Demak, yog‘lar bilan uglevodlar almashinuvi orasida uzviy bog‘liqlik
mavjud.
0 ‘simlik va sigir moylari, baliq y o g i organizm tomonidan 97-98 %
ga o ‘zlashtiriladi, mol va qo‘y yog‘lari 90 % ga o‘zlashtiriladi. 0 ‘simlik
dunyosi yog‘larida to‘yinmagan yog
4
kislotalari saqlanganligi sababli,
ulardan jigarda lipidlar hosil bo‘ladi. Jismoniy ish bajarganda kunlik
ratsion tarkibidagi yog‘lardan 70-75 % hayvonlar yog‘i va 25-30 %
o‘simlik yog lari boiishi zarur. Bir kecha-kunduzlik
ratsion tarkibidagi
yogiar umumiy ovqatning 17 % ni, energiya bo‘yicha 30 % ni tashkil
qilishi kerak, ya’ni voyaga yetgan odamlar uchun yog‘ o‘rtacha
100
g.ni
jismoniy ish bajarganda esa 115-165 g.ni tashkil qilishi kerak. Me’yoridan
ortiq yog‘ iste’mol qilish ovqat hazmi jarayonlarini tormozlaydi hamda ish
qobiliyatini 2-3 martagacha pasaytiradi. Iste’mol qilinayotgan ovqatlar
tarkibida yog'ning miqdori katta bolganida, qon tarkibidagi yog‘ning
miqdori
1
% gacha ko‘tariladi va undan ham yuqori ko‘tarilishi mumkin
(lipemiya) ovqatlar tarkibida yog‘ning me’yoridan ortiq boiishi zararli,
ayniqsa yoshi o‘tgan paytda juda xavfli chunki u hayotni qisqartiradi.
Organizmga ovqatlar tarkibida
ikki xildagi lipoidlar; fosfatidlar va
sterinlar tushadi.
Fosfatidlar - yuqori molekulali spirtlar va yog‘ kislotalari boiib
tarkibida fosfor kislotasini va azotli birikmalami saqlaydi. Bularga
neyronlarda saqlanuvchi va ulardan oqsillar jamlanishini ta’minlovchi
xolin hosil boiadigan - xolin-fosfatid yoki litsetin kiradi.
Xolin sirka kislotasi bilan birikib asetilxolinni, ya’ni asab tizimidagi
qo‘zg.‘alishlami o‘tkazuvchi asosiy mediatomi hosil qiladi. Fosfatidlar,
neytral yogiar, xolesterin va boshqa lipidlar hujayralarning membranalari
va organoidlarida mavjud b o iib ularning tanlab o ‘tkazuvchanlik
xususiyatini ta’minlydi. Organizmda ayniqsa yogiarning so‘rilishi va
sintezida ishtirok etuvchi gliserofosfatidlar ko‘p boiadi. Fosfotidlar odatda
jigarda va ichaklar
devorlarida sintezlanadi, ularning yetishmasligi esa
jigarni yog‘ bosishini va arteriosklerozni keltirib chiqaradi. Fosfatidlar
rafmirlanmagan o‘simlik moylarida (kungaboqar) sariq yog‘, tuxumlarda
ko‘p boiadi. Fosfatidlaming bir kecha-kunduzlik normasi 10 g.ni tashkil
etadi.
Sterinlar - spirtlardir, ular yog‘ kislotalari
bilan birikib murakkab
efirlami hosil qiladi. Ularga bosh miyada va buyrak usti bezlarida juda
katta miqdorda saqlanuvchi xolesterin kiradi. Odamda uning vazniga
nisbatan 0,2 % ga yaqin xolesterin boiadi. Xolesterin organizmda yogiar
va uglevodlami oksidlanishidan hosil boiadi va uning asosiy
216
sintezlanuvchi joyi jigardir (80 % gacha). U asosan hayvonot dxmyosi
oziqalarida ko‘p bo‘lsa, o‘simlik dunyosi oziqalarida yo‘q. Xolesterindan
organizmda o‘t
kislotalari, jinsiy gormonlar va buyrak usti bezining
po‘stloq qismining gormonlari hosil bo‘ladi. Aralash ovqat iste’mol
qilinganida bir kecha-kunduzlik xolesterinning normasi 1,5 g.gacha
bo‘ladi. Vitamin D. ham sterinlar qatoriga kiradi.