tashqari plazmaning barcha organik va anorganik moddalari bo‘lishi,
boiganida ham plazmadagiga teng miqdorda bo‘lishi isbotlangan. Ikkinchi
faza -reabsorbtsiya (qayta so‘rilish) fazasi birlamchi siydik kanalchalar
bo‘ylab oqib borar ekan, reabsorbtsiyaga uchraydi, ya’ni qayta so‘riladi.
Oqibatda tarkibidagi ko‘pchilik moddalar qonga qayta so‘rilib, oxirida
ozgina “quyuqlashgan” oxirgi, haqiqiy siydik hosil bo‘ladi. Turli
hayvonlarda kanalchalaming umumiy yuzasi 3,5m2 dan to 40m2 gacha,
uzunligi 100 km. dan ham ortiq boiadi. Keyingi
tekshirishlarga
qaraganda, kanalchalaming ichki yuzasida mikrosurgichlar bor. Bular
hisobiga kanalchalar yuzasi bir necha marta kengayadi. Mana shulaming
hammasi reabsorbsiyaning nihoyatda katta yuzada sodir boiishidan
dalolat beradi. Reabsorbsiya tufayli birlamchi siydik tarkibidagi
aminokislotalar, glyukoza batamom qayta so‘riladi. Odatda birlamchi
siydikda oqsillar boimasligini aytib o‘tgan edik.
20-Jadval.
Qon plazmasi va siydikning tarkibi____________