SUV, TUZLAR VA PARCHALANISH MAHSULOTLARINING
SO‘RILISH YO‘LI
Suv va tuzlar so‘rilishidan keyin qon tomirlariga tushadi. Agarda
katta miqdorda suv va tuzlar so‘rilsa suvning bir qismi to‘g ‘ridan-to‘g‘ri
limfaga tushadi. Odamlarda katta miqdorda 101 gacha ayrim paytlarda 15-
20 1 gacha suv so‘riladi. Ulaming bir qismi (5-8 1) so‘rilgan hazm
shiralarining tarkibiga kiradi, qolgan qismi iste’mol qilingan ozuqalar
tarkibiga kiradi va ichimlik suvi sifatida qabul qilinadi. Odamlarda
faqatgina 150 ml. suv ichaklardan najas tarkibida chiqariladi. Odamlarda
22-25 minut ichida 1 1 suv so‘riladi. Suvning so‘rilishida osmos muhim rol
o ‘ynaydi.
Osh tuzi eritmasining so‘rilishi uning konsentrasiyasi
1
% gacha
ortganda tezlashadi. Gipotonik eritmalar esa juda yengil so'riladi.
Ichaklarda bosimning
oshishi
osh tuzi eritmasining so‘rilishini
tezlashtiradi, aksincha osh tuzining konsentrasiyasi
1,5% gacha
ko‘tariladigan bo‘lsa so‘rilish to‘xtaydi. Yuqori konsentrasiyaga ega
bo‘lgan tuzlar eritmasi suvning qondan ichaklarga o‘tishini tezlashtiradi va
xuddi bo‘shashtimvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Kalsiy tuzlari juda kam
miqdorda so‘riladi, lekin ular ovqat hazm tizimiga ortiqcha yog‘lar bilan
birga tushganida ulaming so‘rilishi tezlashadi.
Itlaming ichagida qand eritmasining konsentrasiyasi qondagidan
kam, shu sababli aw al suv so‘ngra qand so‘riladi, agarda qand
eritmasining konsentrasiyasi qondagidan ko‘p bo‘lsa, aw al qand so‘ngra
esa suv so‘riladi.
So‘rilgan oqsillar qon tomirlariga to‘shadi va uning katta qismi
aminokislotalaming suvdagi eritmasi holida so‘rilsa, ayrim qismlari
peptonlar va albumozlar shaklida so‘riladi va nihoyat uncha katta
bo‘lmagan qismigina o‘zgarmagan holda so‘riladi. Bunday oqsillarga qon
zardobi, tuxum va sut oqsillari kiradi, chunki ulaming hammasi suvda
eriydigan oqsillardir. Juda kam miqdorda o‘zgarmaydigan oqsillar limfa
tomirlarga tushadi.
Yangi
tug‘ilgan
bolalaming
ichaklarida jiddiy
miqdordagi
o‘zgarmaydigan oqsillar so‘riladi. Bu holat katta miqdorda oqsillar
so‘rilganida organizm uchun zarrarli ham bo‘lishi mumkin.
200
Odamlar hayvonot dunyosi oqsillari bilan oziqlanganida ularning 95-
96% hazmlanishi va so‘rilishi mumkin, o‘simliklar dunyosi oqsillari bilan
oziqlanganida esa yuqoridagi ko‘rsatkich 75-80% ga teng boiadi.
Oqsillar hazmlanish mahsulotlaming so‘rilishi asosan ingichka
ichaklar tizimining boshlangich qismida yuz beradi. Yo‘g ‘on ichaklarda
oqsillaming so‘rilishi juda kam boiadi.
Oqsillardan aminokislotalar, peptonlar va albumozlaming sintez-
lanishi ichaklaming epitelial hujayralaridayoq boshlanadi. Qopqa venasi
(darvoza) qoni tarkibidagi ammokislotalaming miqdori ovqat hazmi
paytida ortadi. Ye.S.London maiumotiga ko‘ra, oqsillar parchalanishi
mahsulotlarining deyarlik yarmi aminokislotalar shaklida so‘rilsa, qolgan
yanni esa polipeptidlar shaklida (bir necha aminokislotalaring birikmasi)
so‘riladi.
Turli aminokislotalar turli tezlikda so‘riladi, lekin oqsillardan bir
muncha tez so'riladi. Azotli ma’sulotlar so‘rilganidan keyinoq ular tezda
oqsillarga sintezlanadi va bu jarayon asosan jigar va muskullarda amalga
oshadi. Uglevodlar so'rilganidan keyin qon tomirlariga tushadi, juda kam
miqdordagina Iimfa tomirlariga tushadi. Ular monosaxaridlar shaklida
ingichka ichaklarda sekin, lekin to iig ic h a so‘riladi. Disaxaridlar juda
sekin so‘riladi.
Uglevodlar orasida juda tez so‘riladiganlari glyukoza va galaktozalar
hisoblanadi, chunki ulami ingichka ichaklarda fosfor kislotasi bilan
birikishi ularning so‘rilishim tezlashtiradi.
Uglevodlar yo‘g‘on ichaklarda ham so‘rilishi mumkin, bu esa
to‘yimli plazmalar yordamida sun’iy oziqlanishda muhim ahamiyatga
ega.Uglevodlaming organik kislotalargacha parchalanishi asosan yo‘g‘on
ichaklarda kechadi.
Buyrak usti bezlarining po‘stloq qismi garmonlari va В guruh
vitaminlari glyukozaning so‘rilishini tezlashtiradi. Monosaxaridlardan
glikogenni sintezlanishi jigar va muskullarda kechadi.
Neytral yogiar so'rilganidan keyin ingichka ichaklamig limfaga
tushadi va faqatgina katta ko‘krak limfa oqimi orqali qon tomirlariga
tushishi mumkin.Doimiy ravishda yogiarga boy ovqatlar bilan
oziqlangandigina uncha ko‘p boimagan miqdordagi yog‘ qon tomirlariga
tushadi. Y ogiar faqat ingichka ichaklarda sovunlangan yog‘ kislotalari va
gliserin shaklida so‘riladi. Lekin yogiarning to iig ic h a gidrolizga
o‘chrashi shart emas va yogiarning kattagina qismi emulisiyalangan
holatlardagina so‘riladi. Yogiarning so‘rilishini o ‘t suyuqligi va me’daosti
bezi shirasi ta’min etadi. Yog‘ kislotalarining so‘rilishi ularning o‘t
201
suyuqliklari bilan birikishi natijasida yuz beradi, ya’ni ulaming
so‘rilishidan keyin qopqa venasi orqali qon bilan jigarga olib kelinadi va
yana ana shu jarayonda ishtirok etadi.
Yog‘lar ichaklaming shilliq pardasi epiteliyasida gliserin va yog‘
kislotalaridan sintezlanadi.
«Radiofaol izotoplar (C14) yordamida yog‘laming so‘rilishini
o‘rganishda aniqlanishicha faqat 30-40% yog‘lar ichaklarda gidrolizlanadi.
Turli yog'lar har xil tezlikda gidrolizlanadi va so‘riladi. Yog‘lar, ya’ni
erish nuqtasi past bo‘lganlari va moylar, dumba va chuchqa salalariga
nisbatan odamlaming ichaklarida faqat 9-15% gacha stearin va spermaset,
sariq шоу va chuchqa yog‘i 98% gacha o‘zlashtiriladi, ya’ni ulaming
lipaza ta’sirida parchalanish va emulsiyalanish darajasiga bogiiqdir.
Yog‘larning jamlanishi asosan teri osti kletchatkasi va yog‘ saqlovchi
joylarda yuz beradi. Normal holatlarda odamlar yog‘ to'qimalarida 10-
20% yog‘ saqlanadi, yog‘ bosganida esa 35-50% gacha ortishi mumkin.
Yo‘g ‘on ichaklar funksiyasi. Yo‘g ‘on ichaklarda juda kam shira
ajraladi, suv so‘riladi va najas shakllanadi.
0
‘simliklar dunyosi oziqlari,
go‘shtli oziqlarga nisbatan ko‘p najas hosil qiladi. Yo‘g‘on ichaklarda juda
katta miqdorda mikroblar (1 g najasda 15 mlrd. gacha) mavjud. Qishloq
xo‘jalik hayvonlarining yo‘g‘on ichaklarida oziq massalari juda uzoq
muddat saqlanadi, masalan, otlaming yo‘g‘on ichagida 72 soat gacha
saqlanadi. Yo‘g ‘on ichaklarda hazm tizimining yuqori qismidan tushuvchi
mikroblar, infuzoriyalar va fermentlar ta’siri ostida 40-50% kletchatka,
40% oqsillar va 25% gacha uglevodlar hazmlanadi. Kavshovchi
hayvonlarning yo‘g‘on ichaklarida 15-20% kletchatka achib-bijiydi va
so‘riladi. Demak mikroblar oziqlami kelgusi parchalanishiga ham zarur
bo‘lar ekan. Lekin bu mikroblar oqsillaming chirishini va ulardan turli
zararli moddalaming hosil bo‘lishiga sabab bo'ladi. I.I.Mechnikovning
ta’kidlashicha bu moddalar organizmning o‘z-o‘zidan zaharlanishini
(autointoksikatsiya) yuz beradi va organizmni qarrishini
sabablardan
asosiysi hisoblanadi.
Jigaming himoya funksiyasi. Jigar faqatgina hazm shirasi-o‘tni
ajratmasdan balki zaharli moddalami zararsizlantirishdek muhim
funksiyaai ham bajaradi.
Ovqat hazm traktidan kelayotgan qonning barchasi jigar orqali
o‘tganligi sababli oqsillar parchalanishining zaharli moddalari va
mikroblaming ichaklardagi faoliyati tufayli hosil bo‘ladigan zaharli
birikmalar so‘rilganidan keyin jigarga tushadi va unda zararsizlantiriladi.
202
Indol, skatol, fenol kabi zaharli moddalar jigarda xlor va glyukuronat
kislotalari bilan birikadi va kam zaharlik xususiyatiga ega bo Igan
kislotani hosil qiladi.
Demak, jigarda himoya xarakteriga ega sintezlanish bajariladi.
Moddalar almashinuvining zaharli mahsulotlaridan organizmni saqlab
qoluvchi aynan mana shu jarayon jigaming himoya funksiyasini ta’min
etadi.
Jigaming katta qismi olib tashlansa yoki qopqa venasi pastki kovak
vena bilan tutashtirilganida (Ekkovchasiga tikish) so‘rilish mahsulotlari
to‘g‘ridan to‘g‘ri katta qon aylanish doirasiga tushadi. Natijada oqsillar
parchalanishi natijasida hosil boigan zaharli mahsulotlar bilan
zaharlanishi tufayli hayvonlar juda tez halok bo‘ladi, bunday holat ayniqsa
go‘sht iste’mol qilinganidan keyin machevinaning hosil bo‘lishi buzilishi
natijasida yuz beradi. 1892 yilda I.Pavlov, N.V.Ekkning (1877) jarrohlik
operasiyasi takomilashtirganidan keyin mashhur biokimyogar M.V.Nens-
kiy bilan xamkorlikda jigarda kechadigan kimyoviy jarayonlami o'rgandi.
So‘rilgan aminokislotalaming 40 %i qon orqali aynan, shu orga
nizmga xos bo‘lgan oqsillami sintezlovchi to‘qimalarga boradi. Qolgan
aminokislotalar esa jigarga boradi va ulardan bir qismi oqsillar
sintezlanishida ishtirok etsa, qolgan qismi esa dezaminlanadi.
Ovqat hazm traktining himoya funktsiyalari. Ovqat hazmi tizimi
organizmning ichki muhiti bilan tashqi muhit orasidagi chegara bo‘lib
xizmat qiladi. Ovqat hazmlash kanaliga tushgan turli tuman oziq
moddalardan ayrimlari tanlanib shilliq pardadagi biologik membrana
orqali ichki muhitga o‘tkaziladi.
Ovqat hazm qilish tizimiga tushib qolgan kasallik chaqimvchi
mikroblar, agarda limfa va qonga so‘riladigan bo‘Isa, ular limfa
tugunlarida ushlanib u yerda zararsizlantiriladi. Limfa tugunlari hazm
tizimining deyarlik barcha qismida joylashgan bo‘lib, ayniqsa og‘iz
bo‘shlig‘ida va ichaklarda katta miqdorda bo‘ladi.
Mikroblar, hazm shiralari, masalan, so iak lizosimi ta’sirida ham
parchalanadi. Me’da shirasi tarkibida sut achituvchi mikroblar bo‘lmasligi
aniqlangan, lekin ular u yerda neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda paydo
bo‘lishadi.
Ovqat hazmi tizimi ajratish funksiyasini ham bajaradi. Ko‘plab yot
moddalar, masalan piyoz va sarimsoq piyozda bo‘ladigan dorivor va hid
taratuvchi moddalar organizmga tushganidan keyin ovqat hazm qilish
bo‘shlig‘iga hazmlovchi bezlar tomonidan ajraladi.
203
Tabiiy sharoitda doimiy ravishda organizmning hujayra, to‘qi-
malarining parchalanishi va tiklanishi yuz beradi. Bunday parchalanish
paytida hosil bo‘luvchi oqsil va uning parchalanish ma’sulotlari qondan
hazm tizimiga chiqariladi, ya’ni ular fermentlar ta’sirida to‘lig‘icha
aminokislotalargacha parchalanadi. Aminokislotalar ovqat hazmi tizimidan
so‘riladi va ulardan tiklanayotgan hujayra, to‘qimalarda oqsillar
sintezlanishi hamda energiya manbai sifatida foydalaniladi.
Ovqat hazmi kanalining davriy faoliyati. Oziq massalari bo‘l-
maganida va shira ajratuvchi bezlar faoliyat ko‘rsatmaganda, me’da va
ingichka ichaklaming qisqarishi hamda me’da osti bezi va ichaklar
shiralarining ajralishi boshlanadi. Bu paytda me’daosti bezi va ichaklar
shirasida ayniqsa katta miqdorda fermentlar va organik moddalar
saqlanadi. Ovqat hazmi tizimining bunday davriy faoliyati 20-30 minut
davom etadi, so‘ngra yana tinchlik holati kuzatiladi. Hayvonlarda so‘lak
va me’da shirasining ajralishining davriy faoliyati kuzatilmaydi.
Odamlarda me’dalaming bo‘sh holda qisqarish davri 20-50 minut,
tinchlik paytida esa 45-90 minut davom etadi. Ko‘pchilik odamlarda
tinchlik davri juda qisqa bo‘ladi.
Davriy sekresiyalar qonni fermentlar bilan boyitadi, ya’ni davriy
sekresiya paytida ajralgan hazm shiralari so‘riladi. Mana shu jarayonlar
davriy faoliyatning fiziologik ahamiyatini ko‘rsatib turibdi.
Bundan tashqari davriy faoliyat davrida muskullaming qisqarishi
natijasida hazm tizimining ozuqalar qoldig‘idan tozalanishi va fermentlar
saqlovchi shiralaming ajralishi amalga oshiriladi. Adashgan nerv tolasi
qirqilganidan keyin me’da shirasining davriy sekresiyasi va muskullaming
doimiy davriy qisqarishi kuzatiladi. Bular esa davriy faoliyatni avtomatizm
deb hisoblashni va markaziy asab tizimining efferent impulslari tomonidan
hazm shiralari ajratuvchi bezlar va muskullar avtomatiyasining tormoz-
lanishini ko‘rsatib turadi.
Defekasiya. Yo‘g‘on ichakning sigmasimon bo‘limidagi reseptor-
laming axlat bilan mexanik qo‘zg‘atilishi tufayli reflektor ravishda
bajariladigan ichaklaming axlat massalaridan tozalanishiga - defekasiya
deyiladi. Odamlaming to‘g‘ri ichagiga axlat massasi tushganidan keyin
qistash seziladi, ya’ni bu ichaklar kengayib cho‘zilganida nerv impulslari
bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘igacha yetib boradi.
Tezak massasi bilan to‘g‘ri ichak shilliq pardasining mexanik va
kimiyoviy qo‘zg‘atilishi va asosan to‘g‘ri ichak ampulasida bosimni
20
mm. Hq. ust gacha ko‘tarilishi tufayli yuzaga keluvchi afferent impulslari
yuz nervi orqali orqa miyaga o‘tkaziladi. To‘g‘ri ichakning tashqi va ichki
204
sfmkterlari, defekasiyagacha tonusda bo‘ladi va to‘g‘ri ichakdan chiqish
teshigini yopadi. Bunda teshikni yopuvchi kuchning 1/3—1/2 qismi tashqi
sfinkter hisobiga to‘g ‘ri keladi. Affent impulslari orqa miyaning bel
bo‘limiga tushganida sfinkterlar reflektor ravishda bo‘shashadi va qorin
bo‘shlig‘i muskullari qisqaradi. Defekasiyaning reflektor markazi orqa
miyaning 3-4 bel segmentlarida joylashgan bo‘lib, ulardan sfinkterlaming
bo‘shashini chaqiruvchi efferent impulslari quyi charvlar tuguni orqali
uyat nervi osti bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Orqa miyaning 3-5 dumg‘aza
segmentlaridan chiqib chanoq nerv bo‘ylab to‘g ‘ri ichakka yo‘naluvchi
efferent impulslari tufayli sfinkterlar yana yopiladi.
Oraliq miyada, ko'rish do‘ngchalarida, orqa miyadagi markazlarga
bo‘ysunuvchi ancha yuqori darajadagi defekasiya markazi joylashgan.
Defekasiyaning oliy markazi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining
oldingi qismida joylashgan (V.M.Bexterev).
Defekasiya ixtiyoriy holda yoki aksincha qo‘rqish tufayli bosh miya
yarim sharlari po‘stlog‘ining oldingi markaziy egatlaridan orqa miyaga
o‘tuvchi efferent impulslarming o ‘tishi tufayli ham ushlab turilishi
mumkin. Defekasiya aktini, ayniqsa bolalarda ruhiy ta’sirlar ko‘rsatish
yo‘li bilan buzish mumkin.
V III BOB. OZIQLANISH, MODDALAR VA ENERGIYA
ALMASHINUVI JARAYONLARI
OZIQLANISH VA MODDALAR ALMASHINUVI
Oziqlanish - hayot davomida organizmning o ‘sish va rivojlanishi,
parchalangan hujayralar va to‘qimalar o ‘miga yangilarining hosil boiishi,
fiziologik funksiyalaming bajarilishida sarflangan energiya o‘mini
to‘ldirishi va moddalar zahirasini yaratish uchun zarur moddalaming
tashqi muhitdan tushib turish jarayonidir.
Oziqlanish jarayonida organizmga hayvonot va o‘simliklar mahsu
lotlari va suv tushib turadi. Bu mahsulotlarda yoki ozuqa ashyolarining
parchalanishi tufayli energiya ajratuvchi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar
bilan bir qatorda organizmda yuz beradigan kimiyoviy jarayonlarni
mo‘’tadil bajarilishi uchun zarur boigan ammo energiya ajratmaydigan
vitaminlar, mineral moddalar va suv saqlanadi.
Moddalar almashinuvi organizmga tashqi muhitdan tushib turadigan
hayot uchun zarur bo‘lgan organik va anorganik moddalardan va ulardan
foydalanish natijasida hosil boigan oraliq va oxirgi mahsulotlami
chiqarilishi kerak bo‘lgan jarayonlardan iboratdir. Organizm tarkibiga
kiruvchi barcha moddalar doimo yangilanib turadi. Ular parchalanish
mahsulotlaridan va organizmga ovqatlar bilan tushadigan moddalardan
sintezlanadi. Moddalar almashinuvi ikki jarayonning: assimilyasiya va
dissimlyasiyaning birligida namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitdan ichki muhitga tushgan barcha moddalar
organizmning о‘zini tarkibiga kiradi. Ular atrofiyaga uchragan hujayralami
tiklanishini, organizmning o‘sishini, garmonlar, fermentlar sintezini
organizmning hayotiy faoliyatida ishtirok etuvchi boshqa organik
moddalar sintezini va gidrolizini ta’min etadi (oziqlaming plastiklik
ahamiyati). Organizmga tushayotgan moddalar parchalanishi natijasida
o ‘zlarida mavjud bo‘lgan potensial energiyani ajratadi va organizmni
hayotiy funksiyalarini ta’min etuvchi boshqa turdagi energiyalarga
aylantiradi (ozuqalaming energiyaviy ahamiyati). Assimlyasiya va
dissimilyasiya jarayonlarida hosil boluvchi zaharli moddalar organizmda
zararsizlantiriladi va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari, undan
ter, siydik va najas tarkibida chiqariladi.
Organizm ichidagi ozuqaviy moddalaming o‘zgarishi oraliq yoki
intermediar moddalar almashinuvini tashkil etib, oqsillar, yogiar va
uglevodlar almashinuvini o‘z ichiga oladi.
|