faoliyati ulardagi spermatogenez jarayoni bilan cnambarchas bogiiq.
A.V.Nemlonning fikricha, erkaklik jinsiy gormonlarining hosil boiishi
Sertoli simplastida spermatozoidlar ishlanib chiqishiga aloqador. Sper-
matozoidlaming hosil bo‘lishi
qancha tez kechsa, Sertoli hujayralarining
protoplazmasi ham shuncha tez parchalanadi va shuncha ko‘p jinsiy
gormonlar hosil bo‘lib, qonga chiqariladi. Testosterondan tashqari barcha
androgenlar shu gormonni organizmda almashinuvi natijasida hosil
boiadigan mahsulotlardir. Erkaklik jinsiy gormonlarining organizm uchun
ahamiyati to‘g‘risida tasawurga ega bo‘lmoq uchun, birinchidan
hayvonlarni kuzatish kifoyadir. Erkak hayvonlar bichilganda (axtalan-
ganida) sperma hosil qilish xususiyatini yo‘qotishi bilan birga ulaming
organizmida, xulq-atvorida ham bir qator o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Bunday
hayvonlar tinch, yuvosh va semirishga moyil bo‘lib qoladi, ikkinchi jinsiy
belgilari regresstyaga uchrab, yo‘qola boradi. Bichilgan hayvonga boshqa
hayvonning urug‘doni ko‘chirilib o ‘tkazilsa, unda yana erkaklik
xususiyatlari, jinsiy reflekslar paydo bo‘la boshlaydi. Lekin ko‘chirib
o‘tkazilgan urug‘don so‘rolib ketishi bilan bu xususiyatlar yana yo‘qolib
ketadi. Bulaming hammasi erkaklik hususiyatining namoyon boiishida
androgenlar, ya’ni erkaklik jinsiy gormonlarining benihoya katta
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Urg‘ochi hayvonlar
tuxumdonlaridagi ining hujayralarida estrogenlar - urg‘ochilik jinsiy
gormonlari sintezlanadi. Estrogenlar sintezlanib
chiqqan sayin ning ichida
ulardagi suyuqlikda yig‘ilib turadi. Urg‘ochilik jinsiy gormonlariga
estradiol va uning organizmidagi almashinuvi tufayli hosil bo‘ladigan
estron, estriol va estradiol kiradi. Bulaming ichida eng faoli estradioldir.
Estrogenlar urg‘ochi hayvonlar jinsiy apparatini doimo tonusda saqlaydi.
Jinsiy siklda, ikkinchi jinsiy belgilarga, bachadon, qin, silliq pardalarining
o‘sishiga, sut bezlarining yetilishiga, oqsillar, anorganik moddalar (kaliy)
almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanligini
oshiradi, oliy nerv faoliyatiga ta’sir qiladi. Urg‘ochi hayvonlarda bu
gormonlardan tashqari, sariq tanachasida progesteron hosil boiadi.
Progesteron gipofxzda gonadotrop gormonlar hosil boiishiga va ning
yetilishiga to‘sqinlik qiladi va shu tariqa bo‘g‘ozlikning boshdan-oyoq
jinsiy gormonlarga bogiiqligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi
tajribani o ‘tkazish mumkin. Erkak hayvonlarga tuxumdonlami, urg‘ochi
hayvoniarga umg‘donlar ko‘chirib o ‘tkazsak, bu vaqtda erkak hayvonlarda
urg‘ochiga xos jinsiy belgilar, urg‘ochi hayvonlarda esa erkakka xos jinsiy
belgilar paydo b o ia boshlaydi va bu belgilar organizmga ko‘chirib
o‘tkazilgan jinsiy bezlar so‘rilib ketguncha saqlanib turadi. Biroq shu ham
303
borki, urug‘donlarda bir oz miqdorda urg‘ochilik, tuxumdonlarda esa
ozgina erkaklik jinsiy gormonlari hosil bo‘lib turishi keyingi vaqtlarda
o‘tkazilgan bir qator tajribalarda isbotiandi.
Jinsiy gormonlarning hosil
bo‘lishi asab tizimi va uning oliy qismi bo‘lmish katta yarim sharlar
po‘stlog‘i yordamida boshqariladi, bu jarayonda gipofiz ham ishtirok etadi.
Jinsiy anomaliyalari ham bo‘ladi. Ayrim hollarda bir hayvonning
o‘zida ham erkakka, ham urg‘ochiga xos jinsiy bezlar (ham urug'don, ham
tuxumdon) mavjub bo‘ladi. Bunday holat germafroditizm deyiladi. Lekin
bunda ikkala jins uchun ham xos bo‘lgan belgilar bir xilda uchramaydi va
odatda, biror jinsga xos belgilar boshqasidan biroz bo‘lsa ham ustun
turadu.
Agar jinsiy bezlar tug‘ilishidan rivojlanmay qolsa yoki o‘z faoliyatini
yo‘qotsa, bunga yevmixoidizm deyiladi. Hayvon jinsiy tizimi rivojlanmay
qolsa, katta bo‘lganida yosh hayvonlar uchun xos belgilami saqlab qolishi
mumkin, bunga infontilizm deyiladi.