kamchiligi tufayli kuzatiladigan dastlabki belgilar bir oylardan keyin bilina
boshlaydi. Jumladan, hayvonlaming ko‘payish funksiyalari izdan chiqa
boshlaydi. Bola ona bachadonida so‘rilib ketadi. Erkak hayvonlar
urug‘donlarida spermatozoidlarning hosil bo‘lish jarayoni izdan chiqadi,
kasallik ancha zo‘rayib ketsa, spermatozoidlar mutlaqo hosil boimay
qo‘yishi mumkin. Parrandalarda tuxum qo‘yish kamayadi, tuxum ichidagi
embrion o‘ladi. E-vitamin organizmda oksidlanish-qaytarilish reaksiya-
larida ishtirok etadi. Markaziy asab tizimi jigar, biriktiruvchi
to‘qimalarning faoliyati ham ma’lum darajada E-vitaminga bogiiq.
Hayvonlaming E-vitaminga boigan bir kecha kunduzlik talabi
quyidagicha: (xalqaro birliklar hisobida) buzoqlarda-20-30, sigirlarda-100,
cho‘chqalarda-50-100. Parrandalarning iste’mol qilayotgan 1kg. quruq
oziqasiga 15-30 E-vitamin boiishi kerak.
K-vitamin, antigemorrogik. 0 ‘zining aktivligi bilan bir-biridan farq
qilib ikki xilda uchraydi. Vitamin Ki-filloxinon va vitamin K
2
-famoxinon.
Bu vitamin organizm uchun katta ahamiyatga ega boiib, organizmda qon
ivishiga ta’sir qiladi, ular organizmda yetishmasa qon ivish jarayoni uchun
zarur boigan protrombin oqsilining miqdori kamayadi, ya’ni uning jigarda
sintezlanishi sekinlashadi, bundan tashqari qon ivish jarayonida ishtirok
etadigan boshqa bir qator oqsillar jigarda sintezlanmay qo‘yadi. Oqibatda
qon ivish jarayoni buziladi, teri ustiga qon qo‘yiladi. gemorragiya deb
shunga aytiladi. К vitamin oraliq almashinuvda ham ishtirok etadi va nafas
olish, organizmdagi fosforlanish jarayonlariga ta’sir qiladi.
K-vitamin o‘simliklaming ko‘k qismlarida, meva-poliz ekinlaridan
pomidorda, yungichkada, ismoloqda uchraydi. Sut emizuvchi hayvon-
larning K-vitaminga boigan ehtiyoji ichak florasining faoliyati natijasida
qisman qondiriladi. Chunki ichak tayoqchalari mikroblari ichakda K-
vitaminni sintezlaydi. K-vitamin ichak devori orqali o‘t kislotalari
ishtirokida so‘riladi. Jigar kasalliklari paytida o‘tning ichakka kam
chiqarilishi tufayli K-vitaminning qonga so‘rilishi buziladi. Oqibatda К
avitaminozi yuz beradi. Organizmda К vitamin jigarda ko‘p to‘planadi. К
vitamin bakteriyalar, zamburugiar va turli suv o‘tlarining o‘sishi uchun
ham katta ahamiyatga ega.