harorati yuqori boiganida «issiq qonli» hayvonlar tana haroratidan ham
yuqori boiib ketadi.
Poykilotermli hayvonlarda termoregulyatsiya yo‘q yoki u deyarli
rivojlanmagan, lekin ularda tana harorati hyech vaqtda tashqi muhit
haroratiga teng boimaydi hamda ular organizmida moddalar almashinuvi
natijasida issiqlik hosil boiadi. Shu sababli, tashqi muhit harorati past
boiganida ulaming tana harorati birmuncha yuqori boisa, aksincha tashqi
muhit harorati yuqori boiganida ulaming tanasining harorati ko‘tariladi.
Poykilotermli hayvonlar issiqlik hosil qilish va sarf qilishi bo‘yicha
o iik tabiat bilan gamoyotermli hayvonlar o‘rtasida oraliq o‘rinda turadi.
Turli gamoyotermli hayvonlarda tana harorati har xil: parrandalarda 42°C
ga yaqin, sut emizuvchilarda esa o‘rtacha 39°C ga yaqin.
Tana harorati hosil boiayotgan issiqlik bilan ajratilib chiqarilayotgan
issiqlikni nisbatiga bogiiq.
Tana haroratining bir kecha-kunduzlik o‘zgarish yoii. Tana
haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi deb qoitiq tagi chuqurligidagi harorat
olinadi. Bu harorat odamlarda o‘rtacha 36.5-37 С ga teng. Hayvonlarda
esa mo‘tadil harorat to‘g‘ri ichakdan oichanadi.
Jadal almashinuv kechayotgan ichki organlaming harorati doimo
o‘rtacha tana harortidan yuqori, terming harorati esa past boiadi.
Terming harorati 30-31°S dan pastga tushsa sovuq seziladi. Hattoki
sogiom odamlarda ham jadal ravishda jismoniy ish bajarganida ayrim
vaqtda tana harorati 39-40 S gacha ko‘tarilishi kuzatiladi, bu holat esa juda
tez o‘z holatiga qaytadi.
Haroratning bir kecha-kunduzlik o‘zgarishi organizmdagi asosiy
jarayonlarni o‘zida aks ettiradi - puls, kislorod qabul qilish, qondagi
qandning miqdori, organizmdan azotni chiqarilishi va hakazolar. Odam
dam olayotgan paytda ularda minimal harorat kechasi soat 2-4 larda
kuzatilsa, maksimal harorat kechqurun 4-7 larda kuzatiladi.