4.
Nimjon tip.
Yuqorida qayd qilingan
uchala if pci д аяаЬ
jarayonlarining kuchliligini ta'kidladik. So‘nggi to'rtinchi tipda asab
jarayonlari kuchsiz boiadi. Shu sababli bu tip kuchsiz, nimjon tip deyiladi.
Bu tipda qo‘zg‘alish ham, tormozlanish ham birmuncha kuchsiz boiadi.
Bunday hayvonlarda asab jarayonlarining muvozanatlashganligi va
harakatchanligi turlicha b o is a ham, bu jarayonlaming zaif boigani tufayli
ular uncha ko‘zga tashlanmaydi. Nimjon
tipdagi hayvonlar kam
mahsuldor, qurqoq boiadi, kamroq uchraydi. Shartli reflekslar ularda
qiyinlik bilan hosil boiadi, kuchli ta’sirotlardan
oliy asab faoliyati tez
bo‘ziladi, nevrozlar ko‘proq uchraydi. Bunday tipdagi hayvonlami
xo‘jalikda saqlash maqsadga muvofiq emas. I.P.Pavlov asab tizimsining
hayvonlarga xos deb ajratgan shu to ‘rt tipi Gippokrat tomenidan
odamlarda aniqlangan to ‘rtta temperamentga mos keladi.
Jumladan,
qo‘zg‘aluvchan tip - xolerik temperamentga, harakatchan tip - sangvinik
temperamentlikga, inert tip - flegmatik temperamentlikga,
nimjon tip -
melanxolik temperamentlikga mos keladi.