko’rib chiqamiz.
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish. Buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish xizmati ko’plab tadbirlarni va avvalo uzoq muddatli hisob siyosatini aniqlash, buxgalterlik hisobining shaklini tanlash, texnik vositalar majmuini tanlash, buxgalterlik xizmatining tuzulmasini shakllantirish, hujjatlar aylanish grafigini va buxgalter xodimlarning xizmat vazifalarini ishlab chiqish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarni o’tkazish natijasida buyurtmachi korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Mazkur xizmat turining o’zi bir martalik xususiyatga ega bo’lib, yangidan tashkil etilayotgan korxonalarda alohida auditorlik tashkilotlari tomonidan buxgalteriya (moliyaviy, boshqaruv) hisobini tashkil etish texnologiyasiga talab juda katta. Buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish bo’yicha ko’rsatiladigan professional xizmatning davomi sifatida auditorlik tashkiloti mijoz-korxona buxgalteriyasi uchun bo’lim buxgalterlaridan tortib to bosh buxgalter va moliya ishlari bo’yicha xodimlarni tanlashi va o’qitib berishi ham mumkin.
Buxgalteriya hisobini qayta tiklash xizmati ham ma’lum davr ichida bajariladi va bir martalik xususiyatga ega.
Hisobni qayta tiklash – ancha murakkab ish bo’lib, u auditorlik tashkilotining eng malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risi-da» gi qonunning 7- moddasiga muvofiq o’zining buxgalteriya xizmatiga ega bo’lmagan tashkilotda buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markazi yoki tarkibiga buxgalteriya sub’ekti ham kiradigan xo’jalik birlashmasining hisobga olish bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan auditorlik tashkilotlari bunday ixtisoslashtirilgan tashkilot rolini muvaffaqiyat bilan bajarishlari mumkin.
Auditorlik tashkiloti o’z mijoziga hisob yuritishi uchun hisob siyosatini ishlab beradi, buxgalterlik hisobining ishchi schyotlar rejasini tuzadi, analitik schyotlar va hisob registrlarining tarkibini loyihalashtiradi, hisob yuritish shaklini tavsiya etadi.
Agar mijoz-korxona professional xizmatlar uchun shartnoma tuzilayotgan paytda zarur tashkiliy texnikalar – kompyuterlar, printerlar, aloqa vositalariga ega bo’lmasa, u holda auditorlik tashkiloti xodimlari o’z mijozi uchun qulay texnik vositalarni tanlash bo’yicha tavsiya berishi yoki tanlab, o’rnatib va dastur ta’minotini tuzib berishi, hamda ma’lumotlar bazasini to’ldirishga doir ishlarni bajarishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining xodimi (xodimlari) mijoz hohishiga ko’ra bevosita buyurtmachining ish joyida ishlab, u (buyurtmachi) auditorlarni zarur uskunalar bilan ta’minlash, ish joyini tashkil etish va boshqa majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Agar mijoz-korxona tashkiliy texnikalarni sotib olish uchun etarli mablag’ga ega bo’lmasa yoki uni sotib olishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, hamda auditorlik tashkiloti xodimlari mijozning ish joyida ishlashlari uchun shart-sharoitlar bo’lmasa, u holda buyurtmachi dastlabki hujjatlarni o’z vaqtida taqdim etish bo’yicha majburiyatlarni to’liq zimmasiga oladi. Dastlabki hujjatlarni auditorlik tashkilotiga etkazib berish, hujjatlarning saqlani-shini ta’minlash, kompyuter yordamida hujjatlarga ishlov berish, analitik va sintetik hisob registrlarini yuritish, dastlabki hujjatlar va tuzulgan buxgalteriya hisobi registrlarini mijozga etkazib berish va boshqalarga doir ishlarni auditorlik tashkiloti o’z zimmasiga oladi.
Hisob yuritish hisobning barcha turlari va uchastkalari (to’liq hisob yuritish) kabi, hisobning alohida uchastkalari va bo’limlari bo’yicha ham (moddiy boyliklar harakatini hisobga olish – agar buyurtmachining ombori uning markaziy ofisidan uzoqda joylashgan bo’lsa; mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar va boshqalar bo’yicha) amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu professional xizmat bayonidan ko’rinib turibdiki, buyurtmachi-korxonada, buxgalteriya xizmati yo’q, natijada hisobot tuzish, soliq deklaratsiyalarini to’lg’azish, buxgalteriya hisobotlari va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspektsiyasi (DSI) va boshqa muassasalarda himoya qilishni topshirish mumkin bo’lgan malakali hodimi ham yo’q. Shuning uchun qoidaga ko’ra, mijoz-korxona buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzish, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspektsiyasi (DSI) da himoya qilish kabi xizmat turlarini ham shartnomaga kiritishi mumkin.
b) moliyaviy hisobotni tuzish. Professional xizmatning ushbu turi asosan ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchidan, auditorlik tashkiloti tomonidan buxgalterlik hisobini yuritishga doir bajarilgan ishlar majmuining yakunida hisobot ham tuzib berilishi mumkin. Ikkinchi holatda auditorlik tashkilotining mustaqil ishi sifatida ya’ni buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buxgalterlik registrlarining ma’lumotlari asosida faqatgina hisobotning o’zi tuzib berilishi ham mumkin.
Auditorlik tashkilotlar mijoz-korxonaga buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzib berish bilan birga byudjetdan tashqari fondlar va statistika organlariga topshiriladigan hisobotlarni tuzish bo’yicha ham xizmat ko’rsatishi mumkin.
v) Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun milliy korxonalarimiz moliyaviy hisobotlarini xorijiy investorlar «o’qiy oladigan til»ga – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga yoki investor faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatdagi umum qabul qilingan hisob printsiplari (masalan, GAAP tizimi)ga o’tkazish zarur. Buning uchun auditor MHXS yoki investor mamlakatidagi GAAP tizimini, ularning xususiyatlarini va bizning milliy moliyaviy hisobotlar bilan qiyosiy tahlilini chuqur bilishi zarur.
Milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb qi-lishdan maqsad faqat o’zaro manfaatlarni qondirish emas, balki investorning investitsiya ob’ekti hisoblangan korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan, o’zaro munosabatlarni o’rnatishdan iborat.
g) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish masalalariga so’ngi yillarda talab kuchaymoqda. Bu shu bilan bog’liqki, bir necha yillar bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar, o’zlarining moliyaviy ahvoliga baho berish, iqtisodiy barqarorlikka erishish va mahsulot (ish, xizmat) larning qaysi turi eng ko’p daromad (yoki zarar) keltirishi va shu kabilarni bilishni istaydilar. Ko’pchilik korxonalar (xususan, ko’pchiligi aktsiyadorlik jamiyatlariga, qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) ga aylantirilgan sobiq davlat (yoki jamoa korxonalari) iqtisodiy nochor va bankrotlik holatida. Aksariyat korxonalarning iqtisodiy xizmat xodimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy ahvolni, korxona balansining likvidligi va to’lov layoqatini tahlil qilish, hamda moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bilan bog’liq usullarni bilmaydilar, biznes-rejalar tuzish tajribasiga ega emas.
d) buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati. Ushbu masalalarga doir professional xizmatlar: soliqqa tortish bo’yicha tushuntirishlar (yozma va og’zaki shaklda) tayyorlash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun jarima hisob-kitobi hamda jarima undirishning to’g’riligini (yoki noto’g’riligini) asoslash, dastlabki hisobni tashkil etish, mijozning boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuziladigan xo’jalik shartnomalari (bitimlari)ni takomillashtirish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Hozirgi bozor kon’yunkturasidan foydalanib tezroq boylik orttirishni o’ylamasdan, korxonani uzoq yillar davomida jiddiy va barqaror rivojlantirishni maqsad qilib qo’ygan tadbirkorlar yangidan tuzayotgan shartnomalari va bitimlarini oldindan ekspertiza qildirishdan manfaatdordirlar.
Amalda majburiy auditorlik tekshiruvi, ko’pincha, yillik buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar tuzilib, tasdiqlanib va hatto tegishli organlarga topshirilganidan so’ng o’tkaziladi. Qoidaga ko’ra ularga, hamda tekshiruv o’tkazilayotgan davrga tegishli hisob registrlariga ham tuzatish kiritish mumkin emas.
Shuning uchun hozirgi paytda professional xizmatlarning yuqorida qayd qilingan turlari bo’yicha konsalting xizmatiga talab oshmoqda. Agar mijoz-korxonalar buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini topshirmasdan burun kansalting xizmati bo’yicha auditorlik tashkilotiga murojaat qilsa, yo’l qo’yilib kelayotgan xato-kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf qilib, qabul qilingan hisob siyosatidan chetga chiqmasliklari mumkin.
e) Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar, hisobotlar va deklaratsiyalarni tuzish, ularni soliq inspektsiyasiga hamda boshqa tegishli organlarga topshirish ko’p hollarda buxgalter uchun nohush jarayon sifatida kechadi.
Bunga sabab bir tomondan, mazkur ishning murakkabligi bo’lsa, ikkinchidan, hisobot va deklaratsiya topshiruvchi buxgalterning vaqtini oladigan-navbat kutish hamda ayrim soliq xodimlarining xushmuomilasizligi va shunga o’xshashlar.
Bundan tashqari, ma’lumki, agar davlat statistika organlari va byudjetdan tashqari fondlarga (bandlik xizmati va h. k) tegishli hisobot shakllari topshirilganligi to’g’ri-sida buxgalterlik (moliyaviy) hisobot muqovasiga belgi qo’yilmagan bo’lsa, uni soliq inspektsiyasi qabul qilmaydi.
Bunday barcha ishlarni ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar, hisobotlar va deklaratsiyalarni tuzish, hamda tegishli organlarga topshirishni auditorlik tashkiloti to’liq o’z zimmasiga oladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti soliq inspektsiyasining tekshiruv dalolatnomalarini ham o’rganib, agar nohaq kamchiliklar ko’rsatilgan bo’lsa, ular bo’yicha e’tiroz xati tayyorlashi mumkin.
Hisobotlarni muvaffaqiyatli topshirish va himoya qilish, auditorlik tashkiloti hisobotlarni tuzishga doir ishlarni malakali va sifatli bajarganligidan dalolat beradi, hamda professional xizmat bozorida uning obro’sini oshiradi.
j) Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlar, ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg’ulotlar va boshqa shakldagi tadbirlar ham o’tkazishi mumkin. Bu maqsadda auditorlik tashkiloti Moliya Vazirligi davlat soliq inspektsiyasi, va boshqa mutasaddi idoralardan tajribali uslubiyotchi va amaliyotchi xodimlarni, hamda oliy o’quv yurtlaridan etakchi professor-o’qituvchilarni taklif etishi mumkin.
Bu toifa xizmatlarning buxgalterlarni o’qitish bilan bog’liq boshqa xizmatlardan farqi, u seminar ishtirokchilaridan ma’lum malaka talab qiladi.
Auditorlik tashkiloti xodimlari ma’ruza va seminar ishtirokchilariga fuqarolik, soliq va boshqa qonunchiliklarda ro’y bergan o’zgarishlarni, buxgalterlik hisobini yuritishga doir me’yoriy hujjatlar(buxgalteriya hisobi va hisobotining xalqaro hamda milliy standartlari, nizomlar, qarorlar, yo’riqnomalar va boshqalar)ni sharhlab beradilar. Shuningdek, bunday tadbirlarda hisob yuritish va hisobot tuzishda ko’p sodir bo’ladigan xatolar muhokama qilinadi va seminar ishtirokchilarining savollariga javob beradilar.
Yuqorida keltirilgan professional xizmatlardan tashqari auditorlik tashkiloti belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo’jalik faoliyati tahlili, soliqqa tortish bo’yicha o’quv qo’llanmalar va o’quv-uslubiy materiallar tayyorlashi hamda chop ettirishi mumkin. Bu tarzdagi xizmatlar, odatda, mazkur masalalar bo’yicha bosmaxona, uslubiy tavsiyalar va boshqa ommabop adabiyotlarni ishlab chiqa oladigan mualliflar hamda tahririyat jamoasiga ega yirik auditorlik tashkilotlari tomonidan bajariladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti mijoz-korxonalariga davriy nashr adabiyotlari: «Soliq to’lovchining jurnali», «Soliq va bojxona xabarlari», «Xo’jalik huquqi», «O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» va boshqalarga obuna bo’lishdan tortib, to kompyuter uchun «huquq tizimi» va h. k ma’lumotlargacha bo’lgan qo’llanmalarning maqbul to’plamini tanlash bo’yicha maslahatlar ham berishi mumkin.


Download 0,82 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari

Download 0,82 Mb.