Moddalar
Miqdori (gramra hisobida)
90 litr
plazmada
Birlamchi
siydik
tarkibida
Qayta
so ‘rilgan
moddalar
miqdori
1 litr oxirgi
siydikdagi
miqdori
Suv
83 L.
83L.
82L.
1L.
Kolloidlar(oqsi]lar)
6750
-
-
-
Glyukoza
90
90
90
.
Natriy
270
270
266,5
3,5
Xloridlar
333
333
327
6,0
Mochevina
27
27
7
20,0
Siydik kislota
3,6
3,6
3,1
0,5
Kaliy
18
18
16,5
1,5
Fosfatlar
8,1
8,1
6,6
1,5
Sulfatlar
1,8
1,8
-
1,8
Basharti, ba’zi-bir fiziologik shart-sharoitlarga ko‘ra, birlamchi
siydikda kichik dispersli ozgina oqsil o‘tgan taqdirda ham, ular kanalchalar
devori orqali yana batamom so‘rilib ketadi, reabsorbsiyalanadi.
Shuningdek, natriy, kaliy, kalsiy, xlor va boshqa bir qator ionlar ham
kanalchalar devoridan sezilarli darajada qayta so‘riladi. Birlamchi
siydikdan turli moddalaming qay miqdorda reabsorbsiyalanishini quyidagi
jadvaldan ko‘rsa boiadi (20-jadval).
266
Kanalchalar orqali moddalaming tanlab so‘rilishi jadvaldan ko‘rinib
turibdi.
Moddalar reabsorbsiyalanishiga qarab pog‘onali va pog‘onasiz
moddalarga
boiinadi.
Plazmadagi konsentratsiyasi
qay darajada
bo‘lishidan qat’iy nazar, reabsorbsiyalanmaydigan,ya’ni benihoya kam
miqdorda reabsorbsiyalanib, oxirgi siydik bilan chiqib ketadigan
moddalarga pog‘onasiz moddalar deyiladi. Bu moddalar qatoriga
mochevina, kreatinin, sulfatlar kiradi. Ular ajralayotgan siydik miqdoriga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
ч
35-rasm. Normal siydik tarkibida bo‘ladigan tuzlaming kristallari.
1-kalsiy fosfat, 2-ammoniy urat, 3-kalsiy karbonat, 4-siydik
kislotasi (urat kislota), 5-kalsiy oksalat.
Odatda, to ia reabsorbsiyalanishi tufayli ajralayotgan siydik tarkibida
uchramaydigan, ya’ni juda kam miqdorda uchraydigan moddalar pog‘onali
moddalar deyiladi. Bular qatoriga glyukoza, aminokislotalar, turii ionlar
kiradi. Pog‘onali moddalaming ajralib chiqish pog‘onasi deb, bu
moddalaming qondagi shunday konsentratsiyasiga aytiladiki, bunda ular
kanalchalarda to‘la reabsorbsiyalana olmaydi, shunga ko‘ra oxirgi siydik
bilan chiqib ketadi. Binobarin, pog‘onali moddalaming siydik bilan
chiqarilishi uchun ulaming qondagi konsentratsiyasi odatdagidan sezilarli
darajada oshiq boiib, ajralib chiqish pog‘onasiga yotm ogi lozim.
Masalan, glyukozaning miqdori qonda ba’zi-bir fiziologik yoki patologik
holatlarda odatdagisidan oshib ketadi. Oqibatda uning ma’lum qismi
siydik bilan chiqariladi. Pog‘onali moddalar boigan mineral moddalar
ionlarining miqdori oshib ketsa, osmotik bosimni oshish xavfl tugilsa, bu
moddalaming m aium qismi siydik bilan chiqariladi. Shu bilan qonning
2
267
osmotik bosimi bir xilda turaveradi. Reabsorbsiyaning mexanizmi bir
qator tajribalarda o‘rganilgan. Jumladan, natriy, kaliy, kalsiy ionlari,
glyukoza va aminokislotalar kanalchalar epiteliysining faol faoliyati
tufayli qayta so‘riladi. Bu moddalaming faol so'rilishi oqibatida to‘qima,
oraliq suyuqligining osmotik bosimi bir muncha oshib, suvning passiv
ravishda ko‘p miqdorda so‘rilishiga sabab bo Mad i. Xlor va boshqa anionlar
manfiy zaryadli bo‘lganligi sababli musbat zaryadli natriy ionlari bilan
birga so‘riladi.
Tekshirishlarda, Genii qovuzlog‘ining pastga tushuvchi qismidan
suvning, yuqoriga ko‘tariluvchi qismidan natriy ionlarining so‘rilishi
isbotlangan. Qayta so‘rilish ikkinchi tartibli burama kanalchalarda ham
davom etadi. Ammo bu yerda ionlaming faol so‘rilishi ularning qondagi
konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni bu yerdan oqib o‘tayotgan siydik
tarkibida kaliy va natriyning miqdori, ularning qondagi miqdoridan kam
bo‘lsa shundagina bular so‘riladi, teng bo‘lgan holda esa so‘ril-
maydi.Kanalchalarda reabsorbtsiya oqibatida qolgan siydik yog'uvchi va
umumiy kanalchalar orqali oxirgi, ya’ni haqiqiy siydik holida buyrak
jomiga quyiladi. Bir qator usullar yordamida qancha birlamchi siydikdan
qancha oxirgi siydik hosil bo‘lishini aniqlash mumkin. Eng keng tarqalgan
usullardan biri ajralayotgan siydik va plazma tarkibidagi sulfatlar
konsentratsiyasini aniqlab, shunga qarab hisoblashdir. Gap shundaki,
sulfatlar kanalchalardan mutlaqo qayta so‘rilmaydigan o‘ta pog‘onasiz
moddalardir,ha’ni ularning qondagi konsentratsiyasi birlamchi siydik
konsentratsiyasiga teng bo‘ladi. Qayta so‘rilmaganligi sababli birlamchi
siydikka o‘tgan sulfatlarning hammasi oxirgi siydik bilan chiqariladi. Shu
sababli qon va oxirgi siydikdagi sulfatlar konsentratsiyasini aniqlash yo‘li
bilan qancha birlamchi siydikdan qancha oxirgi siydik hosil bo‘lganini
aniqlash mumkin. Masalan, plazmada, binobarin, birlamchi siydikda
sulfatlar 0,002% ga, oxirgi siydikda esa ularning miqdori 0,18%ga teng.
Demak, 0,18 : 0,002=90. Demak, oxirgi siydikda sulfatlar birlamchi
siydikdagiga qaraganda 90 marta ko‘p boiadi. Sulfatlarning mutlaqo qayta
so‘rilmaganini nazarda tutsak,
1L siydik hosil boiishi uchun
kanalchalardan 90L birlamchi siydik oqib olishi, uning 89L qayta
so‘rilishi kerak degan xulosa kelib chiqadi. Hayvonning bir sutkada
qancha siydik chiqarishini bilib olib, buyraklaming qancha birlamchi
siydik filtrlagani, uning qanchasi reabsorbtsiyalangani to‘g‘risida fikr
yuritsa boiadi.
Filtratsiya va reabsorbtsiya jarayonlaridan tashqari buyrakda ba’zi
moddalaming sintezlanish jarayonlari ham sodir boiib turadi. Masalan,
268
siydikda uchraydigan gippur kislota buyrakda, kanalchalar epiteliysida
sintezlanadi. Gippur kislota benzoat kislota bilan glikokol degan
aminokislotadan sintezlanadi. Bundan tashqari, buyrakda aminokislota-
larning dezaminlanishi tufayli hosil bo‘lgan NH
2
guruhidan ammiak
sintezlanadi. Buyrakda fosfataza va boshqa fermentlar ishtirokida bir oz
miqdorda fosfatlar va sulfatlar ham hosil boiib turadi.
|