|
-rasm, Avtota’mirlash korxonalari
|
bet | 3/112 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 20,58 Mb. | | #228451 |
Bog'liq Avtotransport tarmog\'i korxonalarini loyihalash M Musajonov (1)1.4-rasm, Avtota’mirlash korxonalari tasnifi.
1.5-rasm. Yordamchi korxonalar tasnifi,
IV. Yordamchi korxonalarga (1.5-rasm) quyidagilar kiradi:
10
— dispetcherlik markazi;
— hisoblash-ma'lumot markazi;
— loyiha-texnologiya byurosi;
— moddiy ta'minot bazalari;
— o'quv markazlari.
ATTK ichida eng salmoqlisi - ATK lar va avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari boTgani uchun ularni loyihalashni batafsil ko'rib chiqamiz.
1.2. AVTOTRANSPORT KORXONALARINING ISHLAB CHIQARISH-TEXNIK BAZASI
ishlab chiqarish-tcxnik bazasi (1TB) ning asosiy vazifasi eng kam moddiy mablag’ va mehnat sarflagan holda avtomobillaming texnik tayyorligini talab darajasida ta'minlashdan iborat. ITB ga quyidagilar kiradi:
- imoratlar (ishiab chiqarish, ma'muriy-maishiy, avtomobillar saqlanadigan yopiq binolar, omborxona va boshqalar);
— inshootlar (jihozlangan ochiq saqlash joylari, korxonadagi yoTlar, yonilgT saqlash va quyish shoxobchalari, suv saqlagichlar);
— kommunikatsiyalar (elektr va aloqa tarmoqlari va boshqalar);
— jihozlar va qurihnalar (ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalari jihozlari va boshqaiar);
— har xil asboblar va boshqalar (asboblar, oTchov va hisoblash texnikasi va boshqalar).
ATK larning asosiy ishlab chiqarish fondini avtomobillar sotib olishga va ITBni yaratishga sarflangan mablag’ tashkil etadi. Ulaming nisbati hozirgi kunda 60% (avtomobillar narxi) va 40 % (ITB sarfi)ni tashki) etadi.
ITB ning ulushi ortishi bilan avtomobillar texnik tayyorligi, korxonaning tashish imkoniyati oshadi, TXK va T' xarajatlarining solishtirma qiymati hamda cashish tannarxi maTum chegaragacha kamayadi, so’ng osha boshlaydi, rentabeilik maTum chegaragacha oshadi, so’ng kamaya boshlaydi. ITBga sarflangan mablag'ning maqbul darajasini bclgilovchi aniq usiub qabul qilinmagan, omillarning ta’sir etish darajasiga qarab amaliyotda ITB
qiymati beigilanadi.
Mavjud ATK laming ko'pchiligi namunaviy loyilialar asosida qurilgan TTBga ega.
A'fK ITBning quyidagi kamchilikiarini keltirish mumkin:
— quriigan ATKlar yangi avtomobillar parametrlariga to’g’ri kelmaydi;
— gazballonli avtomobillami ishlatish talablariga javob bcrmaydi;
— texnologik jihozlar bilan ta'minlanganlik darajasi yetarli emas;
— ilmiy-texnik yangiliklar texnik xizmat va joriy ta’mir jarayoniga yetarlicha tatbiq etilmagan (mexanizatsiya va avtomatlashtirish, tashxislash);
— ishlab chiqarishni boshqarish, ishchi o'rinlarini va ishlab chiqarish ishchilari mchnatini tashkil qilish past saviyada;
— ishchilarga madaniy-maishiy, tibbiy xizmat ko'rsatish yetarli emas (xonalar issiq, nam, chang);
— ishlab chiqarish atrof-muhitga salbiy ta’sir ctadi (havo tozalagich va
suv tindirgichlar yomon ishlaydi).
ITB ning holati:
— TXK va JT ishlari ishlab chiqarish maydonlari bilan 50...65 % ta'minlangan;
— TXK va JT ishlaridagi mexanizatsiyalash darajasi mc’yorning 25...30 % ni tashkil etadi.
Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish binolari va texnologik jihozlardan
samarali foydalanmaslik, kichik korxonalar uchun ITB qiymatini oshirib yubormaslik uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar qoTlamaslik hollari uchraydi. TXK va JT. ishlarini bajarishda ishlab chiqarishni markazlashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash masalalari ham o’z yechimini topmagan.
ATK ITBning rivoji yangi qurilish va mavjud korxonalami kengaytirish,
qayta qurish va texnik qayta jihozlash orqali amalga oshiriladi.
Loyiha asosida yangi maydonda korxona barpo qilinishi yangi qurilish
hisoblanadi.
Mavjud ATKning filiali qurilishi, TXK va JT uchun mavjud bino va inshootlaming kcngaytirilishi yoki yangi qurilishi, shuningdek mavjud binoga qo'shimcha xonalar qo'shib qurilishi korxonani kengaytirish deyiladi.
Mavjud asosiy ishlab chiqarish, ma’muriy-maishiy va texnik bino va inshootlaming eskirgani yoki talabga javob bermagani uchun qisman buzilib, o’miga takomillashgan yangi texnologik jarayonlami tatbiq ctish, yangi rusiimli avtomobillarga TXK va JT hamda saqlash uchun yangi binolar qurilishi yoki qo'shilishi qayta qurilish deb ataladi.
Ilg’or texnologik jarayonlami, jihozlami, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish majmui vositalarini, elektron- hisoblash texnikalarini tatbiq etish natijasida ITBning samaradorligini oshirish korxonani texnik qayta jihozlash deyiladi.
12
|
| |