|
po‘stlog‘i ta’sirotlarni analiz qilib, ayrim qismlarga ajratadi va shu Pdf ko'rish
|
bet | 283/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotpo‘stlog‘i ta’sirotlarni analiz qilib, ayrim qismlarga ajratadi va shu
qismlarni darrov o ‘zaro birlashtirib, yaxlitlaydi, sintez qiladi. Po‘stloqning
analiz faoliyati tufayli predmetlarning alohida-alohida shakli farq qilinadi,
ranggi, hidi ajratiladi, sintez faoliyati tufayli esa, belgili predmet
to‘g ‘risida yaxlit tushuncha hosil qilinib, ta’sirotni keltirib chiqargan
predmet haqida yakun yasaladi; 3) tuzilish-struktura prinsipi - bu
prinsipning mohiyati shundaki, organizmda istalgan jarayon zaminida
belgili struktura yotadi, ya’ni har bir jarayonni anatomo-fiziologik birlik,
tegishli struktura keltirib chiqaradi. Demak, organizmdagi barcha
jarayonlar moddiy boMgani kabi, po‘stloqdagi jarayonlar ham moddiydir,
chunki ulaming ham moddiy asosi-struktura zamini bor.
KATTA YARIM SHARLAR PO‘STLOG‘I TURLIQISMLARINING
FUNKSIONAL VA STRUKTURA XUSUSISYATLARI
Organizmda qanday boMmasin biror fimksiyaning boshqarilishi bosh
miya katta yarim sharlarining qaysi qismiga bog‘liq, degan muammo
azaldan munozarali masala bo‘lib kelgan. Bu haqda nihoyatda xilma-xil va
bir-biriga tamomila qarama-qarshi fikrlar bayon qilingan. Ba'zi olimlar
bosh miya po‘stlog‘ining qat’iyan ma’lum bir nuqtasi organizmning
muayyan bir funksiyasini boshqaradi deb ta'kidlasa, boshqalari bu fikrni
inkor qilar edilar; ular miya po‘stlog‘ining hamma qismi struktura va
funksional jihatidan bir xil deb hisoblab, belgili bir funksiyaning
boshqarilishida butun miya po‘stlog‘i ishtirok etadi deb e'tirof qilar edilar.
Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining turli sohalari turli funksiyalami
boshqarishga moslashganligini dastavval I.P.Pavlov isbotladi. Uning
373
|
| |