|
yotqizib qo‘yilsa, shu holda yotaveradi Pdf ko'rish
|
bet | 265/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotyotqizib qo‘yilsa, shu holda yotaveradi.
Uzunchoq miya o ‘rta miyadan ajratib qo‘yilmaganda butunlay
boshqacha manzara kuzatiladi. 0 ‘rta miyadan ko‘ra yuqoriroqdan
kesilganda, yozuvchi muskullar tonusi oshmaydi, yuqorida tasvir etilgan
holda muskullar tarang bo‘lgan bo‘lsa, endi unchalik taranglashmaydi.
Bundan tashqari, tonusni idora etish qobiliyati ham bir qadar
saqlanadi. Yonboshlatib qo‘yilgan bunday it o ‘zicha o ‘midan turadi. Agar
boshining vaziyati o ‘zgartirilsa, u boshini gorizontal holda tutishga
intiladi. Binobarin, o ‘rta miya toousni idora etadi va uni tegishlicha
taqsimlaydi. Bu, uyg‘un harakatlar qilish uchun zarur shartdir.
Muskullar tonusiga taalluqli reflekslaming yoylari quloqdagi
vestibulyar apparatida, shuningdek muskullarda boshlanib, u yerdan
impulslar markazga intiluvchi tolalar orqali uzunchoq miyaga boradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan y o ‘l orqali kelgan qo‘zg ‘alish uzunchoq miya bilan
orqa miyaga o‘tib, muskullar tonusini o ‘zgartiradi.
Sezuvchi nerv yadrolariga kelganda, ularning faoliyati ko‘ruv va
eshituv funksiyalari bilan bogiangandir. Bosh miyasi o ‘rta miya
yuqorisidan olib tashlangan hayvon yorug‘lik va tovushni sezadi. Agar
shunday hayvonga ravshan yorug‘lik tushirilsa, u yorug‘ tushgan tomonga
boshini buradi. Unda qorachiq refleksi ham saqlanib qoladi. Bunday
hayvon tovush chiqqan tomonga ham boshini buradi. Bu reflekslar
oriyentirovka (chamalash) reaksiyalaridan iboratdir.
ORALIQ MIYA
Oraliq miya o ‘rta miyaning davomi
b o iib , uning oldida turadi.
Oraliq miya uch boiim dan iborat: ko‘ruv do‘mboqlari, oqimtir jismlar va
do‘mboq osti sohasi. Markazga intiluvchi nervlaming hyech istisnosiz
360
|
| |