ikkinchisining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, ikkinehisining gormoni
birinchisining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Masalan, gipofizni oldingi
qismining gormonlari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar
faoliyatini kuchaytiradi. Ammo, bu bezlarning ayrim gormonlari
gipofizning oldingi qismidan molekulalar yetilishini tezlashtiruvchi
gormon ajralishini susaytiradi.
Biroq, organizmdagi hamma endokrin bezlar ham bu tamoyilga
bo‘ysinavermaydi. Shunday bo‘lsa-da, endokrin bezlarning qaytar
bogianishda ishlashi ular faoliyatining neyrogumoral y o i bilan
boshqarilishida salmoqli o‘rin egallaydi. Bir endokrin bez bir necha xil
gormon ajratadi. Bu gormonlaming ayrimlari bir funksiyaga bir xil
yo‘nalishda ta’sir qilsa, boshqalari bunga qarama-qarshi ta’sir qiladi.
Masalan, gipofizning lyuteinlovchi va follikulalar yetilishini jadallash-
tiruvchi gormonlari tuxum hujayralarining etilishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Me’da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari bir-biriga qarama-
qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ulaming birinchisi qonda qand miqdorini
kamaytirsa, ikkinchisi esa ko‘paytiradi. Shunday boiishidan qat’iy nazar,
endokrin bezlardan tegishli gormonlar organizmning ehtiyojiga nihoyatda
mos keladigan bir ravishda ajraladi.