olib keladi. Adenogipofizning ichki sekretsiyasi yosh o‘lg‘ayganda,
bo‘yrak usti bezning po‘stloq qismining bug‘unli zonasini sekretsiyasidan
oldin kamayadi. Demak, V.N.Nikitinning (1968) ta’kidlashicha turli
bezlaming sekretsiya xususiyati yoshga qarab turlicha o‘zgaradi.
Bosh miya katta yarim sharlari, ichki sekretsiya bezlarining
funksiyasini organizmni tashqi muhit moslashishini shartli va shartsiz
reflekslar bilan birgalikda ta’min etadi. Shu yo‘l bilan organizmni tashqi
muhit sharoitlariga va uning ichki muhitini o‘zgarishiga murakkab, lekin
aniq moslanishini bajaradi, ya’ni organizmni hayotini va uning
rivojlanishini ta’minlydi.
Emotsional holatlar paytida (qo‘rqish,g‘azab,og‘riq va boshqa) juda
ko‘plab himoyaviy fiziologik jaryonlar bajariladi, ya’ni organizm boig'usi
talablariga nisbatan moslanish xususiyatlari bilan lol qoldirib kelmoqda.
Emosiya - bu odam va hayvonlar organizmiga tashqi muhitning ma’lum
darajadagi ta’sirini bosh miya katta yarim sharlari faoliyati tufayli yaxlit
holda bajarilishini belgilovchi ko‘rsatkichdir.
Emotsional qo‘zg‘alishlar jigar va muskullardagi zahirada saqlanuv-
chi glikogenni adrenalin ta’sirida glyukozaga aylanishi tufayli qon
tarkibidagi qandlik darajasini oshishi bilan birgalikda kechadi. Xuddi
shunday adrenalinning ajralishining ortishi og‘riqli qo‘zg‘alishlarda ham
kuzatiladi. Buyrak usti bezi olib tashlangan paytda har qanday kuchli
g‘azablanish ham siydik tarkibidagi qandning ajralishini chaqirmaydi.
Og‘riqli qo‘zg‘alishlar gipofiz funksivasiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan,
Masalan, kuchli og‘riqli qo‘zg‘atish gipofizning ganodatrop gormonlarini
ajralishini kuchaytiradi. Qator hayvonlarda jinsiy aloqa paytida reflekslar
qo‘zg‘alishi tufayli gipofizning ganodotrop gormonlarini ajralishini
chaqiradi.
Ichki sekretsiya bezlarining olib tashlanishi moddalar almashinuviga
bosh miya yarim sharlarining ta’sirini o ‘zgartiradi.
Turli gormonlar yoki mediatorlami organizmga kiritish yo‘li bilan
shartli reflekslar hosil qilinish tufayli, bosh miya yarim sharlarining ichki
sekretsiya bezlari faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.