-rasm. Yaqindan va uzoqdan ko'rish refraksiyasi




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

51-rasm. Yaqindan va uzoqdan ko'rish refraksiyasi.
Sferik aberratsiya. Bu anomaliya paytida ko‘zning markaziga tushgan 
nurlar chetrogiga tushgan nurlarga qaraganda kamroq sinadi. Oqibatda
407


nurlar to ‘r pardaning muayyan nuqtasida fokusga yigilmaydi. Shu tufayli 
narsalar xira ko‘rinadi.
Xromatik aberratsiya. To‘r pardaning tegishli nuqtalarida to iq in
uzunligi turlicha b o ig an nurlarning bir vaqtda fokusga to ‘planishi bilan 
xarakterlanadi. Bunda ham to‘r pardaga buyumlarning noaniq tasviri 
tushadi.
Rang ko‘rish. Tabiatdagi deyarli hamma narsalaming o ‘ziga xos 
rangi bor. Ko‘zning o ‘sha narsalar rangini o ‘z holicha ko‘rishiga, ajrata 
olishiga rang ko‘rish deyiladi. Rang ko‘rish tufayli hayvonlar narsa va 
buyumlarni yaxshiroq ko radi. Bu esa hayvon hayotiga katta ahamiyatga 
ega. Chunki rang ko‘rish natijasida hayvonlar ozuqalami taniydi
g‘animlarini ajratadi. Rang ko‘rish layoqati hayvonlaming evolyutsion 
taraqqiyotida paydo b o iib , rivojlangan va takomillashgan. Zoologik 
silsilasining 
qo‘yi 
bosqichlarida 
turadigan 
ko‘pchilik 
hayvonlar 
(hasharotlar, baliqlar, baqalar va boshqalar) ham rang ko‘rishga qodir 
ekanligi tekshirishlar tufayli isbotlangan. Jumladan, asalarilaming to ‘rt, 
toshbaqalarning uch xil rangni ajrata olishi isbotlangan. Ammo past 
taraqqiy etgan hayvonlarda rang ko‘rish uncha takomiliga yetmagan. Shu 
sababli ular rangni ajratishda tez adashadi. Sut emizuvchilardan rang 
ko‘rish qoramolda, ayniqsa, otlarda yaxshi rivojlangan, boshqa qishloq 
xo‘jalik hayvonlari ham rangni yaxshi ajratadi, deb taxmin qilinadi. Otlar 
mavjud ranglaming hammasini, qoramollar esa to ‘rtasini - qizil, yashil, 
kuk va sariq ranglami payqay oladi. Rang ko‘rish m a’lum uzunlikdagi 
elektromagnit toiqinlar, ya’ni har xil nurlar ko‘zga, to ‘r pardaga 
tushganda yuzaga chiqadi. Masalan, ko‘zga to ‘shayotgan elektromagnit 
toiqinlari 620-760 mlmk (milli mikron uzunlikda b o is a narsa qizil, 510- 
550 mlmk uzunlikda b o is a yashil, 480-510 mlmk uzunlikda boiganda esa 
kuk b o iib ko‘rinadi. Rang ko‘rishda to ‘r pardadagi kolbachalar ishtirok 
etadi. Rang ko‘rishni tushuntiradigan bir qancha nazariyalar bor. 1791 yili 
М. V. Lomonosov tomonidan maydonga qo‘yilgan, keyinchalik T. Jung va 
G.Gelmgoltslar asoslagan uch komponentli rang ko‘rish nazariyasi hozir 
ham qisman tan olinadi. Bu nazariyaga ko‘ra, to ‘r pardaga uch xil 
kolbachalar bor. Shu kolbachalaming har bir xilida m aiu m uzunlikdagi 
y orugiik nurlari ta’sirida parchalanadigan moddalar bor, jumladan, 
birinehi xil kolbachalarda qizil rangli, ikkinchi xil kolbachalarda yashil 
rangli, uchinchi xilida esa binafsha rangli nurlar ta ’sirida parchalanadigan 
moddalar boiadi. Istalgan rangdagi narsalardan kelayotgan nurlar 
birdaniga barcha kolbachalardagi moddalarga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq bu 
vaqtda hamma kolbachalardagi moddalar bir xilda parchalanmaydi. Shu
408


reaksiyalar tufayli hosil bo‘Igan qo‘zg‘alish kolbachalardaii 
ko n sh
nervi 
orqali po‘stloqqa uzatiladi, po‘stloqda analiz va sintez qilinganidan so‘ng 
belgili rangni ko‘rish hissi paydo boiadi. Hozirgi vaqtda zamonaviy 
asboblar yordamida o ‘tkazilayotgan tekshirishlar uch komponentli 
nazariyaning ozmi-ko‘pmi to‘g‘riligidan darak bermoqda. Bu nazariyadan 
tashqari rang ko‘rishni tushuntirishga harakat qilib, boshqa nazariyalar 
ham yaratilganki, Bularni R. Granit, E. Gering, G. Xartrij va boshqalar 
ishlab chiqqan. Uch komponentli nazariya va hozirgacha m a’lum b o igan 
boshqa hamma nazariyalar rang ko‘rish jarayonining u yoki bu tomonlarini 
ozmi-ko‘pmi ochib bersa-da, ammo uning mohiyatini to ia tushuntirib bera 
olmaydi.
Ikki ko‘z bilan (binokulyar) ko‘rish. Odatda buyum bir vaqtda ikki 
ko‘z bilan ko ‘rilganda uning tasviri har ikkala ko‘z to ‘r pardalarining 
simmetrik, bir-biriga mos nuqtalariga tushadi. Shu sababli u bitta b o iib
ko'rinadi. Agarda buyum tasviri har ikkala ko‘z to ‘r pardasining bir-biriga 
nosimmetrik nuqtalarida tushganida edi, bu vaqtda u ikki ko‘zga alohida- 
alohida, ya’ni ikkita b o iib ko‘ringan bulardi. Binokulyar ko‘rish katta 
ahamiyatga ega. Ikki ko‘z bilan ko‘rilganda ko‘z o ‘tkirligi kuchayib, 
k o ‘rish maydoni kengayadi. Buyumlar to ia , atroflicha ko‘riladi, ulaming 
shakli, qancha masofada turganligi to ‘g ‘risida aniqroq tasavvur hosil 
boiadi.
K o‘z adaptatsiyasi. K o'zning turli ravshanlikdagi yorugiikka 
moslashish xususiyatiga adaptatsiya deyiladi. Chunonchi, odam ravshan 
yorug‘ joydan qorongi joyga kirganida bir oz vaqt davomida dastlab hech 
narsani ko‘ra olmay turadi, ko‘zning ko‘rish qobiliyati bir oz vaqtdan 
so‘ng asta-sekin tiklanadi (qorongulik adaptatsiyasi). Shuningdek, qorongu 
joyda uzoq turilgandan keyin birdan yorugiikka chiqilganda ham 
dastlabki daqiqalar davomida ko‘z qamashadi, natijada narsalar aniq 
ko‘rilmaydi, ammo bunda ham ko‘zning aniq ko‘rish qobiliyati bir oz 
vaqtdan so‘ng tiklanadi (yorugiik adaptatsiyasi). Adaptatsiyaning kelib 
chiqishini tushuntirish fiziologiyadagi munozarali masalalardan biridir. 
Y orugiik adaptatsiyasining zaminida ko‘zning to‘r pardasidagi fotoretsep- 
torlarida yorugiikni sezuvchi moddalaming kamayishi va aksincha, 
qorongulik adaptatsiyasining zaminida yorugiikni sezuvchi moddalansing 
o ‘sha retseptorlarda ko‘payishi yotadi, deb hisoblanadi. Ammo keyingi 
paytlarda bu fikr m a’lum e'tirozlami tugdirmoqda. Hozir ko‘zning 
adaptatsiyasi retseptorlarda kechadigan jarayonlar bilan bir vaqtda marka­
ziy asab tizimiga ham b o g iiq deb hisoblanadi. Adaptatsiya paydo 
boiishiga shartli reflekslar hosil qilinganligi bu jarayonda po‘stloq ham
409


ishtirok etishidan darak beradi. Rang-tuslarga nisbatan ham adaptatsiya 
paydo boiadi. Rangli nurlarga javoban kelib chiqadigan adaptatsiyaga 
rang adaptatsiyasi deyiladi. Ko‘zning rang adaptatsiyasi uning rangli 
nurlarga o‘rganib qolib, keyin bu nurlarni yaxshi sezmaydigan holda 
tushishi bilan ifodalanadi.

Download 14,15 Mb.
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Yaqindan va uzoqdan ko'rish refraksiyasi

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish