Endokrin bezlaridan chiqayotgan afferent impulslari
h a m
skclct
muskullarining funksional holatini reflektor holda o‘zgarishini chaqiradi.
0 ‘z
navbatida
muskul
faoliyati
paytida
proprioretseptorlaming
qo‘zg‘atilishi adrenalinning giperglekimik ta’sirini kuchaytiradi va
insulinning gipoglikimik ta’sirini pasaytiradi (motor-endokrin reflekslar,
P.M.Kaplan, 1963).
Nerv tolalarining kesilishi va qo‘zg‘atilishi ichki sekretsiya
bezlarining sekretorlik fimksiyasini jiddiy darajada o‘zgartiradi. Masalan,
qorin nervining kesilishi,
b o ‘y r a k
usti bezidan adrenalinning ajralishini
kamaytiradi: depressorli nervlaming qo‘zg‘atilishi esa qalqonsimon va
bo‘yrak usti bezlarining sekretorlik funksiyasini tezlashtiradi: qorin yoki
adashgan nervlar uchlarini qo‘zg‘atilishi qonda me’da osti -bezining
gormoni insulinni paydo bo‘lishi hisobiga qonda qandning miqdorini
kgmayishiga olib keladi.
Vegetativ asab tizimining va ichki sekretsiya bezlarining o‘zaro
bog‘liqligi:
1) ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ asab tizimining
ta’siriga o‘xshash, 2) qator ichki, sekretsiya bezlarini vegetativ asab
tizimining periferik organlari deb qarash mumkin, 3) gormonlar vegetativ
asab tizimining funksional holatiga ta’sir qilishda namoyon bo‘ladi.