|
Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi Pdf ko'rish
|
bet | 281/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotHUJAYRA STRUKTURASI
Miya po‘stlog‘i asab va tayanch to‘qima (neyrogliya) hujayraiaridan
tashkil topgan. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida asab hujayralari ustma-ust
joylashgan bo‘lib, bir necha qavatni hosil qiladi.
Birinchi qavat - molekulyar qavat, po‘stloqning eng sirtqi qavatidir.
Bu qavat asosan neyrogliya hujayraiaridan tashkil topgan bo‘lib, asab
hujayralari kamroq uchraydi.
Ikkinchi qavat - tashqi donali qavat, xilma-xil shakldagi mayda asab
hujayraiaridan tashkil topgan.
Uchinchi qavat - o ‘rta va katta piramidal qavat, bu qavat o ‘rta va
katta piramidasimon hujayralardan tuzilgan.
To‘rtinchi qavat - ichki donador qavat, xuddi ikkinchi qavat kabi, bu
qavat ham mayda hujayralardan tashkil topgan.
Beshinchi qavat - ganglioz qavat, Bechning katta piramidasimon
hujayraiaridan tuzilgan.
Oltinchi qavat - polimorf hujayralar qavati, bu qavat ikkiga bo‘linadi
- uchburchaksimon hujayralardan tashkil topgan tashqi qavat va duksimon
hujayralardan tashkil topgan ichki qavat. Miya po‘stlog‘i faoliyatida asab
hujayraiaridan tashqari po‘stloqning turli qismlarini o ‘zaro va markaziy
asab tizimsining qo‘yi qismlari bilan boglanishini ta’minlydigan asab
tolalari ham katta rol o ‘ynaydi. Miyaning oq moddasini tashkil qiladigan
asab tolalari uch guruhga bo‘linadi; 1) assotsion, ya’ni biriktiruvchi tolalar,
bir yarim shaming ikki qismini o ‘zaro boglaydi; 2) kommisural, ya’ni
tutashtiruvchi tolalar, ikki yarim shaming o ‘zaro o ‘xshash-mos qismlarini
bir-biri bilan ulaydi; 3) proeksion, o'tkazuvchi tolalar, po‘stloq bilan
markaziy asab tizimsi qo‘yi qismidagi kulrang modda to‘plamlarini bir-
biriga boglaydi. Mana shu uch xil tolalaming hammasi afferent va efferent
|
| |