|
orqali ta’sir etishidan kelib chiqadi. Simpatik asab tizimi qo‘zg‘alib Pdf ko'rish
|
bet | 276/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotorqali ta’sir etishidan kelib chiqadi. Simpatik asab tizimi qo‘zg‘alib,
buyrak usti bezlaridagi miya qavatining (bu qavat adrenalin ishlab
chiqaradi) faoliyatini ham kuchaytiradi. Shu tariqa simpatik asab tizimi
qo‘z g ‘algan vaqtda qonda adrenalin ko‘payadi. Bu gormon simpatik asab
tizimiga o'xshash ta’sir etadi.
367
Parasimpatik va simpatik asab tizimlari yagona asab tizimidir. Bu
tizimlar ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi ta’sir etadi; masalan,
parasimpatik asablar yurakning faoliyatini susaytirsa, simpatik asablar
kuchaytiradi; parasimpatik asablar ichak harakatlarini kuchaytirsa,
simpatik asablar susaytiradi. Butun bir organizmdagi funksiyalaming idora
etilishi uchun, parasimpatik asab tizimining ham, simpatik asab tizimining
ham ishlab turishi birday muhimdir.
Z o‘r jismoniy ish vaqtida simpatik asab tizimi juda muhim rol
o‘ynaydi, ammo ko‘p va uzoq ishlash parasimpatik asab tizimining ham
o ‘z vaqtida ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liq. Ikkala tizimning kelishib ishlashi
tufayligina uzoq vaqt jismoniy ish qilish mumkin boiadi. Parasimpatik va
simpatik asab tizimlarining kelishib ishlashi organizmning mutadil hayot
kechirishi va ishlashiga olib keladi.
Simpatik va parasimpatik asab tizimlarining ba’zi
zaharlarga munosabati
Ba’zi zaharlar vegetativ asab tizimining turli qismlariga ta’sir etadi.
Vegetativ asab tizimining tugunlari, asab tolalari va uchlari muayyan
zaharlar ta’sirida turlicha qo‘zg ‘aladi va falaj boiadi. Masalan, tamakida
boiadigan zahar - nikotin simpatik tugunlarni falaj qiladi-yu, ammo
tolalariga ta’sir etmaydi. Nikotindan zaharlangan simpatik tugunlar
qo‘zg ‘alishni o ‘tkazmaydigan b o iib qoladi, preganglionar toladan kelgan
|
| |