|
Miyaning kulrang moddasini hosil qiladigan asab hujayralari, dastawal Pdf ko'rish
|
bet | 278/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotMiyaning kulrang moddasini hosil qiladigan asab hujayralari, dastawal,
sudralib yuruvchilardagina paydo bo‘ladi, Bularda miya po‘stlog‘ining
asosiy qismini targil tana tashkil qiladi. Zoologik silsilada bir oz
yuqoriroqda turadigan hayvonlarda miya po‘stlog‘i ancha tez taraqqiy etib
boradi. Masalan, qushlar miyasining po‘stlog‘ida egatlar boimasa-da,
targil tana ancha yaxshi rivojlangandir. Miya po‘stlog‘i sut emizuvchi-
lardagina o ‘z taraqqiyotining yuksak nuqtasiga erishadi. Sut emizuvchi-
larning katta yarim sharlar po‘stlog‘i o ‘rta miyani deyarli batamom o ‘rab
oladi, egatlarining soni ko‘payib, kulrang moddasining satxi kengaygan
bo‘ladi. Sut emizuvchilar qancha rivojlangan, taraqqiy etgan bo‘lsa,
miyasining po‘stlog‘i ham shuncha yaxshi takomil yetgan bo‘ladi.
Shunday qilib, katta yarim sharlar po‘stlog‘i sut emizuvchilarning oliy
vakili bo‘lmish odamlarda misli ko‘rilmagan darajada taraqqiyotga
erishadi. Miya po‘stlog‘i nihoyatda zo ‘r taraqqiy etganligi munosabati
bilan odam xulq-atvor va ong nuqtai nazaridan boshqa sut emizuvchilar
oldida sifat tomonidan tubdan farq qiladigan darajaga ko‘tarilgan. Demak,
evolyutsion taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida hayvonot olamining
tegishli vakillarida miya po‘stlog‘ining paydo bo‘lishi, keyinchalik esa
uning tegishlicha rivojlanib borishi organizm funksiyalarining markaziy
asab tizimsi boshqa qismlari bilan bir qatorda miya po‘stlog‘i tomonidan
ham boshqarilishini taqozo qilgan, fimksiyalar kortikalizatsiyasi yuz
bergan, ya ’ni funksiyalar miya po‘stlog‘iga bog‘liq bo‘lib qolgan. Miya
369
po‘stlog‘i tashqi muhit bilan bevosita boglanmasdan, balki markaziy asab
|
| |