• QALQONSIMON BEZ
  • ENDOKRIN BEZLAR FAOLIYATINI 0 ‘RGANISH USULLARI




    Download 14,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet188/318
    Sana23.05.2024
    Hajmi14,15 Mb.
    #251148
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   318
    Bog'liq
    G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

    ENDOKRIN BEZLAR FAOLIYATINI 0 ‘RGANISH USULLARI
    Endokrin bezlar faoliyatini o‘rganishda keng foydalaniladigan usullar 
    quyidagilardir:
    1.Eksterpatsiya - operatsiya qilib, tegishli endokrin bezini olib 
    tashlash va shundan keyin organizmda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni 
    kuzatish.
    2.Transplantatsiya - endokrin bezini ko‘chirib o‘tkazish (auto, gomo 
    va getero transplantatsiya).
    3.Tegishli gormonni yoki endokrin bezdan tayyorlangan ekstraktlami 
    organizmga yuborib, kuzatiladigan o‘zgarishlami o‘rganish.
    4.Parabioz - ikki organizm o ‘rtasida biologik uzviylik hosil qilish. 
    Buning uchun ikki yoki undan ortiq tajribadagi hayvonning qon tomirlari 
    bir-biriga ulanadi. Keksa va yosh, jinsiy jihatdan yetilgan va yetilmagan, 
    bichilgan va bichilmagan, urg‘ochi va erkak hayvonlar qon aylanish 
    tizimini bir-biriga ulash va keyin tegishli kuzatuvlami olib borish yo‘li 
    bilan belgili endokrin bezlar faoliyatini o‘rgansa boiadi.
    5 .0 ‘rganilayotgan bezga oqib kelayotgan va undan oqib chiqayotgan 
    qonning fizologik faolligini aniqlab, bir-biriga taqqoslab ko‘rish yoki 
    angiostamiya usuli.
    283


    6.Radiofaol izotoplar usuli - bu usul yordamida turli gormonlaming 
    organizmda sintezlanishini, almashishini o‘rgansa boiadi.
    Bulardan tashqari endokrin bezlar faoliyatini o‘rganishda boshqa 
    turli-tuman fizologik, bioximik, morfologik usullar ham qoilaniladi.
    QALQONSIMON BEZ
    Qalqonsimon bez barcha umurtqalilarda boiadi. Sut emuzuvchi- 
    laming bo‘yni sohasida, qalqonsimon tog‘ayning ikki yonida joylashgan 
    boiib, shaklan qalqonga o ‘xshab ketadi. Bu bez o‘zaro tutashgan ikki 
    boiakchadan iborat. Qalqonsimon bezning hajmi har xil turdagi 
    hayvonlarda turlicha boiib, bir turdagi hayvonlarda ham bir muncha farq 
    qiladi. Uning kattaligi hayvonning yoshi, jinsi, organizmning holati, 
    yilning fasli va bir qator omillarga bogiiq. Jumladan, ser sut qoramollarda 
    bu bez ogirligi 23-41, go‘shtdor shoxlilarda esa 21-36, cho‘chqalarda 12- 
    30, arxarlarda 20-35, qo‘ylarda 4-7 grammni tashkil qiladi.
    Qalqonsimon bez qon bilan benihoya yaxshi ta’minlanib turadi. 
    Masalan, itlar organizmida oqayotgan qonning hammasi bu bezlar orqali 
    bir kunda 16 marta aylanib, oqib o‘tadi.
    Bezning parenximasi va stromasi boiib, parenximasi o‘ziga xos 
    follikulalardan tashkil topgan. Bu follikulalaming devori sekretor 
    epiteliydan tuzilgan. Sekretor hujayralar uzluksiz ravishda maxsus kolloid 
    modda ishlab chiqaradi. Shu sababli follikulalaming ichi o‘sha kolloid 
    moddalar bilan to ia turadi. Bu kolloid gidrolizlanganidan so‘ng qon va 
    limfaga o‘tadi. Follikulalaming orasida biriktimvchi to‘qima boiib, u 
    bezning stromasini tashkil qiladi.
    Qalqonsimon bezning asosiy gormonlari: tiroksin, va triyodtironinlar 
    b oiib ularning tarkibida yod bor. Gormon bezda quyidagicha sintezlanadi: 
    Organizmga o‘zi bilan kiradigan yodning asosiy qismi qonga so‘rilgandan 
    keyin qalqonsimon bezga keltiriladi. Bez hujayralari uni ushlab qoladi. Bu 
    yerda anorganik yo‘d sitoxromoksidaza va peroksidaza fermentlarining 
    ishtirokida molekulalar yodgacha oksidlanadi. So‘ngra taxminan ikki soat 
    davomida yod tirozin aminokislotasi bilan birikadi. Oqibatda monoyod- 
    tirozin va diyodtirozin molekulalari hosil buladi. Tetrayodtirozin tiroksin 
    gormoninig o‘zidir. Hozir aytilgan yodli birikmalar bezning follikulalarida 
    oqsillar bilan birikib, tireoglobulin degan kompleks birikma molekulalarini 
    hosil qiladi. Tireoglobulin murrakkab glyukoproteiddir. Uning molekula- 
    sida 10 ta polipeptid zanjiri bor. Tarkibida yodlangan aminokislotalardan 
    tashqari glyukoza, galaktoza, mannoza ham saqlanadi. Tireoglobulin 
    follikulalaming ichidagi kolloidda yigiladi, ayni vaqtda uning ma’lum
    284


    qismi parchalanib ham turadi. Shunda triyodtiroziu va tetrayodtiroziii - 
    tiroksin hosil boiib, qonga so‘riladi. Ular qondagi oqsillar bilan birikadi 
    va tegishli to‘qima hamda organlarga tashiladi. Keyingi vaqtlarda olingan 
    malumotlarga qaraganda triyodtirozin va tetrayodtirozin to‘qimalarda 
    oksidlanib, dezaminlanadi. Oqibatda triyodtiroatsetat va triyodtiropropi- 
    nant kislotalar hosil boiadi. Bular tiroksin va triyodtironinga qaraganda 
    80-300 baravar faolroqdir.
    Tiroksin va triyodtironin to‘qimalarda shu birikmalar holida ta’sir 
    qiladi deb hisoblanadi.

    Download 14,15 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   318




    Download 14,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ENDOKRIN BEZLAR FAOLIYATINI 0 ‘RGANISH USULLARI

    Download 14,15 Mb.
    Pdf ko'rish