Orgariznrda arrinokislotalarning o'zgarishi.
209
NUKLEOPROTEIDLAR ALMASHINUVI
Nukleoproteidlar hujayralar protoplazmasi va yadrosining tarkibiga
kirib, oqsillar sintezida katta rol o‘ynaydi. Jigar, me’da osti bezi,
qalqonsimon bez va boshqa organlaming hujayralari nukleoproteidlarga
ayniqsa boy.
Organizmda nukleoproteidlaming parchalanishi natijasida oddiy
oqsillar-protaminlar, gistonlar bilan birga nuklein kislotalar ham hosil
bo‘ladi. Nuklein kislotalar fosfat kislota, pentozalar va purin yoki
pirimidin asoslaridan tashkil topadi. Nuklein kislotalar tarkibiga kiruvchi
pentozalar alfa-dezoksiriboza va alfa-ribozadir. Shuning uchun ham
nuklein kislotalaming ikki vakili dezoksiribonuklein kislota (DNK) va
ribonuklein kislota (RNK) lar farqlanadi. DNK va RNK organizm irsiy
belgilarining nasldan-naslga o‘tishida katta ahamiyatga ega. Iste’mol
qilinayotgan ozuqalardagi nuklein kislotalar ovqat hazm qilish yo‘lida
oddiyroq tarkibiy qismlari -nukleotidlargacha parchalanadi. So‘ngra qonga
so'rilib organizmning barcha hujayralariga yetib boradi. U yerda
nukleotidlar hujayra nukleoproteidlarini sintezlanishi va ayrim jarayon
laming aktivlanishi uchun sarflanadi. Nukleoproteidlaming prostetik
guruhlari tarkibiga kiruvchi purin asoslari (adenin, guanin, ksantin,
gipoksantin)ning oksidlanishi oqibatida siydik kislotasi, pirimidin asoslari
parchalanganda esa mochevina hosil bo‘lib, buyrak orqali chiqariladi.
Azot muvozanati. Aminokislotalardan tashkil topgan oqsillar-bular
hayotiy jarayonlarga xos bo‘lgan asosiy birikmalardir. Ana shu sababli
ham oqsillar almashinuvini va uning parchalanish mahsulotlarini hisobga
olish muhim ahamiyatga ega.
Oqsillar tarkibida odatda o‘rtacha 16 % massasini tashkil qiluvchi
azot saqlanadi. Shu sababli, oqsillar tarkibida organizmga tushgan
azotning miqdorini hisoblab va siydik, najas hamda ter tarkibidagi ajralgan
azotning miqdorini hisoblab organizmdagi oqsil yoki azot muvozanatini
aniqlash mumkin.
Ter tarkibida odatda azotning miqdori juda kam, shu sababli ham
terda azotni miqdorini aniqlash uchun tahlil qilinmaydi. Oziqlar bilan
organizmga tushgan azotni, siydik, najas tarkibida ajralgan azotlami 6,25
(16 %) koeffisiyentga ko‘paytiriladi. Shundan so‘ng birinehi yig‘indidan,
ikkinchi yig'indi olib tashlanganidan keyin, natijada organizmga tushgan
va hazmlangan miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Organizmga oziqlar bilan tushgan azotning miqdori siydik va najas
tarkibida ajralgan azotni miqdoriga teng bo‘lsa, ya’ni dezaminlanish
paytida hosil bo‘lgan azotni miqdoriga teng bo‘lsa, bunga azot tengligi
210
yoki muvozanati deyiladi. Odatda azot muvozanati sog‘lom voyaga yetgan
organizmlarga xos bo‘lgan xususiyatdir.
Agarda organizmga tushgan azotning miqdori organizmdan
chiqarilayotgan azotning miqdoridan ko‘p bo‘lsa bu paytda musbat azot
muvozanati kuzatiladi, ya’ni organizmga kirgan azotlar miqdori
parchalangan miqdordan kattadir. Musbat azot muvozanati sog‘lom
o ‘sayotgan yoki kasallikdan turgan organizmga xosdir.
Organizmga ozuqalar bilan tushayotgan azotning miqdori ortganda,
aynan siydik tarkibida ajralayotgan azot miqdori ham ortadi.
Nihoyat organizmga tushayotgan azotning miqdori organizmdan
chiqayotgan azot miqdoridan kam bo‘Isa bu paytda manfiy azot muvo
zanati kuzatiladi, bunda azotning parchalanishi uning sintezlanishidan
yuqori bo‘ladi, ya’ni organizmda oqsillaming parchalanishi kuchli bo‘ladi.
Bu holat oqsilga taqchillik kuzatilganida yoki organ va to‘qimalarda kuchli
oqsil parchalanishini chaqiruvchi kuchli ionlantimvchi nurlanish dozasi
ortganda kuzatiladi.
Oqsil optimumi muammosi. Organizmda faqat uglevodlar bilan
oziqlangan paytda parchalanayotgan oqsillaming о‘mini to‘ldirish uchun
zarur bo‘lgan oziqlar bilan tushayotgan oqsillaming eng kam miqdoriga
yeyilish koeffiyenti deb yuritiladi. Voyaga yetgan sog‘lom odamlarda bu
koeffisiyentning o'lchami bir kecha-kunduzda 30 g ni tashkil etadi.
Yog'lar va"uglevodlar plastik maqsadlar uchun kerak bo‘lgan mini-
mumdan yuqori darajada oqsillaming sarflanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni
ular minimumdan yuqori oqsillaming parchalanishi uchun kerak bo‘lgan
energiyani ajratadi. Mo'tadil oziqlangan paytda uglevodlar to‘liq ochlik
paytidagidan oqsillaming parchalanishini 3-3,5 barobar kamaytiradi.
Tirik vazni 70 kg bo‘lgan voyaga yetgan odamlar aralash oziqalar
iste’mol qilganida uglevodlar va yog‘laming miqdori yetarlicha bo‘lganida
bir kecha-kunduzlik oqsilning normasi 105 g ni tashkil etadi.
Organizmning mo‘tadil hayot faoliyati va o‘sishini to‘lig‘icha
ta’minlydigan oqsil miqdoriga oqsil minimumi deyiladi va bu minimum
odamlar yengil ish bajarganida 100-125 g oqsilga teng bo‘lsa, agar ish
bajarganida - 165 g va juda og‘ir ish bajarganida esa 220-230 g ga teng
bo‘ladi.
Bir kecha-kunduzda iste’mol qilinadigan oqsilning miqdori iste’mol
qilinadigan oziqlar umumiy massasining 17 % ni, energiya bo‘yicha esa 20
% ni tashkil qilishi shart.
211
T o la qiymatli va to‘la qiymatli boimagan oqsillar. Oziqlar bilan
tushayotgan oqsillar odatda ikki: biologik jihatdan to‘la qiymatli va
biologik jihatdan to‘la qiymatli boimagan oqsillarga bo‘linadi.
Hayvonlar organizmi oqsillarining sintezlanishi uchun zarur bo‘lgan
barcha aminokislotalarni saqlovchi oqsillar biologik jihatdan to‘la qiymatli
oqsillar deb ataladi. To‘la qiymatli oqsillar tarkibiga organizmning o‘sishi
va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalar kiradi. Bu aminokislotalardan boshqa aminokislotalar,
gormonlar va boshqa hayotiy zarur moddalar hosil bo‘ladi. Masalan,
fenilalanindan tirozin hosil bo‘lsa, tirozinni o‘zgarishidan - tiroksin va
adrenalin gormonlari, gistidindan esa gistamin hosil bo‘ladi. Metionin esa
qalqonsimon bez garmonlari hosil bo‘lishida ishtirok etadi hamda xolin,
sitsiyen va glyutationlami hosil bo‘lishi uchun zarur komponentdir.
Metionin oksidlanish-tiklanish jarayonlari uchun azot almashinuvi, yog‘-
laming o‘zlashtirilishi, bosh miyaning mo‘tadil faoliyatlari uchun zarurdir.
Lizin qon hosil bolishida ishtirok etadi, organizmning o‘sishini ta’min
etadi. Triptofan ham organizmni o‘sishi uchun zarur bo‘lish bilan birga
serotinin, vitamin PP lami hosil bolishida, to‘qimalar sintezida ishtirok
etadi. Lizin, sistien va valin yurak faoliyatini qo‘zg‘aydi. Oziqalar tarki
bida sistien kam miqdorda bo‘lsa junlaming o'sishi to‘xtab qoladi, qonda
qandning miqdori ortadi.
Hayvonlar organizmida sintezlanishi mumkin boimagan aminokislo
talardan bittaginasi yetishmagan oqsillar biologik to la qiymatsiz oqsillar
deyiladi.
Oqsillaming biologik qiymati ozuqalar tarkibidagi 100 g oqsildan
hosil boiishi mumkin boigan organizmning oqsili bilan oichanadi.
Go‘sht, sut va tuxumlar tarkibidagi hayvonot dunyosi oqsillari
biologik jihatdan to la qimmatli hisoblanadi (70-95 %). 0 ‘simlik dunyosi
oqsillari esa ancha past biologik qimmatga ega, masalan, qora (ij annoy)
non, makka jo ‘xori (60 %) kartoshka, achitqilar (64 %) qimmatga
egadirlar.
Hayvonot dunyosi oqsili-jelatina tarkibida triptofan va tirozinni
saqlamaganligi sababli, to la qimmatsiz oqsil hisoblanadi. Bo‘g ‘doy va
arpada juda kam miqdorda lizin va triptofan saqlanadi.
Ayrim aminokislotalar bir-birini almashtirishi mumkin, masalan
fenilalanin tirozinni almashtira oladi.
Bir necha aminokislotalari yetishmaydigan ikkita to la qimmatsiz
oqsillar birgalikda hayvonlami to la qimmatli oqsillar bilan oziqlanishini
ta’min etadi.
212
Oqsillar sintezlanishida jigarnning roli. Jigarda qon plazmasi
tarkibida saqlanuvchi oqsillar: albuminlar, globulinlar (gamma globulin
mustasno) fibrinogen, nuklein kislotalar va ko‘plab fermentlar jigarda
sintezlanadi, lekin ulaming ayrimlari faqatgina jigarda, masalan
mochevinani hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi fermentlar jigardan boshqa
joyda sintezlanmaydi.
Organizmda sintezlanadigan oqsillar organlar, to‘qi malar va
hujayralar, fermentlar va gormonlar tarkibiga (plastik ahamiyati) kiradi,
lekin organizm tomonidan boshqa bir oqsilli birikma shaklida zahira holda
saqlanmaydi. Shu sababli, faqatgina, plastik ahamiyatga ega bo‘lmagan
oqsillargina fermentlar ishtirokida dezaminlanadi, - ya’ni turli azotli
mahsulotlarga parchalanib energiya ajratadi. Jigar oqsillarining yarim
parchalanish davri o‘rtacha
10
kunga teng.
Turli sharoitlarda oqsilli oziqlanish. Parchalanmagan oqsillaming
organizm tomonidan o‘zlashtirilishi faqatgina ovqat hazmi kanali orqali
bajariladi. Ovqat hazmi kanalidan boshqa qismga kiritilgan oqsillar -
organizmda himoya reaksiyasini chaqiradi.
Parchalangan oqsillaming aminokislotalari va ulaming birikmalari -
polipeptidlar qon orqali organizmning hujayralariga olib boriladi, u yerda
esa hayot davomida fermentlar ta’sirida oqsillaming sintezlanishi
bajariladi. Ovqatlar oqsillari odatda plastik ahamiyatga egadir.
Organizmning o‘sish davrida, ya’ni bolalik va o ‘smirlik yoshlarida -
oqsillaming sintezi ayniqsa yuqori. Qarilik davrida oqsillar sintezi
kamayadi.
0
‘sish davrida organizmdagi oqsillami tashkil qiluvchi
kimiyoviy elementlami organizmda ulaming ushlab qolinishi kuzatiladi.
Har bir to‘qimada, har bir organizmda o‘sha organizmga xos bo‘lgan
boshqa to'qimalar va boshqa organizmlardagidan tubdan farq qiluvchi
oqsillar sintezlanadi.
Aminokislotalar ham yog‘ va uglevodlar singari organizmning
tiklanishi va tuzilishi uchun foydalanmagan qismi parchalanib undan
energiya ajralib chiqadi va o‘z tuzilishini hamda faoliyatini o‘zgartiradi.
Atrofiyaga uchrayotgan, parchalanayotgan organizm hujayralari
oqsillari hisobidan hosil bo‘luvchi aminokislotalari ham o'zgarib o'zidan
energiya ajratib chiqaradi.
Odatiy holatlarda voyaga yetgan odamlaming 1 kg tirik vazniga bir
kecha-kunduzda o‘rtacha
|