Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

-1000
g. gacha ortadi.
219


Uglevodlar 
iste’mol 
qilinayotgan 
oziq-ovqatlarning 
umumiy 
massasini 60 % ni, energiya bo‘yicha esa 56 % ni tashkil qilishi kerak.
Glyukoza qon tarkibida saqlanadi va uning miqdori doimo ma’lum 
(0,1-0,12 %) darajada saqlab turiladi. Ichaklardan so‘rilgan mono- 
saxaridlar to‘qimalarga olib kelinadi va u yerda monosaxaridlardan 
sitoplazma tarkibiga kiruvchi glikogen sintezlanadi. Glikogenning zahira- 
lari asosan jigar va to‘qimalarda saqlanadi.
Tana vazni 70 kg boigan odam gavdasida glikogenning umumiy 
miqdori 375 g.ga yaqin boiadi, uning 245 g.muskul to‘qimalarda 110 g. ( 
to 150 g.gacha) jigarda, qon va tananing boshqa suyuqliklarida 20 g 
saqlanadi. Sport bilan shug‘ullangan odamlar organizmida glikogenning 
miqdori, sport bilan shug‘ullanmagan odamlardagiga nisbatan 40-50 % ga 
ko‘p boiadi.
Uglevodlar - organizmning hayot faoliyati va ish bajarishi uchun 
asosiy energiya manbai hisoblanadi.
Organizmda kislorodsiz sharoitda (anaerob) uglevodlar sut kislo- 
tasiga parchalanadi va energiya ajratadi va bu jarayon glikoliz deb ataladi. 
Kislorod ishtirokida esa (aerob) uglevodlar karbonat angidrid va suvgacha 
parchalanadi va bu sharoitda ancha ko‘p energiya ajraladi. Uglevodlarning 
fosfor kislotasi ishtirokida anaerob parchalanishi muhim biologik 
ahamiyatga ega - fosforlanish jarayoni bajariladi. Glyukozaning fosfor- 
lanishi fermentlar ishtirokida jigarda yuz beradi. Bu yerda glyukozaning 
asosiy manbasi aminokislotalar va yogiar boiishi mumkin. glyukozaning 
dastlabki fosforlanishi natijasida jigarda juda yirik polisaxarid molekulasi 
- glikogen hosil boiadi. Jigardagi glikogenning miqdori organizmning 
oziqlanish xarakteriga va jismoniy ish bajarish faoliyatiga bogiiq. Boshqa 
fermentlar ishtirokida jigarda glikogenning glyukozagacha parchalanishi 
yoki qand hosil boiish jarayoni bajariladi. Ochlik paytlarda va jismoniy 
ish bajarilganda jigarda va skelet muskullarida glikogenning parchalanishi, 
aynan o‘sha joyda, glikogenning sintezlanishi bilan birgalikda kechadi. 
Jigarda hosil boiuvchi glyukoza qonga tushib, u bilan barcha hujayralar 
va to'qimalarga tarqatiladi.
Faqatgina oqsillar va yogiarning uncha katta boimagan qismigina 
desmolitik parchalanish jarayonida energiya ajratadi va nihoyat to‘g‘ridan 
—to‘g‘ri energiya manbai hisoblanadi. Oqsillar va yogiarning katta qismi 
toki to iig ich a parchalangunligiga qadar avval muskullarda uglevodga 
aylanadi. Bundan tashqari, ovqat hazmi kanalidan oqsil va yogiarning 
gidrolizlanish mahsulotlari jigarga tushadi, ya’ni u yerda aminokislotalar 
va yogiar glyukozaga aylanadi. Bu jarayon glyukoneogenez deb ataladi.
220


Jigarda glyukoza hosil bo‘lishining asosiy manbai glikogen hisoblanadi, 
glyukozaning ma’lum qismi glyukoneogenez yo‘li bilan yuzaga keladi, bu 
jarayonda keton tanachalarining hosil bo‘lishi to‘xtatib turiladi. Shunday 
qilib, uglevodlar almashinuvi oqsillar, yog‘lar va suv almashinuviga jiddiy 
ta’sir etadi.
Ishlayotgan muskullar bilan glyukozaning iste’mol qilinishi 5-8 
marta ortadi va jigarda glikogenning hosil bo‘lishi yogiar va oqsillar 
hisobiga bajariladi.
Uglevodlar, oqsillar va yoglardan 
farqli o‘laroq juda tez 
parchalanadi, shu sababli kuchli energiya xarajatlari paytida (jismoniy ish 
bajarganda, og‘riq, hayajon, qo‘rqish, g‘azablanish va h.lc.) ular organizm 
tomonidan juda tez ishlatiladi. Uglevodlaming parchalanishi tana 
haroratining doimiyligini ta’minlydi va muskullaming asosiy energiya 
manbai hisoblanadi. Uglevodlar asab tizimining mutadil faoliyat 
ko‘rsatishi uchun zamr element hisobanadi. Qon tarkibida qand miq- 
dorining kamayishi, tana haroratining pasayishiga muskullaming char­
chashi va holsizlanishiga, asab faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Glyukozaning juda kam qon bilan olib kelinadigan qismi to‘qi- 
malarda energiya ajralib chiqishi uchun ishlatiladi. To‘qimalardagi 
uglevodlar almashinuvining asosiy manbai ilgari glyukozadan sintezlangan 
glikogen hisoblanadi.
Uglevodlaming asosiy iste’molchisi muskullar ish bajargan paytida 
ularda zahira holida saqlanuvchi glikogendan foydalaniladi va faqatgina bu 
zahiralar to lig lc h a sarflanganidan keyin muskullarga qon bilan olib 
kelinuvchi glyukozadan bevosita foydalaniladi. Bu paytda jigardagi 
glikogen zahiralaridan hosil bo‘luvchi glyukozadan foydalaniladi. 
Muskullar ish bajarganidan keyin o‘zining glikogen zahirasini qondagi 
glyukozadan sintezlashni boshlaydi, jigar esa ovqat hazmi kanalidan so‘ril- 
gan monosaxaridlar oqsillar va yog‘lar hisobidan glikogenni sintezlaydi.
Qon tarkibidagi glyukozaning miqdori glikogenni sintezlash hisobiga 
doimo bir xil darajada oradi va uning miqdori qonda katta miqdorda ortib 
ketganida siydik bilan chiqarish (glyukozuriya) hisobiga saqlanib turiladi.
Masalan, oziqlar tarkibida katta miqdorda uglevodlaming boiishi 
tufayli qon tarkibidagi glyukozaning 0,15-0,16 % dan ortishi mumkin va 
bunga giperglikemiya deb ataladi, natijada ortiqcha glyukozaning siydik 
bilan chiqarilishi - glyukozuriya yuz beradi.
Ikkinchi tomondan, hattoki uzoq muddatli ochlikdan keyin ham 
qondagi glyukozaning darajasi kamayib ketmaydi, ya’ni to‘qimalardan
221


ulardagi glikogenni parchalanishi natijasida glyukozaning qonga tushishi 
kuzatiladi.
UGLEVODLAR ALMASHINUVINING BOSHQARILISHI
Nerv tizimining uglevodlar almashinuviga ta’sirini dastlab K.Bemar 
o‘rgangan. K.Bemar uzunchoq miyadagi to‘rtinchi miya qorinchasining 
tubiga igna sanchganida (qand ukoli), qonda qand ko‘payganligi 
(giperglikemiya) holati va siydik bilan qand chiqqanligini (glyukozuriya) 
kuzatgan. Uglevodlar almashinuvining oliy markazlari gipotalamus va 
bosh miya katta yarim sharlarida joylashgan. Gipotalamus ta’sirlanganda 
ham giperglikemiya va glyukozuriya hodisalari kuzatiladi. Uglevodlar 
almashinuvining boshqarilishida simpatik nerv tizimi muhim rolni 
egallaydi. Jumladan, simpatik nerv tizimi qo‘zg‘alganda glikogenning 
parchalanib glyukozaga aylanishi tezlashadi. Gumoral omillardan 
uglevodlar almashinuvida adrenalin va insulin gormoni katta ahamiyatga 
ega. Adrenalin xuddi simpatik nerv tizimi singari ta’sir qiladi, ya’ni 
glikogenni glyukozaga aylantiradi. Insulin esa, glyukozani glikogenga 
aylantiradi. Bulardan tashqari, me’da osti bezining glyukogon gormoni, 
gipofiz, buyrak usti bezining po‘stloq qismi va qalqonsimon bez 
gormonlari ham uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Uglevodlar 
almashinuvining boshqarilishida miya po‘stlog‘ining yetakchi rolni o‘tashi 
to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar bor.
VITAMINLAR VA ULARNING MODDA 
ADMASHINUVIDAGIROLI
Vitaminlar yoki odamlar va hayvonlar oziqlanishi uchun zarur 
bo‘lgan organik birikmalar gumhidir. Hozirda 50-dan ortiq vitaminlar 
mavjudligi aniqlangan.
Ma’lumki, moddalar almashinuvining boshqarilishi uchun, juda kam 
miqdordagi vitaminlar talab etiladi, lekin ular hyech qanday energetik 
ahamiyatga ega emas. Ulaming ham organizmdagi roli xuddi fermentlar va 
garmonlardagidek, bunday deyilishga asosiy sabab juda ko‘plab vitaminlar 
fermentlar tarkibiga kiradi.
Vitaminlarsiz hayOtning bo'lishi mumkin emas, shu sababli ulaming 
tinimsiz ravishda organizmga tushib turishi zarur va ular u yerda juda tez 
parchalanadi.
Vitaminlaming asosiy manbai - eng awal о o'simliklar dunyosi 
ozuqalari hisoblanadi, lekin ular baliqlar va go‘shtli mahsulotlarda, sut, 
tuxumlarda ham mavjuddir.
222


Iste’mol qilinayotgan ovqatlar tarkibida vitaminlar boimaganida 
organizmda funksiyalaming buzilishi va kasalliklar yuzaga keladi va ular 
avitaminozlar deb ataladi. Singa, raxit, juda ko‘plab asablaming yallig‘- 
lanishi, qon quyilishi, o ‘sishning to‘xtashi va hakazolar avitaminozlar 
tufayli yuzaga keladi.
Oziqlar tarkibidagi vitaminlar yetarlicha bo‘lmaganida yoki ularning 
miqdori mutadil holda boiganida ham organizmning vitaminga bo‘lgan 
talabi ortganida gipovitaminoz yuzaga keladi, bunday hollarda organizm­
ning ish qobiliyati pasayib ketadi va kasalliklarga chalinishga moyil bo‘lib 
qoladi.
Ayrim vitaminlar noqulay omillar ta’sirida juda tez parchalanib 
ketadi, shu sababli, organizm ularga taqchillik sezishi mumkin va bunday 
holatlami vitaminlarga boy ovqatlar saqlanish va tayyorlanish paytlarda 
vitaminlari parchalanib ketgan hollarda ham kuzatish mumkin.
Vitaminlar ikki guruhga boiinadi; a) suvda eruvchi; B b B2, B3, B4, 
B5, B6, В 
12
, B15, H, inozit, folat kislotasi, pantoten kislotasi, PP, С, P va b) 
yog‘da eruvchi; A, D, E, K.
YOG‘DA ERUVCHI VITAMINLAR
Vitamin A (retinol, akseroftal, antikseroftalmik vitamini) o'sish, 
rivojlanish, antiinfektsion, teri, ko‘z, jinsiy faoliyat vitamini va hokazo. Bu 
vitamin kimyoviy tuzilish jihatidan to‘yinmagan, bir atomli, siklik spirt 
bo‘lib, kislorod ishtirokida ancha tez parchalanib ketadi. Hayvon 
organizmida vitamin A o‘simliklarda bo‘ladigan pigment modda- 
karotindan hosil boiadi. Demak, karotin A vitaminning provitaminidir, 
tabiatda juda ko‘p turli xil karotinoidlar uchraydi. Karotinning ko‘pincha 
uch xil ko‘rinishi mavjud alfa, beta, gamma.Odam va hayvonlar ichagi 
devorining shilliq pardasida, jigarida, sut bezida karotindan karotinaza 
fermentining ta’sirida A vitaminga aylantiriladi. A vitaminning krip- 
toksantin degan yana bir pro vitamini aniqlangan, bu ham o‘simliklarda 
boiadi.
Turli hayvonlar organizmining karotinga boigan sutkalik ehtiyoji, 
lkg. tirik vazniga nisbatan mg. hisobida: otlar 15-20, bug‘oz sigirlar 30- 
40, sogin sigirlar 20-30, nasldor buqalar 40-50, olti oygacha boigan 
buzoqlar 20-30, cho‘chqa bolalari 25-30, bug‘oz cho'chqalar 20-30, 
bolasini emizadigan ona cho‘chqalar 30-35, onasidan endi ajratilgan 
nasldor erkak cho‘chqalar 30-35, qo'ylar 20-30, bir yoshgacha boigan 
qo‘zilar 20-25 kg tashkil etadi. Hayvonlar bahor paytida yoki umuman 
ko‘k o ‘tloqlarda haydab boqilganda organizmi karotin bilan to ia
223


ta’minlanadi. Karotin jigarda zahira holda yig‘ilib, karotin yetishmagan 
paytda organizmni uch-to‘rt oy davomida ta’minlab turishi mumkin. 
Karotinning hayvonlar organizmida yetishmasligi odatda qishning 
oxirlariga kelib kuzatiladi. Ammo sigirlar silosli oziqalar bilan yaxshi 
ta’minlab turilsa, organizmda karotin kamchiligi umuman kuzatilmaydi. 
Chunki oziqalar to‘g‘ri yaxshi siloslanganda tarkibidagi karotin 
parchalanib ketmaydi, buzilmaydi. Vitamin A ning yetishmasligi 
kasallikka olib boradi va avitaminoz deb shunga aytiladi. Bu vaqtda 
organizmda umuman avitaminozlar uchun xos bo‘lgan o‘zgarishlar; uning 
o'sishdan qolishi, rivojlanishining susayishi, turli infeksion kasalliklarga 
chidamsizlik kabi belgilar (simptomlar) paydo bo'lishi bilan birgalikda 
avitaminoz A uchun xos bo‘lgan xususiy belgilar, jumladan, ko‘z muguz 
pardasining qurib qolishi, ya’ni kseroftalmiya, so‘ngra uning yumshab 
nekrotik yemirilishi-keratomalyatsiya kuzatiladi. Kasallik yana kuchaysa, 
zo‘raysa, ko‘z ko‘r bo‘lib qoladi. Teri va shilliq pardalarda ham 
o'zgarishlar kuzatiladi, namligi yo‘qolib ular orqali organizmga 
mikroblaming kirishi yengillashadi. Avitaminoz A ning dastlabki 
belgilaridan biri ko‘zning turli darajada yorug‘likka moslashish 
qobiliyatining yo‘qolishidir. A vitamin ko'zning ko‘rish uchun zarur 
bo‘lgan modda ko‘z purpurining tarkibiga kiradi. Rodopsin deb atalgan bu 
pigment A vitaminning aldegid shaklining opsin nomli oqsil bilan bergan 
kompleksi bo'lib, ko‘z to‘r pardasining yorug‘lik retseptorlaridan 
(fotoretseptorlardan) biri tayoqchalarda joylashgan. A vitamin yetishma- 
ganda to‘r pardada rodopsin miqdori kamayadi, oqibatda g‘ira-shira 
yorag‘likda ko‘z ko‘rolmaydi-shapko‘rlik (gemerolopiya) paydo bo‘ladi. 
Bundan tashqari, avitaminoz paytida urg‘ochi hayvonlarda bola tashlash, 
erkak hayvonlarda jinsiy moyillikning pasayishi kabi hollar ham 
kuzatiladi. Cho4chqalarda avitaminozning belgilari A vitaminning 
yetishmagan vaqtidan boshlanib, 

Download 14,15 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish