36-rasm. Gipofiz bezidan somatotropin k o‘p ishlanib chiqqanda odam bo'yining
normadan ortiqcha o'sishi-gigantizm , bu gormon kam hosil bo'lagnda b o‘y o ‘smay
qolishi-nonizm (pakana) holatining k o‘rinishi.
Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o‘sishi, rivojlanishida,
unda oqsillar, yogiar, uglevodlar, suv va tuzlar almashinuvida katta
ahamiyatga ega. Bu gormonlar energiya almashinuviga, nerv tizimi, yurak
va jinsiy bezlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Qalqosimon bezda hosil
boiadigan tiroksin, triyodtironin va triyodteroatsetat kislota va boshqa
ba’zi yodli birikmalar oksidlanish jarayonini, oqsillar almashinuvim
tezlashtiradi. Ayniqsa hujayraiaming mitoxondriyasidagi oksidlanish
jarayonini faollashtirib, energiya almashinuvini kuchaytiradi.
Bu
gormonlar hujayra fermentlarining desilfed guruhlarini sulbigidril
guruhlarga aylantirib, ularni faol lash tiradi. Organizmda qalqonsimon
gormonlari yetishmay qolgan paytda asosiy almashinuv pasayadi.
Organizmda ortiqcha osh tuzi va suv ushlanib qoladi. Oqibatda shish hosil
boiadi, - suv shishlari deb shularga aytiladi. Qonda kalsiy miqdori
285
kamayadi, jinsiy faoliyat pasayadi. Urg‘ochi hayvonlarda ovulyatsiya va
urugianish jarayonlari kuzatilsa-da, rivojlanayotgan embrion bo‘g‘oz-
likning boshidayoq halok boiadi.
Umuman olganda, bu bezning gormonlari embriogenezda benihoya
katta ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez gormonlari yetishmaganida
(gipofunksiyasida) yosh bolalar va hayvonlar o‘sishdan, rivojlanishdan
qoladi, suyaklanish jarayonlari buziladi.
Odamlarda bu bezlarning bolalikdan sust ishlashi (gipofeoz)
kretinizm kasalligini paydo boiishiga sabab boiadi. Bu paytda bo‘y
o‘smaydi, uning og‘zi doimo ochiq boiib, tili chiqib turadi. Chunki til
haddan tashqari o‘sib ketib ogizga sig'may qoladi. Voyaga etmagan
hayvon va odamlarning qalqonsimon bezi yetarlicha ishlamasa,
Miksedema kasalligi paydo boiadi. Bu vaqtda asosiy almashinuv
pasayadi, oqsillar almashinuvi buziladi, onkotik bosim oshib ketadi,
to‘qimalarda suv ushlanib qoladi, suv shishlari paydo boiadi. Organizmda
yod kamchiligi paytida bo‘qoq kasalligi avj oladi. Bu paytda bez
to‘qimasining yetarlicha ishlamayotganligi tufayli u gipertrofiyalanib,
katta boiib ketadi, follikulalari ko‘payadi, ammo, ajralayotgan
gormonlarning miqdori kam boiadi. Chunki ularning sintezlanishi uchun
yod yetishmaydi. Infitireoid, ya’ni qalqonsimon bez gormonlarining
faolligini susaytiradigan, moddalar bor. Bular qatoriga tiomochevina,
tionratsil, metiltionratsil va qalqonsimon bezda gormonlarning hosil
boiishini tormozlaydigan ko‘pgina sulfanilamid preparatlar kiradi. Ular
anorganik
yod
molekulalarini
yodgacha
oksidlovchi,
tirozining
yodlanishuvida, uning triyodtironin va tiroksinga aylanuvida ishtirok
etadigan fermentlaming faolligini pasaytiradi. Bu moddalar ta’sir qilganda
organizmda, xuddi qalqonsimon bez olib tashlanganda kuzatiladigan
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ammo bu moddalar qonda mavjud boigan va
tashqaridan kiritiladigan gormonlarga ta’sir qilmaydi. Tireoid gormonlar
organizmga kiritilganda oqsillar, yogiar va uglevodlar tez parchalanib,
ko‘p sarf boiadi. Oqibatda ajralayotgan suyuqlikda azot asosan
mochevina hisobiga ko‘payadi. Manfiy azot muvizanati kuzatiladi.
Jamg‘arilgan yog‘ ko‘p miqdorda kamaya boradi. Tiroksin kiritlganda,
yog‘ depolaridagi yog‘ning miqdori 70% gacha kamayib ketadi, qonda
xolesterin ozayadi. Jigar va muskullardagi glikogenning parchalanishi
tezlashib, qonda qand miqdori bir oz ko‘payadi. Oqibatda organizmning
fizik vazni kamayib, ozib ketadi. Diurez ko‘payadi. Ma'lum normada
tiroksin kiriturish, sut beruvchi hayvonlaming sut mahsuldorligini, sutning
286
yogiiligini oshiradi. Tovuqlar patining o‘sishitii yaxshilaydi, tuxum
ko‘payadi.
37-rasm. Odam qalqonsimon bezi.
0 ‘sayotgan bolalar tishining normal o ‘sib chiqishi, to‘qimalaming
regeneratsiyasi, yaralaming tuzalib bitib ketishi ham shu gormonlarga
bogiiq. Bu gormonlaming markaziy asab tizimining funksional holatiga
ta’sir qilishi diqqatga sazovordir.
Organizmga uzoq vaqt davomida tiroksin kiritilib turgan hayvonlar
qo‘zg‘aluvchan, tinch turmaydigan, oyoq muskullari tinmay titraydigan
boiib qoladi. Qalqonsimon bezi olib tashlangan hayvonlarda shartli
reflekslarning hosil boiishi qiyinlashadi. Narkoz yuborilib, miya
po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlari pasaytirilsa, organizmga tiroksin
yuborilishi asosiy almashinuvni oshirmaydi. Bu tireoid gormonlar miya
po'stlog'i faoliyatiga katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tiroksin
bosh miya retikulyar formatsiyasida to‘planadi degan maiumotlar bor.
Tiroksin bevosita bosh miyaga yuborilganda asosiy almashinuv, uni qonga
yuborgan paytdagidan ko‘proq kuchayadi. Normada qalqonsimon bez
faoliyatining kuchayishi, ya’ni fizologik giperfunksiyasi hayvonning
bo‘g‘ozlik, laktatsiya (sut berish) davrlarida kuzatiladi. Bu bezning
giperfunksiyasi buyrak usti bezining faolligini bir muncha tormozlaydi.
Fiziologik gipofunksiya (bez faoliyatining normadan pasayishi), qishda
uyquga kiradigan hayvonlarda ularning qishki Oxlash vaqtida kuzatiladi.
Tireokalsitonin. Qalqonsimon bezda tireokalsitonin degan gormon
ham hosil boiishi keyingi paytlarda isbotlandi. Tirekalsitonin
ichiga
o‘tmaydigan boigani uchun ulaming ichidagi kolloid suyuqlikning
287
tarkibida uchramaydi. Bu gormon 32 aminokislotadan tashkil topgan
polipeptid bo‘lib, tarkibidagi aminokislotalaming joylashish tartibi turli
hayvonlarda har xildir. Tireokalsitonin qonda kalsiy va fosfoming
miqdorini kamaytiradi. U suyaklardan qonga kalsiy chiqarilishiga
to‘sqinlik qilib, siydik bilan fosforning ko‘p chiqarilishiga sabab bo‘ladi va
parotireoid bezlarning gormoni boimish paratgormonning antogonisti
hisoblanadi. Tireokalsitonin qonda kalsiy ko‘payib ketganda sezilarli
miqdorda ajralib, qon ion tarkibining ma’lum miqdorda saqlanishida katta
rol o‘ynaydi.
|