IX BOB. AYIRUV (CHIQARUV) TIZIMI FIZIOLOGIYASI




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

IX BOB. AYIRUV (CHIQARUV) TIZIMI FIZIOLOGIYASI
Ayiruv (chiqaruv) organlarining ahamiyati: ayiruv (chiqaruv) 
organlariga buyraklar, ter bezlari, o‘pka va ovqat hazm tizimi kiradi. 
Organizmda kechayotgan moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari 
ana shu organlar orqali tashqariga ajratiladi. Shuning natijasida organizm 
keraksiz va to'rli zararli moddalardan xalos bo‘ladi. Modomiki, moddalar 
almashinuvi uzluksiz kechar ekan, chiqindi moddalarning hosil bo‘lishi 
ham uzluksizdir. Bu esa ulaming doimo tashqariga chiqarib turish 
zarurligini taqazo eadi.
0 ‘pka orqali suv, karbonat angidrid va ba’zi uchuvchi moddalar, 
ichaklar orqali esa og‘ir metall tuzlari, turli chiqindi moddalar, o‘t 
pigmentlarining o ‘zgarishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar chiqariladi.
Ortiqcha suv va tuzlaming bir qismi, oqsil almashinuvi mahsulot- 
larining kamgina qismi ter bezlari orqali ajratiladi. Ammo, asosiy chiqaruv 
organi boiib buyraklar hisoblanadi. Chunki organizmda hosil boiayotgan 
chiqindi moddalaming asosiy qismi ular orqali ajratiladi. Jumladan, suv 
oqsil almashinuvidan hosil boigan mahsulotlar -mochevina, siydik kislota, 
kreatinin, mineral moddalar va boshqa chiqindi moddalaming asosiy qismi 
buyraklar orqali siydik bilan birga chiqariladi.
Ayiruv organlari organizm uchun benihoya katta ahamiyatga ega. 
Ulaming faoliyati tufayli organizm zaharli moddalardan tozalanadi. 
Organizm ichki muhitining nisbatan doimiyligini saqlab turishda ham 
chiqaruv organlari katta rol o ‘ynaydi.
Jumladan, qon, limfa, to‘qima suyuqliklarining ion tarkibi, osmotik 
bosimining turg‘unligini ta’minlashda ayiruv organlarining roli katta.
Ayiruv organlari, jumladan siydik chiqarish tizimi hayvonot 
olamining evolyutsion taraqqiyotida talaygina o‘zgarishlarga uchrab, 
taraqqiy qilgan va mukammallashib borgan. Bir hujayrali organizmlarda 
dastlabki chiqaruv organi-vakuola mavjud. Ko‘pchilik umurtqasiz ko‘p 
hujayrali hayvonlarda chiqaruv organi vazifasini shoxlangan ingichka 
naychalar-nefriyadalar bajaradi.
Bu naychalaming uchlarida maxsus hujayralar bor. Chiqindi 
moddalar ana shu hujayralarda ushlanib qoladi va naychalar orqali 
chiqarib yuboriladi. Qo‘yi darajada taraqqiy etgan umurtqali hayvonlarda 
chiqaruv organi vazifasini birlamchi buyrak, ya’ni bir uchi kengayib ichiga 
tomirlar chigali joylashgan, ikkinchi uchi tana yuzasiga chiqqan burama 
kanalchalarga o‘tadi. Birlamchi buyrak amfibiya va reptiliyalarda bir 
muncha mukammallashib, issiq qonli hayvonlarda yuksak darajada
262


takomillashgan siydik ayirishga nihoyatda mukammal moslashgan orga 
buyrak vujudga keladi.
Siydik ajralishini o‘rganish usullari. Buyrakdan siydik ajralishi 
o‘rganish maqsadida, 1883 yili I.P.Pavlov qovuq(siydik pufagi)ning ich 
siydik yo‘llari qo‘yiladigan joyini kesib olib tashqariga, qorin terisinir 
yuzasiga chiqarib tikish usuliga asos soldi. Bu usulni keyinchalik Orbe 
bir oz o‘zgartirib mukammallashtradi. U tovuqning har ikkala siydi 
yoiiari qo‘yiladigan qismini alohida-alohida, tashqariga chiqarib tikd 
Oqibatda har ikkala buyrakdan siydik ajralishini alohida-alohida o‘rganis 
imkoni tug‘ildi.
BUYRAKNING TUZILISHI HAQIDA QISQACHA МАЧД МОТ
Odam va hayvonlar buyragi juft organlar bo‘lib, organizmning be 
qismida joylashgan. Har qaysi buyrak ikki qavat-po‘stloq qavati va mag‘ii 
qavatlardan tashkil topgan.
Po4stloq qavatini nefronlar tashkil qiladi. Nefronlar dastlab, 1872- 
yilda Shumlyanskiy tomonidan tasvirlab berilgan. Ular buyrakning 
morfofunksional birligidir,chunki siydik hosil bo‘lishining barcha 
jarayonlari nefronlarda bo‘lib o‘tadi. Alohida chiqqan har bir nefron qo‘sh 
devorli kichik kapsuladan boshlanadi, uning ichida kapillyarlar chigali bor 
va shun Mal’pigi koptokchasi deb ataladi. Qo‘sh devorli kapsula 
(Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi) devorlari orasidagi bo‘shliqdan 
kanalcha boshlanadi.

Download 14,15 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IX BOB. AYIRUV (CHIQARUV) TIZIMI FIZIOLOGIYASI

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish