|
ko‘p marta takrorlaydigan bunday uzluksiz harakatlari ketma-ket keluvchi Pdf ko'rish
|
bet | 270/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotko‘p marta takrorlaydigan bunday uzluksiz harakatlari ketma-ket keluvchi
bir qancha reflekslardan iborat. Bunday (ketma-ket keluvchi) reflekslarda
har bir harakat tamom bo‘lishi bilan navbvatdagi harakat boshlanadi.
4.Harakatlar koordinatsiyasining buzilishi (ataksiya). Miyachasi olib
tashlangan it aniq, chaqqon, uyg‘un harakatlar qila olmaydi. U oyoqlarini
kerib, qoqilib-surilib va yiqilib turib yuradi. Yurganda oyoqlarini xuddi
x o ‘rozga o ‘xshab yuqori ko‘tarib tashlaydi, shu sababli bunday yurish
363
x o ‘roz yurish deb ataladi. Odamning miyachasi zararlanganda ham
shunday o ‘zgarishlar kelib chiqadi.
Miyachaning funksiyasi harakatlarni koordinatsiyalash (uyg‘un-
lashtirish) va muskullar tonusini mutadil ravishda taqsimlashdan iborat
ekanligi ko'pgina tekshirishlar bilan uzil-kesil aniqlangan. Miyacha
harakatlar koordinatsiyasini amalga oshirish bilangina qolmay, organizm
dagi vegetativ jarayonlarga ham ta’sir etadi.
Miyacha simpatik nerv tizimi orqali miyaning barcha bo‘limlariga
adaptatsion-trofik ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, miyacha nerv
tizimida modda almashinuviga ta’sir etadi va uning o ‘zgarib turadigan
sharoitlarga moslashuviga imkon beradi.
VEGETATIV ASAB TIZIMI
Vegetativ nerv tizimining tuzilishi. Vegetativ asab tizimi, markaziy
asab tizimining bir qismi bo‘lib, uning boshqa har bir qismi singari, bosh
miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining ta’siri ostida turadi. Qon aylanish,
nafas olish, ayiruv, ko‘payish organlarining faoliyati, shuningdek modda
almashinuvi vegetativ nerv tizimi orqali idora etiladi. Ammo vegetativ
asab tizimining roli yuqorida aytilgan funksiyalar bilangina cheklanib
|
| |