MODDALAR ALMASHINUVINING 0 ‘RGANISH USULLARI




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

206


MODDALAR ALMASHINUVINING 0 ‘RGANISH USULLARI
Moddalar almashinuvini o‘rganishda fiziologiya turli usullardan 
foydalanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik hayot jarayonlarini o‘rganishda 
biokimyo usullari keng qo‘llanilmoqda. Rus olimi E.S.London tomonidan 
yaratilgan angiostomiya usuli moddalar almashinuvini o‘rganishdagi ancha 
qulay usullardan biridir. Bu usul yordamida organizmning ancha 
ichkarisida joylashgan qon tomirlaridan qon olib tekshirish mumkin. 
Biror-bir organga oqib kelayotgan va undan oqib ketayotgan qonni olib 
tekshirish yo‘li bilan oqib kelayotgan qondagi biror moddaning o‘sha 
organda qanday o‘zgarishlarga uchraganligi to‘g‘risida fikr yuritish 
mumkin. Organlami ajratib olish usulidan ham moddalar almashinuvini 
o‘rganishda foydalansa bo‘ladi. Jumladan, tekshirilayotgan muayan 
moddani, suyuqlikni izolyatsiya qilingan jigardan oqizib o‘tkazish va 
jigardan oqib chiqayotgan suyuqlikning tarkibini tekshirish yo‘li bilan 
tekshirilayotgan moddaning jigarda qanday o‘zgarishlarga uchraganligi 
to‘g‘risida fikr yuritilsa bo‘ladi. Keyingi paytlarda moddalar almashinuvini 
o‘rganishda radiaktiv izotoplar usuli ayniqsa keng qo‘llanilmoqda. Bu usul 
shundan iboratki, tekshirilayotgan moddalar tarkibiga tegishli radiaktiv 
izotoplar (fosfor, azot, uglerod, temir, yod va boshqalaming radiaktiv 
izotoplari) qo‘shiladi, ya’ni o‘sha moddalar “nishonlanadi”. Radiaktiv 
izotoplar bilan shu tariqa nishonlangan moddalar organizmga yuborilganda 
ularning qanday o ‘zgarishlarga uchrashini o ‘rganish ancha oson. Chunki 
radiaktivlik xossasiga ega bo‘lgan atomlar, organizmning turli organ va 
to‘qimalarida shu moddalaming boshqa atomlari orasidan yengillik bilan 
topiladi. Shuning uchun, ham tekshirilayotgan moddalar radiaktiv 
izotoplar bilan nishonlanib, hayvonga berilganda o‘sha moddalaming 
organizmda qaysi organ va to‘qimalarga borishi, qanday o‘zgarishlarga 
uchrashi, organizmdan qanday holatda chiqarilib yuborilishini o‘rganish 
mumkin. Radiaktiv izotoplami qo‘llash hayot mohiyati to‘g‘risidagi 
materialistik dunyoqarashni kengaytirishga imkon beradi. F.Engels hayotni 
oqsil jismlarining yashash shakli deb ta’riflar ekan, hayotning bu shakli 
oqsilning doimo o‘z-o‘zidan yangilanib turishidan iboratdir, deb aytgan. 
Izotoplar usuli o ‘z-o‘zidan yangilanish jarayonlarining tezligini aniqlashga 
imkon berdi. Ayni vaqtda, masalan, jigarda jami hujayra oqsillarining 
yarmi 3-5 kun davomida parchalanib ketishi, lekin xuddi shuncha oqsil 
yangidan sintezlanib turgani uchun hujayralar kichrayib qolmasligi, 
yo‘qolib ketmasligi ma’lum bo‘ldi. Oqsillargina emas, balki yog‘lar, 
uglevodlar va boshqa murakkab organik birikmalar ham parchalanib turadi
207


va keyin qaytadan sintezlanadi. Organizm skeletining mineral tarkibiy 
qismlari ham o‘z-o‘zidan yangilanib turadi.
Moddalar almashinuvini o‘rganishda muvazonat usulidan ham keng 
qollaniladi, ya’ni qabul qilib olgan oziqa tarkibiy qismi hazm bo‘lib 
ketgach, ajratiladigan qoldiqlaridagi azot miqdorini aniqlash yo‘li bilan.

Download 14,15 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MODDALAR ALMASHINUVINING 0 ‘RGANISH USULLARI

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish