|
Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi Pdf ko'rish
|
bet | 196/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotTIMUS - AYRISIMON BEZ
Bu bezning mag‘iz va po‘stloq qavatlari bor. Po‘stloq qavati
retikulyar hujayralardan tashkil topgan bo‘lsa, mag‘iz qavati limfoid
to‘qimadan tashkil topgandir. Ayrisimon bez yosh bola va hayvonlarda
kattaroq bo‘ladi, organizmlar jinsiy etilishi bilan bu bez rivojlanishdan
to‘xtaydi, atrofiyaga uchrab kichrayadi. Bu bezning ajratadigan moddasi
hayvonning o‘sishida, organizmda mineral moddalar almashinuvida katta
ahamiyatga ega bo‘lsa kerak. Keyingi paytlarda bu bez, ayniqsa, spetsifik
immunitet hosil bo‘lishida, ba’zi allergik reaksiyalaming yuzaga
chiqishida katta ahamiyatga ega deb hisoblanmoqda. Gap shundaki,
allergik reaksiyada, ya’ni oqsil va oqsilmas tabiatli yot moddalarga
(allergenlarga) organizm sezuvchaligini kuchayishida ikki xil limfotsit-
laming roli aniqlandi. Bu limfotsitlardan bir xilining ("B" limfotsitlarning)
tovuqlar fabritsiy xaltasidagi limfoid to‘qimada, shuningdek, odamlarning
bachadon bezlarida, ichaklardagi limfoid to‘qimalarda hosil bo‘lishi
aniqlandi. Ikkinchi xil limfotsitlar Timusda hosil bo‘ladi. Bu limfotsitlar
"T" limfotsitlar deb yuritiladi ("T" - timus so‘zidan kelib chiqib, "T"
limfotsitlar uch xil farqlanadi. "TK" killerlar fagotsitoz vazifasini bajaradi.
"Tx" - xilperlar-killerlarga yordam beruvchilar va "Ts" - supressorlar -
killerlarga qarshilik ko‘rashuvchlar). "B" - limfotsitlar alergen bilan
uchrashganida o‘zidan antitanalar ajratadi va o‘ta tez avj oladigan allergik
reaksiyalaming yuzaga chiqishida hal qiluvchi omil boiib xizmat qiladi.
"T" - limfotsitlar esa allergen bilan uchrashganida o‘zidan antitana
ajratmasdan, tegishli suyuqliklarni - omillami ajratadi va bu omillar sekin
avj oladigan allergik reaksiyalaming ro‘yobga chiqishini ta’minlydi.
GEP - tizimining inkretor funksiyasi. GEP - tizim deb gastro-entero-
pankreotik tizimiga yoki ovqat hazm qilish tizimi organlariga aytiladi.
305
|
| |