Terining katta o‘lchamdagi yuzasini lak bilan yopib, ter ajralishni
to‘xtatish natijasida kuchli zaharlanish hodisasi kuzatiladi, ayrim hollarda
bu holat o‘lim bilan tugashi mumkin.
Shoxli hayvonlarda ter ajralishi termoregulyasiya uchun jiddiy
ahamiyatga ega emas, lekin issiq iqlim sharoitda u ortadi. Odamlarda bir
kecha-kunduzda 2 litrdan ortiq ter ajraladi.
Yog‘ bezlari. Yog‘ bezlaridan teri yog‘i ishlab chiqariladi, ular
golokrinli bezlar qatoriga kiradi, chunki ularning sekreti qayta sekretor
hujayralami yemiradi.
Teri yog‘i odatda, turli konsentratsiyadagi moy tomchilaridan, moy
tomchilari yopishgan bez hujayralarining yemirilgan bo‘lakchalaridan,
yuqori spirtli erkin yog‘ kislotalaridan, juda kam miqdorda xolesterin
kristallari va uning esterlaridan hamda teri epidermiyasining qurigan
epitelial hujayralaridan iborat. Teri moy ajratgan paytda suyuq boiib teri
yuzasida juda tez quyuqlashadi. Yog‘ bezlari joylashgan joyiga qarab teri
moyining tarkibi o‘zgaradi, u terini yumshatadi va soch hamda jun
tolalarini moylab turadi. Odamlarda bir kecha-kunduzda 20 g teri moyi
ajraladi (uglevodlar bilan juda ko‘p oziqlanganda va yilning issiq oylarida
uning miqdori ortadi).
Yog‘ bezlarining funksiyasi simpatik nervlar bilan boshqariladi.
Odamlar terisidagi yog‘simon moddalar shox qatlami hujayralarining
parchalanishi hisobiga hosil boiadi. Yog‘ bezlarining past nuqtali
eruvchan sekretor yogiaridan farqi shox qatlam yogiari ancha yuqori
erish nuqtasiga egadirlar va katta miqdorda xolesterin va uning hosilalarini
saqlaydi.
Teri moyining sekretsiyasi hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega,
ayniqsa terini qurishdan va jun qoplamiga suvni kirishidan saqlashda juda
ahamiyatlidir. Suvda suzuvchi parrandalaming patlarini moylovchi
dumg‘oza bezi sekreti deyarli suv o‘tishini yo‘qqa chiqaradi. Qo‘y va
echkilarning yog‘-ter aralashmasi junni yumshatadi va mustahkam qiladi,
jun tolalarini bir-biriga yopishishini ta’minlydi, bu esa uni nam o‘tishidan
saqlaydi, chigallashib ketishini oldini oladi va nihoyat runonning to‘g‘ri
saqlanishini saqlab qoladi. Qo‘y va echkilar (angor echkilarida)ning ter va
yog‘ bezlari
tinimsiz sekret ajratadi, uning miqdori esa mayin junli
qo‘ylarda dag‘al junli qo‘ylarga nisbatan ancha ko‘p boiadi.