|
Радиотехник тизимлар назарияси асослари
|
bet | 4/112 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 20,58 Mb. | | #228451 |
Bog'liq Avtotransport tarmog\'i korxonalarini loyihalash M Musajonov (1)1.3. AVTOTRANSPORT KORXONALARINI LOYIHALASH
TARTIBI
Ishlab turgan korxonalar kerak bo’lgan hajmdagi tashish ishlarini bajara olmagan holda yangi avtotransport korxonasi loyihalanadi va quriladi. Ishlab tnrgan korxonani takomillashtirish loyihasi, undagi avtomobillar soni keskin o'sganda yoki turi almashtirilganda, ishlab chiqarish bazasi talabga javob bera olmagan holda, yangi texnika va texnologiya joriy qilingan hollarda amalga oshiriladi. Aksincha, ITBdan samarali foydalanish maqsadida, raqobatga bardosh bera olmaydigan ishlab chiqarish biriashmalari, avtokombinatlar, katta avtokorxonalar uchun qayta qurish loyihalari amalga oshirilishi mmnkin.
ATK loyihasi mukammal qurilish bo'yicha qo'yiladigan barcha zamonaviy talablarga javob berishi kerak.
ATK lar sanoat korxonalarini loyihalashning mnumiy qoidalari asosida, bir yoki ikki bosqichda loyihaianadi. Tkki bosqichli loyihalash texnik loyiha va ishchi chizmalardan iborat. Bir bosqichli Ioyihalashda ular birlashtiriladi.
Necha bosqichda loyihalash oldindan belgilab qo’yiladi.
Loyiha yechimlari bir necha variantda amalga oshiriladi va ular bir- biriga solishtirilib, eng samaradorligi tanlab olinadi. Hamma talabga javob beradigan loyihani ishlab chiqish murakkab, qimmat va katta hajmdagi ish bajarishni talab qiladi. Shuning uchun loyihalash ishida keng ko’Iamda andazaviy loyihalardan foydalaniladi. Korxonani loyihalash yoki takomillashtirishda « 0 ’zavtotrans» (hozir « 0 ’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi»), « 0 ’zavtosanoat», «Toshshaxaryo’lovchitrans»,
«Giproavtotrans» tomonidan muntazam ishlab chiqariiadigan yangi texnika, texnologiya va tashkil qilish me'yorlaridan foydalaniladi. Ular «Avtomobil transportining harakatdagi tarkibiga texnik xizmat koTsatish va joriy ta’mirlash Nizomi» da lceltirilgan me’yorlardan ham yuqoriroq va ilg’orroq boTishi mumkin.
0 ’qish jarayonida bajariladigan loyihalarda Nizomda keltiriladigan me’yorlardan foydalaniladi. Bu esa real ishlab turgan korxonalar ko’rsatkichiga yaqin boTgan loyiha yechimlarini olishga va ulami bir-biriga solishtirishga imkon beradi.
Loyihalashning ikkala bosqichidan oldin ob’ektni loyihalash topshirig’i tuziladi.
Topshiriqda loyihalashda kerak boTadigan barcha asosiy maTumotlar
13
keltiriladi:
— loyihalash uchun asos (qaror yoki buyruq);
— qurilish uchastkasi, tumani;
— korxonaning vazifasi, ish tartibi; ■' ..
— xizmat ko’rsatiladigan ob'ckt, trassa va tumanlar;
— korxonaning kengayish imkoniyati va qurilish navbati;
— taxminiy sarflanadigan mablag’ va qurilish muddatlari;
— bo'lg'usi korxonaning taxminiy ko’rsatkichlari;
— ishlatilishi mumkin bo’lgan andazaviy loyihalar;
— korxonani suv, issiqlik, gaz, elektrenergiya bilan ta'minlash manbalari va boshqalar.
Loyihalash topshirig'iga qurilish ob'ektining • texnik-iqtisodiy asoslanishi, ajratilgan yer uchastkasining qurilish pasporti ilova qilinadi.
Topshiriq loyihani bajaradigan tashkilot bilan kelishiladi va texnik loyihani tasdiqlaydigan idora tomonidan tasdiqlanadi.
Topshiriqda keltiriladigan maTumotlar mufassalligi turlicha boTishi mumkin. Masalan, ob'ektning to'liq tavsifx yoki faqat bajaradigan vazifasi ko’rsatilishi mumkin. Keyingi holda loyihalash tashkiloti transport-izlanish ishlari olib borishi natijasida ob’ektning toTiq tavsifini tuzadi. Masalan: yuk tashish uchun moTjallangan ATKning loyiha topshirig’ida bajariladigan yuk oboroti ko'rsatilgan boTsa, kerak boTadigan avtomobillar soni va ish tartibi aniqlanadi, agar faqat shu tumanda o'rnashgan va yuki tashiladigan xalq xo’jaligi tarmoqlari ko’rsatilsa, yuk hajmi va kerak boTadigan avtomobillar soni va ish tartibi aniqlanadi.
|
| |