OZUQALAR TARKIBIDAGI OQSILLAR, UGLEVODLAR,
YOG‘LAR VA DORMON DORILAR
Odatda doimiy ravishda keng koiam da iste’mol qilinadigan
ovqatlarga quyidagi ozuqa mahsulotlari guruhlari kiradi: 1. Sut va sutli
mahsulotlar: plastik moddalar uchun foydalaniladigan yengil o‘zlash-
tiriluvchi oqsillar saqlaganligi, ko‘plab yogiar va mineral moddalar
253
(ayniqsa pishloq) va ayrim hollarda katta miqdorda vitaminlar saqlaganligi
sababli, yuqori fiziologik qiymatga ega. 2. Tuxum, go‘sht, baliq:
organizmni hayoti va o‘sishi uchun zarur bo‘lgan yuqori qiymatli
oqsillarni saqlaydi, ayniqsa tuxum sarig‘i va jigar ko‘plab katta
miqdordagi vitaminlarni va mineral tuzlami saqlaydi. 3. Donli
mahsulotlar; bu mahsulotlar faqatgina sut yoki go‘sht va tuxum bilan
aralashtirilgandagina yetarli miqdordagi to‘la qiymatli oqsillar bilan
ta’minlydi, ko‘p miqdorda uglevodlar va mineral tuzlarni saqlaydi. 4.
Sabzavotlar, mevalar, yong‘oqlar: qimmatli mineral moddalarni saqlaydi,
vitaminlarga boy, muhim ta’m beruvchi ahamiyatga ega, ulardan ayrimlari
esa (yong‘oqlar) ko‘plab oqsil saqlaydi; bu borada varaqli sabzavotlar juda
qimmatli (salat shpinat, ko‘k piyoz va boshq.) hisoblanadi. 5. Yog‘lar va
moylar: asosiy energiya manbai hisoblanadi; vitaminlarni saqlaydi va
elastik hamda energetik ahamiyatga ega.
6
. Qand va shirinliklar.
Oziq-ovqatlar turli-tumanligining ahamiyati. Ratsional oziqlanish-
ning muhim vazifasi — insonlarning yoshi, yashash sharoiti, ish faoliyati va
boshqalarni hisobga olgan holda oqsillar, yogiar va uglevodlar, mineral
tuzlar va vitaminlar orasidagi, nisbatni to‘g‘ri va aniq ta’minlashdan
iboratdir.
Ayniqsa, to‘la qiymatli to‘yimli moddalarni va vitaminlarni saqlovchi
sut, sariq moy, go‘sht, yangi tutilgan baliq, sabzavotlar, mevalar, tuxum va
jigar yuqori fiziologik qiymatga ega.
To‘g‘ri oziqlanish uchun qand va donli mahsulotlami iste’mol
qilishni kamaytirish hisobiga, vitaminlar va mineral tuzlarni saqlovchi sut,
sabzavot va mevalarni iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. Ovqat hazmi
jarayonlari to‘g‘ri kechishi va hazmlangan oziq moddalarni organizm
tomonidan o‘zlashtirilishini mo‘tadillashtirishda oziqlanish tartibi ham
muhim ahamiyatga ega. Ovqat moddalar hazm tizimiga normadan ortiq
tushmagan paytidagina yaxshi hazmlanadi va hazm tizimidan so‘riladi. Bir
kecha-kunduzda 4 marta kam-kamdan oziqlanish tavsiya etiladi.
To‘g‘ri ovqatlanish tartibigina salomatlikni ish bajarish qobiliyatini
saqlash
va
organizmni
infeksion
va
professional
kasalliklarga
chidamliligini ta’minlydi.
Suv va suyuqliklar ichish tartibiga rioya qilish ham muhim
ahamiyatga ega. Og‘iz qurigan paytlarda katta miqdorda suyuqlik iste’mol
qilish tavsiya qilinmaydi, balki ogizni faqatgina namlash kifoya, chunki
katta miqdordagi suv yurak va ayiruv organlari faoliyatini ogirlashtiradi,
qon bosimini oshiradi, mineral tuzlami yuvib ketadi va oqsillar
parchalanish mahsulotlarini yo‘qotilishiga olib keladi.
254
Ochlik va chanqoqlikni sezish hamda ulaming biologik ahamiyati.
Oziq-ovqat va suvdan mahrum qilish natijasida insonlarda ochlik va
chanqoqlik seziladi.
Ochlik va chanqoqlikning biologik ahamiyati shundan iboratki, ular
yegulik va ichimlik topish uchun juda kuchli harakat qilishga majbur etadi
va ularni iste’mol qilish hisobiga organizmni hayotini ta’minlydi. Ochlik
paytida oziqlanish markazining kuchli qo‘zg‘alishi hayvonlarda hattoki
tanaga jarohat beruvchi ta’sirotchi ta’sirini ham bosib ketadi.
Insonlarda ochlik sezish me’da va ichaklaming muskullarini ozuqalar
bo‘lmagan paytlarida har
1
,5-2,0 soatda yuz beradigan qisqarishlari tufayli
yuzaga keladi. Bu qisqarishlar tufayli yuzaga keladigan retseptorlaming
qo‘zg‘atilishi oziqlanish markaziga tushuvchi afferent impulslaridan hosil
boMadi. Har bir bunday me’daning «ochlik qisqarishlari» odamlaming
me’da bo‘ylab tarqaluvchi ochlik og‘rig‘i seziladi. Qancha to‘yimli
moddalaming va ayniqsa juda tez iste’mol qilinuvchi qandni kiritilishi
davriy qisqarish harakatlari va ochlikni sezishni yo‘qqa chiqaradi.
Chanqoqlikni sezish organizmdagi umumiy suvning yetishmasligi
tufayli yuzaga keladi, ochlik paytidagidek, qon tarkibining o‘zgarishi
oziqlanish markazi faoliyatini qo‘zg‘atib organizmga suyuqliklar
tushishini boshqaradi. Organizmda suvning umumiy yetishmasligi so‘lak
bezlarining sekretsiyasini kamayishiga olib keladi va bu esa og‘iz
bo‘shlig‘ida, halqum va qizil ungachning yuqori qismida qo‘rish holatiga
olib keladi. Og‘iz bo‘shlig‘ining va tomoqning qo‘rishi u yerdagi
retseptorlami qo‘zg‘aydi va oziqlanish markaziga afferent impulslarini
oqimini kelishini ta’minlydi. Bu nerv impulslariga katta yarim sharlar
pustlog‘iga kelishi chanqoqlikni sezishga olib keladi. So'lak ajralishi 20%
ga kamayganida chanqoqlik seziladi, agarda so‘lak ajralishi 50% ga
tushganida u juda kuchli seziladi.
Organizmga suvning vena tomirlari orqali kiritilishi tufayli so'lak
ajralishini mo‘tadillashtiradi, og‘izdagi qurish yo‘qoladi va chanqoqlik
sezilmay qoladi.
Hayvonlarni yolg‘ondakam sug‘organda, ya’ni ichilgan suv katta
qoringa, yoki me’daga qo‘yilgan ochiq fistula orqali so‘rilmasdan to‘kilib
ketganda ham chanqoqlikni namoyon bo‘lishi to‘xtaydi. Yolg‘ondakam
sug‘orish paytida ichilgan suv bevosita uning organizmda yetishmaslik
darajasiga bog‘liq. Demak, bunday sharoitlarda ichgan suvning miqdori
«ichish» markazining qo‘zg‘aluvchanligi haqida so‘z yuritish mumkin.
Agar suv me’dadan to‘kilmasdan u yerda qolsa, nihoyat xuddi «oziqlanish
255
markazi» singari «suv ichish markazi» ham tormozlanadi. (I.N.Juravlev,
1947).
Ochlik paytida moddalar almashinuvi. Yetarlicha oziqlanmagan yoki
to‘lig‘icha oziqlanmaganda organizm o‘z tarkibidagi moddalarni sarflaydi.
To‘lig‘icha och qolganda moddalar almashinuviining o‘zgarishi yuz
beradi va uning 3 davri farqlanadi.
Ochlikning 1-davri moslanish davri bo‘lib, u odamlarda 2-5 kun
davom etadi, moddalar va energiya almashinuvi eng past darajagacha
pasayadi, lekin jismoniy ish bajarish xususiyatlari saqlanib qoladi.
T o iig ich a ochlikning ikkinchi davrida asosiy almashinuv ochlik
boshlangunga qadar bo‘lgan miqdordan past boiadi. Ochlikning 4 kunidan
keyin asosiy almashinuv
2
martaga kamayadi,tana harorati mo‘tadil
haroratdan ancha past boiadi.
Y ogiar va oqsillaming bir qismi uglevodlarga aylanadi, shuning
uchun jigar va muskullarda biroz glikogen zahirasi saqlanib qoladi.
Yogiarning uglevodlarga aylanishi sababli qon yogiar almashinuvining
oraliq achchiq mahsulotlari bilan boyiydi - atsidoz yuzaga keladi va
nihoyat qonning ishqor zahirasi kamayadi.
Organizmning uzoq muddat och qolishga moslashishi yog‘ zahirasi
mavjud boigandagina ortadi, ya’ni uglevodlar va yogiarning sarflanishi
organizmni oqsillarini parchalashdan saqlaydi.
Me’da shirasi tinimsiz ajralib turadi ovqat hazm organlarining
faoliyatining davriyligi esa kamayadi yoki yo‘qoladi. Ko‘ngil ko‘tarilishi
va ochlikni sezish holatlari yo‘qoladi. Jismoniy ishlar biron ortiqcha
harakatsiz bajariladi.
Ochlik paytida gavdaning vazni tinimsiz kamaya boradi. Vaznning
yo‘qolishi o‘rtacha bir kecha-kunduzda 400-800 grammga teng boiib, u
asosan yog‘ zahiralari va skelet muskullarining hisobiga yuzaga keladi,
ya’ni ular atrofiyaga uchraydi. Hammasidan ko‘p teri osti kletchatkasi,
so'ngra muskullar, teri, ovqat hazm kanali kamayadi. Eng kam massasini
bezlar va buyraklar yo‘qotadi. Ochlik pytida hamma organlardan ko‘ra (2-
3% dan ortiq boimagan darajada) miya va yurak o‘z massasini toiigicha
saqlab qoladi.
T o iig ich a ochlikning uchinchi, oiim oldi davri asab tizimining
faoliyatini keskin susayishi va muskullaming holsizlanishi bilan
xarakterlanadi. Juda tez oqsillar parchalanishi kuzatiladi, bu esa siydikda
azotning miqdori ortib ketishi bilan birga kechadi. Oqsillaming
parchalanishi organizmning o‘z-o‘zidan zaharlanishini va tana haroratining
ko‘tarilishini chaqiradi. Qonda oksidlanmagan mahsulotlar jumladan,
256
atsidoz ortadi, nafas olish paralichlanadi, yurakning kuchsizlanishi ortadi
va o ‘lim yuz beradi.
Organizmdagi barcha oqsillar (yana foydalanilmagan 50% oqsil
qoladi) va yogiar to‘lig‘icha sarflanmasdan o iim yuz beradi, buning
sababi — organizmni o‘z-o‘zidan zaharlanishi va ma’lum hayot uchun zarur
boigan moddalaming, masalan tuzlaming sarflanishidir.
Yuqorida qayd qilingan almashinuvning buzilishi turlicha ochlik
paytida ham yetarli miqdorda suv tushib turganida ham kuzatiladi. Ochlik
paytida
suvning
yetarlicha
tushmasligi
almashinuvning
oraliq
mahsulotlarning siydik bilan chiqarilishining buzilishi natijasida o'z-
o‘zidan zaharlanishni tezlashtiradi va oiim ertaroq yuz beradi.
T oiiq
ochlik
paytidagi
hayotning
davomiyligi
moddalar
almashinuvining tezligiga va gavda oichamiga bogiiq boiadi. Masalan,
tana ogirligi 350 g boigan kaptar ochlikdan 2 kundan keyin, massasi 20
kg it esa 60 kundan keyin oiadi.
Agarda odamlar aw al qisqa muddatli ozuqalarni iste’mol qilishdan
voz kechishdan oldingi davrlarni o ‘tasa, to iig ic h a och qolganda faqat suv
iste’mol qilib tursa 90 kungacha yashashi mumkin.
Organizm qisman och qolganda va ratsion tarkibiga kimvchi to‘yimli
moddalardan birontasi oqsillar, mineral moddalar va vitaminlar
yetishmaganida ham moddalar almashinuvining buzilishi kuzatiladi.
T oiiq boimagan ochlik yoki surunkali to‘yib oqatlanmaslik
alimentar distrofiyani chaqiradi - umumiy oriqlab ketish, natijada, bosh
aylanishi, xotirani yo‘qotish, muskullaming holsizlanishi, avitaminoz
hodisalari, kuchli sovuqni sezuvchanlik holatlari kuzatiladi.
Alimentar distrofiyaning asoratlari (qon aylanishining buzilishi,
xotirani yo‘qotish va hakazo) uzoq muddatga, hatto ochlik tugaganidan
keyin ham saqlanib qoladi.
|