39-rasm. Odam gipofizining tuzilishi.
1-adenogipofiz; 2-tuberal bo‘lak; 3-orqa bo‘lagi (neyrogipofiz);
4-oraliq bo‘lagi.
Gipofiz hujayralarining xili organizmning holati va boshqa ko‘pgina
omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Adenogipofiz ichki uyqu arteriyasidagi
nerv tuguni va gipotalamusdan nerv, tolalarini oladi (innervatsiyalanadi).
Ko‘pgina fizologik tekshirishlar adenogipofizga parasimpatik asab tizimi
ham ta’sir qilib turishini ko‘rsatadi. Neyrogipofiz gipotalamusdan
suprooptik - gipofizar, paraventrikulyar -gipofizar, tubero - gipofizar
yo‘llar orqali nerv tolalari o‘tadi.
Gipofiz organizmning turli funksiyalarini boshqarishda ishtirok etadi.
Shu bilan birga boshqa ichki sekretsiya bezlarining faoliyatiga ham
o‘zining tegishli gormonlari bilan faol ta’sir ko‘rsatadi.
Gipofiz gipotalamus bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib,
gipotalamo-gipofizar tizimni tashkil qiladi. Gipofizning oldingi qismi -
298
adenogipofiz uch xil: atsidofil, bazofil va xromotob be/ hujayt'aiari borligi
gistolik tekshirishlarda topilgan. Atsidofil va bazofil hujayrlar xromotob
hujayralardan hosil boiadi. Bazofil hujayralar adrenokortikotrop,
tireotrop, pankreotrop, paratireotrop va gonadotrop (tuxumdon folliku-
lasini stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi) gormonlami ishlab chiqaradi.
Atsidofil hujayralardan somatrop yoki o‘sish gormoni va prolaktin
ishlab chiqadi. Oldingi bo‘lakning hamma gormonlari oqsil moddalar
boiib, organizmning o ‘sib rivojlanishini, bir qator ichki sekretsiya
bezlarining faoliyatini, moddalar almashinuvi va ko‘payish jarayonlarini,
boshqarishda ishtirok etadi. Gipofizning oldingi qismi olinib tashlan-
ganida, kasallik tufayli faoliyati susayganida, organizmda turli xil
o‘zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, yosh hayvonlar o‘smay qoladi, jinsiy
bezlarining rivojlanishi susayadi, organizmning umumiy quvvati pasayib,
moddalar almashinuvi buziladi, junlarning o‘sishi susayadi.
Gipofizning oldingi qismi gipotalamus bilan chambarchas bog‘liqdir.
Gipotalamusni elektr toki bilan ta’sirlanishi gipofizni oldingi qismidan
ko‘proq gormonlar qonga chiqishiga sabab boiadi. Tiroksin gormonining
ko‘proq ishlanib, qonga chiqarilishi esa gipofiz oldingi qismi
gormonlarining ajralishiga to‘sqinlik qiladi. Bu gormonlaming ajralishiga
yorugiik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan ma’lumotlar bor. Masalan,
parandalami kechasi yaxshi yoritilgan xonaga kiritish gipofizdan
gonadotrop gormonlar ko‘proq ajralib qoniga o‘tishiga sabab boiadi.
Hayvonlami oziqlantirish, parvarish qilsih sharoiti ham gipofizning
faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Gipofiz oldingi qismidan ajralib
chiqadigan gormonlardan somatotrop gormon yoki somatotropin (STg)
o‘sish va rivojlansih jarayonlarining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu
gormon sut emuzuvchi hayvonlarning gipofizidan toza holatda ajratib
olingan. Turli hayvonlarning somatotrop gormoni tarkibidagi aminokis-
otalar soni, molekulalari ogirligi va boshqa bir qator fizik-kimyoviy
xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Somatotrop gormon
hujayralar boiinishi, oqsillaming sintezlanishini tezlashtiradi va organizm
to‘qimasining miqdor jihatdan ko‘payishiga sabab boiadi. Uning ta’sirida
azot muvozanati musbat bo iib qoladi. Energetik ehtiyoj o\sishi tufayli
yog‘ kamayadi. Bu gormon tog‘ay to‘qimasiga, ayniqsa, kuchli ta’sir
ko‘rsatadi, naysimon suyaklaming uzunasiga o‘sishi va suyaklashishini
tezlashtiradi. Somatotrop gormon uglevod almashinuviga, ichki organlar-
ing o‘sib rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bu gormon yosh hayvonlarda
(41-rasm) zo‘r berib ishlanib chiqadigan boisa, gigantizm avj oladi, ya’ni
hayvon juda o‘sib, odatdagisidan katta bo iib ketadi. Katta yoshd&gi
299
hayvonlarda esa somatotropinning ortiqcha ishlanishi akromegliya
kasalligiga sabab bo‘ladi.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG).Bu gormon buyrak usti bezi
po‘stloq qavati funksiyasining boshqarilishida ishtirok etadi va tuzilishiga
ta’sir ko'rsatadi. Gipofiz olib tashlansa, buyrak usti bezining po‘stloq
qavati, ayniqsa, to‘rli va tutamli zonalari atrofiyaga uchraydi. Biroq
shunda ham buyrak usti bezining po‘stloq qavati organizm uchun yetarli
miqdorda gormon ishlab chiqarishi mumkin. Organizmga kortikosteroidlar
yuborilganda qanday o‘zgarishlar kuzatilsa, AKTG yuborilganda ham
xuddi shunga o‘xshash o‘zgarishlar kuzatiladi. AKTG yuborilganida
periferik qonda eozinofil va limfotsitlar sonining kamayib ketishi bu
gormon ta’sirining xaraterli tomonidir. Bundan tashqari, AKTG buyrak
kanalchalaridan natriy xlor ionlari va suvning reabsorbsiyasiga, shuning-
ek, yog‘ va aminokislotalardan qandning hosil bolishiga, organizmdan
azotning chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tireotrop gormon (TTG).Bu gormon qalqonsimon bezning
faoliyatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham gipofizi olib tashlangan
organizmning qalqonsimon bezi atrofiyalanib, yodni almashtirishi va
tiroksinni sintezlashi susayadi. Organizmga tireotrop gormon yuborilganda
xuddi tiroksin yuborilganidek o ‘zgarishlar kuzatiladi. Gipofiz bilan
qalqonsimon bez funksional jihatdan bir-biriga mahkam bogiiq, shu hoi
organizmda yaxlit gipofiztireod kopmleks mavjud deb aytishga asos
boiadi.
Ko‘pchilik endokrinologlar gipofizda tireotrop gormonning ta’siri
jihatdan bir-biridan farq qiladigan bir necha fraksiyasi hosil boiadi, deb
hisoblaydilar.
Ganadotrop gormonlar.Bu gormonlar ham gipofizning oldingi
qismida hosil boiib, jinsiy bezlarning funksiyalariga ta’sir qiladi,
gonadotrop gormonlarning uch xili bor: A) ning yetilishini tezlashtiruvchi;
B) interstitsial hujayralarning yetilishini tezlashtiruvchi gormon; V)
lyuteinotrop gormon.
Follikulalaming yetilishini tezlashtiruvchi gormon erkaklik va
urg‘ochilik jinsiy bezlarining epiteliylarini rivojlantiradi. Erkak hayvon-
arda spermatogenez jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Interstitsial
hujayralarning yetilishini tezlashtiruvchi gormon esa ning yetilishini
esterogen gormonlarining ajralishini, sariq tana hosil bolishini, proges-
eron, testosteron gormonlarining ishlanib chiqishini kuchaytiradi.
Lyuteintrop gormon (prolan B) - sariq tanadan progesteron gormoni
ishlanib chiqishini tezlashtiradi. Bu gormon sut bezining rivojlanib
300
yetilishiga laktatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun ham
ayrim
mualliflar bu gormonni prolaktin gormoni bilan bir deb qaraydilar.
Gipofizning oraliq qismi donali va donasiz bazofil hujayralardan tashkil
topgan boiib faqat bitta gormon - melanofor (intermedin) ishlab chiqaradi.
Bu gormon ham asosan baliqlarda, suvda va quruqlikda yashovchilarda,
sudralib yuruvchilarda, pigment almashinuvini boshqaradi. Bu gormon
terida tashqi muhitning ba’zi noqulay omillaming, xususan. quyosh
nurlaridan himoya qiladigan rang paydo boiishini ta’minlydi. Organizmga
intermedin yuborilishi - terming qorayishiga sabab boiadi. Kuchli
yorugiikning ta’siridan intermedinning hosil boiishi tormozlanadi.
Natijada - bir oz oqaradi kechalari bu gormonning hosil boiishi tezlashadi.
Shu bilan birgalikda bo‘g‘ozlik davrida ham intermedin ko‘proq- hosil
bo iib turadi. Gipofizning keyingi qismida ko‘pgina neyrogliol hujayralar
ham bor. Bezning bu qismi o‘zidan uch xil gormon vazopressin, oksitotsin
va oktididenrevin ishlab chiqaradi. Teozir gipofiz keyingi qismining
gormonlari bevosita gipofizning o‘zida hosil boimasdan gipotalamusning
superooptik va paraventikulyar yadrolarida hosil boiib suprooptik
gipofizar y o i orqali gipofizga chiqariladi deb hisoblanadi.
Vazopressin. Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizm
dagi boshqa hamma qon tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi.
Antidiuretin. Buyrak kanalchalaridan suvning reabsorbsiyasini
kuchaytirib sutkalik siydik miqdori (diurez)ning kamayishiga sabab
boiadi. Antidiuretin oqsil ta’sirotlari tufayli ko‘p ajraladi. Qattiq og‘riq
vaqtida siydik chiqmay qolishi (og‘riq annuriyasi) ham shunga bogiiq.
Antidiuretin gormonining yetarli darajada ajralmasligi natijasida qandsiz
diabet kasalligi kuzatiladi. Bu kasallik paytida hayvon odatdagiga
qaraganda ko‘p miqdorda suv ichib qiyadi. Masalan bu paytda itlar
sutkasiga 80 litrgacha suv ichib shuncha ajratishi mumkin. Ayrim
mualliflar vazopressin va antidiuretin gormonlarini turli funksiyalarini
bajaruvchi bir xildagi gormon deb hisoblaydilar.
Oksitotsin - bachadon va sut bezlarining silliq muskul tolalarini
qisqartirish xususiyatiga ega.
Jinsiy siklning turli fazalarida bachadon silliq muskulining oksitotsin-
ga sezuvchanligi o‘zgarib turadi, jumladan, hayvon kuyikkan paytda
oksitotsinga seziluvchanlik eng baland boiadi. Gipofizning keyingi
qismidan ajraladigan gormonlaming kimyoviy tarkibi o‘rganilgan.
Jumladan, oksitotsin va vazopressin 8 ta aminokislota va uch molekula
ammiakdan tuzilgan Bu gormonlaming 6 ta aminokislotasi bir xil boiib,
ikkitasi bir-biridan farq qiladi (oksitoinda - leysin va izoleysin,
301
vazopressinda esa fenilalanin va arginin bor). Bu gormonlar sun'iy yo'l
bilan sintezlanib olingan.
|