• KO‘RISH ANALIZATORI
  • ANALIZ ATORLARNI TEKSHIRISH USULLARI




    Download 14,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet301/318
    Sana23.05.2024
    Hajmi14,15 Mb.
    #251148
    1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   318
    Bog'liq
    G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

    ANALIZ ATORLARNI TEKSHIRISH USULLARI
    Analizatorlar faoliyatini o‘rganishda shartli reflekslar usulidan keng 
    foydalaniladi. Hayvonlaming sezgi organlariga kuchi, xili, sifati jihatidan 
    turlicha b o igan ta’sirotlami ta’sir ettirib, turli-tuman shartli reflekslarni 
    hosil qilsa boiadi. Shunday qilib, turli analizatorlarning har xil 
    ta’sirotlarga munosabati, ta’sirotlami bir-biridan nechogli farq qila olishi, 
    defferenciatsiya qila olishi to‘g ‘risida tegishlicha fikrga kelish imkoniyati 
    tugiladi. Keyingi vaqtlarda analizatorlar faoliyatini 
    o ‘rganishda turli- 
    tuman elektrofiziologik usullar tobora keng qoilanilmoqda. Buning uchun 
    tegishli asboblar yordamida retseptor apparatga kuchi, sifati, xossalari, 
    tabiati jihatidan turlicha ta’sirotlar berilib, o‘sha retseptorga, markazga 
    intiluvchi nervda, markaziy asab tizimi va uning oliy qismi - bosh miya 
    yarim sharlari po‘stlog‘ining turli qismlarida kuzatiladigan 
    faoliyat 
    potensiallari, ularning o ‘ziga xos xususiyatiari o‘rganilmoqda. Shu tariqa 
    ta’sirotning kuchi, sifati, xili va xarakteri bilan bu potenciallar o ‘rtasidagi 
    munosabatlar qayd qilinib, tegishli analizator faoliyati to‘g ‘risida xulosa 
    chiqarilmoqda.
    400


    KO‘RISH ANALIZATORI
    Ko‘rish uchun tashqi muhitdan kelayotgan yorug‘lik to‘lqinlari ko‘z 
    orqali o ‘tib, markaziy asab tizimiga uzatilishi lozim. Binobarin, ko‘z 
    ko‘rish analizatorining eng muhim qismi, retseptor apparatidir.Odam va 
    hayvonlaming yorug‘lik ta’sirotlarini sezish qobiliyati evolyutsiya 
    jarayonida paydo bo'lib, rivojlanib borgan. Umuman, hayvonot olamining 
    qariyib hamma vakillari u yoki bu darajada yorug‘likni sezish xususiyatiga 
    egadir. Past taraqqiy etgan tuban hayvonlaming ko‘pchilik vakillari 
    yorug‘likni butun tanasining yuzasi bilan sezadi. Bular tanasining yuzasida 
    yorug‘likni sezadigan pigmentli maxsus hujayralar tarqalgan bo‘ladi. Eng 
    sodda ko‘zsimon tuzilma dastlab, xivchinlilarda, birmuncha murakkab 
    ko‘z esa, bug‘im oyoqlilarda paydo bo‘lgan. Sut emizuvchi hayvonlamirtg 
    ko‘rish analizatori, jumladan ko‘zi misli ko‘rilmagan darajada yaxshi 
    taraqqiy etgan va yorug‘likni qabul qiladigan, sezadigan eng mukammal 
    organga aylangan. Ko‘rish organizm uchun benihoya katta ahamiyatga 
    ega. Ko‘rish tufayliodam va hayvonlar hayvonlar moddiy dunyodagi 
    narsalar, ulaming shakllari, ranglari, holatlari, o‘zaro olgan o ‘rinlari, 
    munosabatlari to‘g‘risida tasaw ur hosil qiladi, natijada organizm ularga 
    nisbatan eng qo‘lay vaziyatni egallaydi, muhitga moslashadi.
    Ko‘zning tuzilishi.Odam va hayvonlaming ko‘zi o‘ziga xos tuzilish 
    va funksional xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha qismlardan tashkil 
    topgan, nihoyatda murakkab organdir. Ko‘z kalla suyagining ko‘z kosasi 
    ichida joylashgan, u ko‘z soqqasi (olmasi) , ko‘ruv nervi va yordamchi 
    himoya apparat (ko‘zning muskullari, fasciyalar, tomirlar va nervlardan) 
    tashkil topgan. Ko‘z kosasi ko‘zni turli-tuman ta’sirlardan himoya qiladi. 
    Ko‘z soqqasining kapsulasi va yadrosi bor. Yadrosi - suyuqlik, gavhar, va 
    shishasimon tanaga bo‘linadi. Kapsulasi tashqi (oqsil parda), o ‘rta (tomirli) 
    va ichki (to‘r) pardalardan iborat.
    K o‘zning tashqi oqsil pardasi zich biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan, 
    orqa tomonida ko‘mv nervi o ‘tadigan teshik bor; oldingi qismi kichikroq, 
    tiniq, ammo juda egilgan bo‘lib, shox parda deyiladi. Ko‘zning o‘rtadagi 
    tomirli pardasi tomirlar bilan yaxshi ta’minlangan, unda pigmentlar bor. 
    Tomirli pardaning eng oldingi bo‘limi, y a’ni bevosita shox pardaning 
    orqasida yotgan qismi pigmentga boy bo‘lib, rangdor parda yoki kamalak 
    parda deyiladi. Kamalak pardaning o‘rtasida teshik bor, qorachiq deb 
    shunga aytiladi. Kamalak pardaning orqasida ikki tomonlama qavariq 
    linzaga uxshaydigan yasmiqsimon shakldagi ko‘z gavhari, uning orqasida 
    esa shishasimon tana joylashgan. Shox parda bilan kamalak parda o ‘rtasida 
    kichkinagina bo‘shliqi bor - bu - ko'zning oldingi kamerasidir; kamalak
    401


    parda bilan ko‘z gavhari o‘rtasida ham bo‘shliqi bor, ko‘zning keyingi 
    kamerasi deb shunga aytiladi. Bu kameralar suvsimon suyuqlik bilan to ‘la 
    bo‘ladi. Ko‘z gavharida tomirlar bo‘lmaganligi sababli u ana shu 
    kameralardagi suyuqlik orqali oziqlanadi. Gavharda tomirlar yuqligining 
    katta ahamiyati bor. Gavharda tomirlar bo‘lganida edi, uning tiniqligi 
    bo‘zilib, ko‘rishga halaqit berar, oqibatda ko‘z xira tortib qolgan bulardi.
    Ko‘zning tuzilishi (59-rasmda ko‘rsatilgan). Ko‘zning ichki uchinchi 
    pardasi - to ‘r parda hamma pardalaridan ham muhimroq bo‘lib, ko‘zning 
    butun ichki tomonini qoplagandir. Uning asosini tayanch hujayralar tashkil 
    qiladi, bu hujayralar behad ko‘p sinaps boglari hosil qilib, o‘zaro tutashgan 
    va ko‘z soqqasining bu pardasiga guyo to ‘rni eslatadigan tuzilish bergan, 
    uning to‘r parda deb atalishiga ham sabab shu. To‘r parda bir necha 
    qavatlarga boiinadi. Tashqi qavatida qora rangli fussin pigmenti bor 
    epiteliy hujayralaridan tashkil topgan. Fussin nurlami yutib, narsalami 
    aniqroq ko‘rishga yordam beradi. To‘r pardaning navbatdagi qavatida 
    yorug‘likni sezuvchi hujayralar (fotoretseptorlar) - tayoqchalar va 
    kolbachalar joylashgan. Bu pardaning ko‘rish jarayonida muhim o ‘rin 
    egallashi ham unda ana shu hujayralarning borligiga bog‘liq.
    49-rasm. Odam ko‘zining tuzilishi.

    Download 14,15 Mb.
    1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   318




    Download 14,15 Mb.
    Pdf ko'rish