qon tarkibidagi mochevina,
mineral moddalar, ayniqsa natriy xlorid siydik
hosil bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning boshqa tizimlari
qatori buyrak faoliyati ham asab tizimi bilan gumoral tizim funksiyasiga
mahkam bog‘liqdir. Buni quyidagilardan ko‘rish mumkin. Gipotalamus
yadrosidan chiqqan impulslar gipofizning orqa boMagidan antidiuretik
gormon ishlanib chiqishini kuchaytiradi. Antidiuertik gormon qonga o‘tib
siydik reabsorbsiyasini kuchaytiradi. Oqibatda
ajralayotgan siydikning
miqdori keskin kamayadi. Gipofiz orqa bo‘lagining faoliyati pasaysa
(gipofunksiya), antidiuretik gormon odatdagidan kam ishlanib chiqadi va
ajralayotgan siydik miqdori, suvning ko‘p chiqarilishi hisobiga ko'payib
ketadi (qandsiz diabet). Tajribada buyrakning asab tizimi bilan aloqasi,
shuningdek gipofizning miya po‘stlog‘i
bilan aloqasi ham uzilsa, shartli
reflektor ravishda siydik ajralishi kuzatilmaydi. Demak, miya po‘stlog‘i
gipotalamo-gipofizar tizim orqali buyrak faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Buyrak
usti
bezlarining
adrenalin
gormoni
siydik
ajralishini
kamaytiradiJekin aldosteron gormoni kanalchalar epiteliysiga ta’sir etib,
natriyning qayta so‘rilishiga yordam beradi. Qalqonsimon bezning tiroksin
gormoni suv va tuzlarning to‘qimalar bilan bog‘lanishini kamaytirib,
ularning qonga o‘tishini kuchaytiradi, siydik hosil bo‘lishiga yordam
beradi. Paratgormon esa kalsiy va fosforning
suyaklardan qonga
chiqarilishiga ta’sir qiladi va bulaming siydik bilan chiqarilishini
kuchaytiradi.