uzoq vaqt davomida organizmga ko‘p
m iqdorda y u b o n isa, yo ki
paiaureoiu
bezlarning funksiyasi kuchayib ketsa, organizmda kalsiy va fosfor
almashinuvi buziladi. Qonda kalsiy miqdori ko‘payib, muskullaming ish
qobiliyati pasayadi, organizm tez charchaydigan boiib qoladi. Siydik va
axlat bilan kalsiy ko‘p ajratiladi. Paratgormon - organizmga paydar-pay
ko‘plab yuboriladigan boisa, buyrak faoliyati buzilib, organizm halok
boiishi mumkin.
Paratireoid bezchalar faoliyatining boshqarilishi.Qondagi kalsiy
ionlari bez to‘qimasiga bevosita faol ta’sir ko‘rsatishi mumkin boiganidan
bu bezchalar faoliyatining boshqarilishida qondagi kalsiy miqdorining
ahamiyati katta. Qonda kalsiy kamayganda, paratireoid bezlar ichki
sekretsiyasi kuchayadi, ko‘payganda esa susayadi. Paratireoid bezlaridan
tarkibida
kalsiy
ionlari
boimagan
qon
o‘tkazilsa
(perfuziya),
paratgormonning ko‘p ajralishini ko‘ramiz. Demak, qondagi kalsiy ionlari
miqdori bilan paratgormonning ajralishi o‘rtasida qaytar bogianish
mavjud. Qondagi kalsiy miqdori ham paratgormon tufayli nisbatan doimo
o‘zgarmas darajada boiadi.