MIYA PO‘STLOG‘IDA TA’SIROTLARNING ANALIZ




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

MIYA PO‘STLOG‘IDA TA’SIROTLARNING ANALIZ
VA SINTEZ QILINISHI
Po‘stloqning eng muhim funksiyalaridan biri ta’sirotlami analiz va 
sintez qilishdir. Ta'sirotlar retseptorlar orqali qabul qilinib, markaziy asab 
tizimsiga va uning oily qismi b oig an bosh miya yarim sharlar 
po‘stlog‘ining tegishli qismlariga uzatiladi. Ammo retseptorlardayoq 
dastlabki, tuban analiz amalga oshiriladi. Chunki belgili guruhdagi 
retseptorlar faqatgina o‘zlari uchun xos ta’sirotlami qabul qilib, 
qo‘zg‘aladi. Masalan, ko‘zdagi retseptorlar yorugiik, quloqdagi retsep­
torlar esa, tovush toiqinlarining ta’sirotidan qo‘zg‘aladi va hokazo. 
Markaziy asab tizimsining qo‘yi qismlarida ham analiz yuzaga chiqadi-yu, 
lekin bu analiz uncha murakkablashmagan bo iad i. Eng yuqori darajada 
mukammallashgan nozik analiz faqat bosh miya yarim sharlarinmg 
po‘stlog‘ida kuzatiladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i analiz faoliyatining 
zaminida ichki tormozlanish yotadi. Ta'sirotlarning analizi po‘stloqdagi 
turli neyronlaming birgalashib ishlashi tufayli yuzaga chiqadi. Oqibatda 
ta’sirotning ayrim elementlari farq qilinib, bir-biridan ajratiladi, 
differenciatsiyalanadi. Ta'sirot analiz qilinishi bilan bir qatorda o ‘sha 
zahotiyoq sintez ham qilinadi. Sintez tufayli po‘stloqda turli ta’sirotlar
385


o‘zaro boglanib, birlashtiriladi, ulaming elementlari umumlashtirilib, 
ta ’sirga yakun yasaladi. Oqibatda muayyan shartli refleks yuzaga kelib, 
tegishli organ va umuman organizmning faoliyati m a’lum yo‘nalishda 
o‘zgaradi, ya’ni muayyan reflektor akt sodir bo‘ladi. Shunday qilib, 
organizmning ichki va tashqi muhitidan kelayotgan ta’sirotlar po‘stloqda 
to ‘xtovsiz analiz va sintez qilinib turadi va organizm shu ta’sirotlarga 
muayyan reaksiyalar bilan javob berib turadi. Katta yarim sharlar 
po‘stlog‘idagi analiz va sintez hodisalari tufayli hayvon turli-tuman 
ta’sirotlarga javoban, faqat o ‘zining hayoti uchun zarur, biologik jihatidan 
maqbo‘l 
shartli 
reflekslarni 
(ozuqalanish, 
yashahs, 
ko‘payish, 
himoyalanish reflekslarini) hosil qiladi.
Dinamik stereotip. Kundalik hayotda organizm juda xilma-xil 
ta’sirotlarga uchrab turadi. Ta'sirotlar doimo qat’iyan muayyan tartibda 
ta’sir qilib borilsa, po‘stloqda shu ta ’sirotlarga javoban muayyan 
qo‘zg‘alish va tormozlanish tizimsi, m a’lum stereotip qaror topadi. 
Po‘stloq faoliyatidagi bu tizimtikani I.P.Pavlov dinamik stereotip deb 
atadi. 
Dinamik 
stereotip 
po‘stloqning 
ta’sirotlami 
sintez 
qilish 
faoliyatining mahsulidir. 
Po‘stloqda dinamik stereotipning paydo 
bo‘lishini tushunib olish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. It 
o‘rgatuvchi, itga har kuni tartibni o ‘zgartirmasdan, "o‘tir", "yot", 
"to‘siqdan o‘t" deb komanda bersa, keyinchalik, ya’ni it komandaning shu 
navbatiga o ‘rganganidan so‘ng (stereotip hosil boigandan so‘ng), itga 
birgina "o‘tir" deyish bilanoq u "o‘tiradi", so‘ngra komandaning qolganini 
kutmasdanoq yotadi va tusiqdan o ‘tadi. Dinamik stereotipni to ‘g‘ri 
tushunib olish, chorva mollarini to ‘g‘ri parvarish qilish va ulardan to ‘g‘ri 
foydalanishda katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, hayvonlami parvarish 
qilishda muayyan tartib bo‘lsa, ularda ana shu kundalik tartibga stereotip 
hosil bo‘ladi. Boshqacha aytganda, miyasining po‘stlog‘ida doimo 
muayyan tartib bilan kelayotgan ta’sirotlarga nisbatan qo‘zg‘alish va 
tormozlanish tizimsi hosil bo‘ladi. Oqibatda hayvon ushbu kundalik 
tartibga o‘rganadi. Muayyan stereotip hosil bo‘lgandan keyin hayvonni 
parvarish qilishda unga muomala qilish ancha oson. Ma'lum stereotip hosil 
bo‘lganidan so‘ng u ancha qiyinlik bilan bo‘ziladi. Shunga qaramasdan, 
basharti molxonada kundalik tartib bo‘ziladigan bo‘lsa, sut soguvchi va 
molboqarlar hadeb o‘zgarib tursa, hayvon bilan yomon muomala qilishsa, 
odatdagidan ko‘p shovqin-suron ko‘tarilsa, dinamik stereotip bo‘ziladi. 
Oqibatda katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish bilan tormozlanish 
o‘rtasidagi muvozanatlar izdan chiqib, nevrozlar kuzatiladi, hayvonning 
xulq-atvori o ‘zgarib, mahsuldorligi pasayadi va hokazo. Shuning uchun
386


hayvonga qarashda odatdagi tartibga rioya qilish 
katta aham iyatga ega 
ekanligini unutmaslik kerak.

Download 14,15 Mb.
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MIYA PO‘STLOG‘IDA TA’SIROTLARNING ANALIZ

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish