chaqiradi, bu esa organizmning oriqlab ketishiga olib keladi. Uglevodlar
almashinuvinig tezlashishuvi zahira holidagi glikogenni glyukozaga
aylanishini tezlashishi hisobiga yuz beradi.
Oqsillar va yog‘lar parchalanishining
oshishi organizmda katta
miqdorda moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlarining yig‘ilib
qolishiga olib keladi. Isitma yoki bezgak holati issiqlik ajratilishi
kamayganida yuzaga keladi. Bu paytda fiziologik funksiyalar buziladi.
Yurak urishi tezlashadi, bu esa qon bosimining ko‘tarilishiga
olib keladi,
harorat 39°C bo‘lishiga qaramasdan qon tomirlari kengayishi hisobiga
ularning hajmi oxirigacha kengayadi. Nafas olish tezlashadi va h.k. Qayd
qilingan fiziologik funksiyalaming buzilishi hamda ruhan buzilishlar
(gallyutsinasiya, alohsirash) asab tizimi funksiyalarining
buzilishi bilan
ta’min etiladi. Harorat 40-41°C ga ko‘tarilganida alahsirash boshlanadi,
harorat 43°C ga yetganda esa o‘lim yuz beradi. Sanoqli hollardagina 45°C
haroratda odamlar o‘lganlar.
Tana sovuqdan qotgan paytda ham fiziologik jarayonlar buziladi.
Uzoq muddatga sovuqda qolish natijasida sovuq sezilib qaltiroq
boshlanganidan keyin biroz issiqlik sezilgandek
boiadi va teriga qon
oqimi kelishi tufayli apotiya seziladi va miya funksiyasi buziladi.
Organizm to iig ic h a sovqotganda uning hayot faoliyati pasayadi, ya’ni
organizmda moddalar almashinuvi sekinlashadi va to‘qimalaming
kislorodga boigan talabi pasayadi. Shu sababli to‘qimalar qondagi
kislorod taqchiligini yengil o‘tkazadi. Masalan,
odamning bosh miyasi
odatiy haroratda
qon kelmagan vaqtda ham 5-6 daqiqa davomida
hayotiyligini
saqlab qoladi, tana haroratini 36-39°C gacha sovutilganida
bosh miya, qonning yetishmasligida 15-20 daqiqa davomida chiday oladi.
Odatda, odamlarning tana harorati 31-33 С dan pasayishi oiim ga
olib keladi, asab tizimi funksiyalarini
dorivor moddalar bilan
o‘zgartirilganida esa -24°C da pasayganida oiim yuz berdi. Faqatgina
sanoqli hollardagina tana haroratini 22,5°C gacha pasayganida ham asab
tizimi o‘z faoliyatini saqlab qolgan.